Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2013-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi, shuningdek soliq hisoboti taqdim etish davriyligi qisqartirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-son Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 26-dekabrdagi PF-4491-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 6-fevral,
30-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-fevraldagi 30-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT,2017-y., 13-son, 201-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda) 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “gaz” soʻzi “tabiiy gaz” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-martdagi 138-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Sud boshqaruvchilari toʻgʻrisidagi Nizomning 40-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“mulk soligʻini, yer soligʻini, shuningdek ilgari hisoblab yozilgan hamda undirilmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha penya va jarimalarni hisoblab yozishni toʻxtatib turish maqsadida xoʻjalik sudining yuridik shaxsni bankrot deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qarorini ilova qilgan holda davlat soliq xizmati organini yozma ravishda xabardor qiladi.
Yuridik shaxsning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlar toʻxtatilganda va toʻlovga qodirligi tiklanganda, xoʻjalik sudining bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan sanadan boshlab tugatish boshqaruvchisi bu toʻgʻrida davlat soliq xizmati organini Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab yozish uchun yozma ravishda xabardor qiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni sertifikatlash mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 16-maydagi 136-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 35-modda):
a) qarorning nomidagi, muqaddimasidagi va 1-bandidagi “xorijiy investorlar va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) ilovada:
nomidagi va 1-banddagi “xorijiy investorlar va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “xorijiy investor yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi – oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilardagi “(xorijiy investor tomonidan ariza berilganda – ariza beruvchi yoki uning ishonchli shaxsi tomonidan tasdiqlangan)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻninchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
26-bandning birinchi xatboshidagi “xorijiy investorlar va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) Nizomning 1—7-ilovalaridagi koʻrsatkichlardan hamda 1 va 7-ilovalari matnlaridan “xorijiy investorlar va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 70-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son; 13.09.2019-y., 09/19/765/3739-son)