Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2018 19.03.1999 yildagi PF-2270-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TURKISTON-PRESS” NODAVLAT AXBOROT AGENTLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi 2018-yil 7-avgustdagi PF-5504-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlarini kengaytirish va erkinligini ta’minlash, ularni bozor iqtisodiyoti hamda demokratik tamoyillar asosida isloh etishni kuchaytirish, shuningdek, O‘zbekistonning jahon axborot bozoridan o‘ziga mos o‘rinni egallashiga erishish, respublika hayoti haqida xolis axborotni dunyoga tezkor tarqatish tizimini yaratish, aholining jahon miqyosidagi axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘laroq qondirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekistonning hukumatga qarashli bo‘lmagan ommaviy axborot vositalari, davlat va nodavlat tashkilotlaridan iborat tashabbuskor guruhning “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligini tashkil etganliklari ma’qullansin. Agentlikning nizomi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tganligi e’tiborga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (E. G‘aniyev) va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Z. Mirxo‘jayev) “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligini tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazsinlar hamda milliy va xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun Agentlikning tegishli hisob raqamlarini ochsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R. Azimov) Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million so‘m ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik, uning bo‘limlari, filiallari va uning tuzilmasiga kiruvchi korxonalar bo‘sh qolgan mablag‘larni o‘z moddiy-texnika bazasini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirishga va Agentlik xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish sharti bilan barcha turdagi davlat soliqlaridan, bojxona boji hamda davlat budjetiga o‘tkaziladigan boshqa majburiy to‘lovlardan, shuningdek, valyuta tushumining bir qismini majburiy tarzda sotishdan uch yil muddatga ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi (K. To‘laganov) 1998-yil 1-yanvar holatidagi balans qiymati bo‘yicha Toshkent shahri, Xorazm ko‘chasi, 51-uy binosidan “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligining ehtiyojiga muvofiq qismini bir oy muddat ichida ajratib bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlar, qarorlar va boshqa hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari hamda rasmiy statistik to‘plamlari majburiy ravishda yuboriluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligini belgilangan tartibda shahar va hukumat telefonlari, boshqa zarur aloqa kanallari va vositalari bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ma’lumotlar uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha “UzPAK” korxonasi “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligini shartnoma asosida zarur texnika jihozlari bilan ta’minlashda, “Internet”, boshqa tarmoqlar va agentliklar, shu jumladan xorijiy tarmoqlar va axborot agentliklari bilan ulanish, axborotlarni taqdim ztish va xarid qilishida yordam ko‘rsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2270-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 73-modda)