1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 1-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2420]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 15 noyabrdagi 19-mh-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3333, 18.11.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 583-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–1602-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 329-modda) muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish ishlariga uslubiy rahbarlikni yanada kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu buyruqni uch kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir N. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 1-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 1-fevraldagi 29-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 583-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 329-modda) muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini (bundan buyon matnda loyiha deb yuritiladi) tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga nisbatan tavsiyaviy tusga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organining normativ-huquqiy tusdagi qarori (bundan buyon matnda qaror deb yuritiladi) — xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari va viloyat, tuman, shahar hokimlari (bundan buyon matnda mahalliy davlat hokimiyati organlari deb yuritiladi) tomonidan qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy ekspertiza — loyihaning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik texnikasi — qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash va rasmiylashtirish jarayonida qoʻllaniladigan qoidalar, uslublar, vositalar va usullar majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolati doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy tusdagi qarorlarni qabul qilishdan oldin loyihani tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga (bundan buyon matnda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati xodimi loyihalarni adliya boshqarmalariga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yakka tartibdagi quyidagi hujjatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tusdagi (lavozimga tayinlash, boshqa lavozimga oʻtkazish yoki lavozimidan ozod qilish, komissiya va boshqa kollegial organlar tarkibini tasdiqlash, biror shaxsga yer ajratish va boshqa shu kabilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor-farmoyishli tusdagi (bir martalik topshiriqlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) muqaddam belgilangan tartibni ijro etishni tashkil etishga yoʻnaltirilgan hamda yangi huquqiy normalarni oʻz ichiga olmagan, shu jumladan, butun mazmuni boshqa organlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari toʻgʻrisida xabardor qilishdan iborat boʻlgan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sessiya, yigʻilish, konferensiyalarni chaqirish toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) loyihalarni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritish toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tavsiya xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) umummajburiy xususiyatga ega boʻlmagan boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmaydigan hujjatlarda qonun hujjatlariga zid boʻlgan normalar boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyihada hatto bitta umummajburiy xususiyatga ega huquqiy norma oʻrnatilgan boʻlsa, bunday loyiha albatta adliya boshqarmalarida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Loyihalarni tayyorlashni tashkillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Loyihani tayyorlash mahalliy davlat hokimiyati organining tegishli tarmoqlar holati va rivojlanishi uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan tuziladigan ishchi guruh (komissiya) (bundan buyon matnda ishlab chiquvchi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishchi guruh (komissiya) tarkibiga tegishli tarmoqlar holati va rivojlanishi uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmalarning, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar oʻz roziligi bilan ishchi guruh (komissiya) tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh (komissiya) aʼzolari loyihani tayyorlash uchun zarur boʻlgan tegishli bilim va tajribaga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Loyihani tayyorlashda ishlab chiquvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarining holatini, loyihani tartibga solish predmeti boʻyicha qoʻllanilish amaliyotini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojni, qonun hujjatlarining samaradorligiga taʼsir etuvchi sabablar hamda sharoitlarni aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek ayrim fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari maʼlumotlarini umumlashtiradi hamda ulardan foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga oladi, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Loyihaning matniga va tuzilishiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Loyihaning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi. Loyihada foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonun hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Loyihada quyidagilarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻzaki nutq shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillarning atamalari, davlat tilida teng maʼnoli soʻzlar va tushunchalar boʻlgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abbreviatura va qisqartmalar (umumiy qabul qilingan abbreviatura va qisqartmalar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Zarur hollarda, loyihada yuridik, texnik va boshqa maxsus atamalar hamda tushunchalarning qisqacha taʼrifi beriladi, umum qabul qilingan qisqartmalar qoʻllaniladi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tushuncha yoki atamaning taʼrifi uning mazmunini toʻliq ochib berishi kerak. Tushuncha yoki atamani aynan shu tushuncha yoki atama bilan, shuningdek oʻzlari taʼriflanishga muhtoj boʻlgan boshqa tushuncha va atamalar orqali taʼriflashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Loyihada koʻp marotaba qoʻllanilgan tushunchalarga taʼrif berish zarurati boʻlganda, ular alohida bandda va loyiha matnining boshida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Soʻz birikmalari bir necha marotaba qoʻllanilgan taqdirda, ular birinchi bor qaysi bandda (kichik bandda, xatboshida) qoʻllanilgan boʻlsa, oʻsha bandda (kichik bandda, xatboshida) toʻliq tahrirda bayon qilinadi va mazkur tushunchaning loyihaning keyingi oʻrinlarida qoʻllaniladigan qisqartirilgan taʼrifi qavs ichida bosh kelishikda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Loyihada, qoida tariqasida, xuddi shunday yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy normalari qayta aynan takrorlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning bandlarida uning boshqa bandlariga, shuningdek amaldagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ularning ayrim qoidalariga havolalar huquqiy normalarning oʻzaro bogʻliqligini koʻrsatish yoki takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik zarurati boʻlgan hollarda qoʻllaniladi. Havolalar aniq boʻlishi va normativ-huquqiy hujjatni yoxud uning alohida qoidalarini koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur holda loyihada yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatning ayrim qoidalari mazkur hujjatga havola qilingan holda aynan takrorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Loyihaning tuzilishi, loyihani huquqiy tartibga solish predmetini mantiqan rivojlanib borishi va yoritilishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Loyiha nomga ega boʻlishi lozim. Uning nomi qisqa, aniq bayon etilishi va mazmunini oʻzida aks ettirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Loyiha uning qabul qilinishi sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan muqaddimaga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning muqaddimasi uning mazmunini mantiqiy rivojlantiruvchi bir nechta xatboshilarda bayon etilishi mumkin va mustaqil huquqiy normalarni oʻz ichiga olmasligi, bandlarga boʻlinmasligi va raqamlanmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Loyiha qonun hujjati asosida yoki ijrosi yuzasidan tayyorlanayotgan hollarda uning muqaddimasida tegishli qonun hujjatlari (zarur boʻlganda uning tuzilmaviy birligi) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Loyihada uning rasman eʼlon qilingandan soʻng yoxud boshqa kechroq muddatda kuchga kirishi toʻgʻrisida band kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan normalar mavjud boʻlgan loyihalarga, rasman eʼlon qilingandan uch oy oʻtgach kuchga kiritilishi toʻgʻrisida band kiritiladi.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 12-iyundagi 158-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2420-1, 12.06.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 24-son, 297-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Loyihada huquqiy normalar arab raqamlarida belgilanib, nuqta qoʻyilgan bandlar koʻrinishida bayon qilinadi va sarlavhaga ega boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlar loyihaning boshidan oxirigacha ketma-ket raqamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning huquqiy normalarini ikkitali raqamlashga yoʻl qoʻyilmaydi (masalan, “1.1”, “5.1.1”, “1.a” va h. k.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Loyihaning har bir bandi, qoida tariqasida, bitta huquqiy normaga ega boʻlishi lozim. Loyihaning har bir mustaqil bandi toʻliq va tugallangan mazmunga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bandlar kichik bandlar va xatboshilarga boʻlinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kichik bandlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan arab raqamlari yoki kichik harflar bilan belgilanadi (masalan, 1), 2), 3) yoki a), b), v) va h. k.). Loyiha qanday tilda tayyorlanayotgan boʻlsa, harflar ushbu til alifbosi boʻyicha ketma-ketlikda bayon qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kichik bandlar faqatgina xatboshilarga boʻlinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatboshilar boshlanishida defis yoki boshqa belgilarni ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Loyihaning bandida bir vaqtning oʻzida kichik bandlarni va mustaqil (kichik bandlar bilan bogʻlanmagan) xatboshilarning bayon etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Loyihaga nizomlar, qoidalar, reglamentlar, talablar, turli xil roʻyxatlar, jadvallar, grafiklar, tariflar, xaritalar, sxemalar, tuzilmalar, hujjatlarning, blankalarning namunalari, shuningdek tavsiyaviy xususiyatdagi hujjatlar (namunaviy nizomlar, ustavlar, shartnomalar, uslubiy tavsiyalar va boshqalar) ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda loyihaning qaror qismida eng muhim boʻlgan huquqiy normalar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tushunchalarning taʼrifi, belgilanayotgan normalarni amalga oshirish mexanizmlari loyihaning tarkibiy qismi hisoblanuvchi ilovalarda, qoida tariqasida, nizom va qoidalar shaklida bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomlarning asosiy mazmuni umumiy belgilar asosida birlashtirilgan munosabatlar majmuini tartibga solishga qaratilgan oʻzaro tizimli bogʻlangan qoidalarni oʻrnatishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalarning asosiy mazmuni aniq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan alohida normalarni oʻrnatishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar, paragraflardan iborat boʻlgan ilovalar izchil ketma-ketlikda raqamlangan bandlarga ega boʻladi. Boʻlimlar va boblar rim raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar loyihada boblar boʻlmasa, “boʻlim” tuzilmaviy birligi kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Loyiha matni grammatika, punktuatsiya, orfografiya va stilistika qoidalariga muvofiqligi yuzasidan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning matnida oʻchirish va tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Loyihani rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Loyihaning matni A4 formatdagi qogʻoz varagʻining bir tomonida masshtab kichraytirilmagan holda joylashishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Agar loyiha ikki yoki undan ortiq varaqda bayon etilgan boʻlsa, loyihaning har bir varagʻi raqamlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Betning tartib raqami varaqning pastki oʻng burchagida 2 raqamidan boshlab yoziladi. Birinchi betida 1 raqami qoʻyilmaydi. Xuddi shunday tartibda loyihaning ilovalari ham raqamlanadi. Bunda loyiha va uning ilovalari alohida raqamlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Loyihalar tayyorlanishida, qoida tariqasida, Misrosoft Word redaktoridan va quyidagi parametrlardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
varaqning chap hoshiyasi 3 sm, oʻng hoshiyasi 1,5 sm, yuqori va past hoshiyasi 2 sm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Times New Roman” shrifti va loyihaning hajmidan kelib chiqib 13, 13,5 va 14 oʻlchamli shrift;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qator xatboshisi 1,27 sm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatorlararo interval (mnojitel) 1,2.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Loyihaning birinchi beti yuqori oʻng tomonida “LOYIHA” soʻzi qoʻyiladi, uning hajmi matn shrifti bilan aynan bir xil boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Loyiha turining matni katta harflar bilan, matnni markazga toʻgʻrilagan holda, “toʻq” shriftda, qatorlararo birlik intervalda va xatboshisiz rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Loyihaning nomi kichik harflarda, “toʻq” shriftda, matn markazga toʻgʻrilangan holda, qavslarsiz, qatorlararo birlik intervalda va xatboshisiz yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Loyiha matnining har bir qatorida soʻzlar koʻchirilmasdan tugallangan boʻlishi lozim. Loyihaning har bir qatori oxirida, koʻmakchilar, bogʻlovchilar, “№” belgisi, sonlar qismi, abbreviaturalar va boshqalarning qoldirilishi tavsiya etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ilova belgisi 12 oʻlchamli shriftda sahifaning yuqori oʻng burchagida joylashtiriladi hamda unda, ilovaning raqami (agar bir nechta ilovalar mavjud boʻlsa), ilova qilinayotgan loyiha turi koʻrsatilgan holda hujjat raqami va sanasi koʻrsatiladigan boʻsh joy qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Loyiha ilovasining nomi kichik harflarda, “toʻq” shriftda, matn markazga toʻgʻrilangan holda, qavslarsiz, qatorlararo birlik intervalda va xatboshisiz yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi loyihalarni tayyorlashning xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi loyiha, qoida tariqasida, quyidagi hollarda tayyorlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar loyiha boshqa qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni talab etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani tayyorlash jarayonida, xuddi shunday munosabatlarni tartibga soluvchi qaror aniqlanganda va yangi hujjat qabul qilmasdan ushbu qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan huquqiy tartibga solish imkoniyati boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aynan bir xil masalalar boʻyicha qarorlarning koʻpligini va aniqlangan huquqiy normalarning oʻzaro zidligini bartaraf etish uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Agar qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi huquqiy normalarni oʻz ichiga olgan loyihada, ushbu normalar ikki yoki undan ortiq bandni tashkil etsa va hajmi katta boʻlsa, ular loyihaga ilova (ilovalar) koʻrinishida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Oʻzgartirishlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻzlar, raqamlar, pozitsiyalar, bloklar va grafalarni almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar, ilovalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish yoki xatboshilar, soʻzlar, raqamlar, pozitsiyalarni, bloklar va grafalarni chiqarib tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlimlarni, kichik boʻlimlarni, boblarni, paragraflarni, bandlarni, kichik bandlarni, xatboshilar va ilovalarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatning nomlanishini yangi tahrirda bayon etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Qoʻshimchalar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorning tuzilmaviy birligining yangi soʻzlar, raqamlar, jumlalar, pozitsiyalar, bloklar va grafalar bilan toʻldirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorning tuzilmaviy birliklar (boʻlim, kichik boʻlim, bob, paragraf, ilova, band, kichik band va xatboshi) bilan toʻldirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi loyihalar matni quyidagi tuzilmaviy birliklarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nuqta qoʻyiladigan arabcha raqamlar bilan raqamlanadigan bandlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qavs bilan kichik harflarda raqamlanadigan kichik bandlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatboshilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Agar loyihaning bandi bilan tegishli qarorga faqatgina bitta oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritish nazarda tutilgan boʻlsa, unda kichik bandlar ishlatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda uning boʻlimlari, bandlari va kichik bandlarining raqamlanishi, shu jumladan harflar orqali raqamlanishi oʻzgarmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qaror yangi tuzilmaviy birliklar bilan toʻldirilayotgan boʻlsa, unda ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qoʻyiladigan qoʻshimcha raqamlar bilan belgilash lozim (masalan, VIII1 bob, 101-band, “a1” kichik bandi va h. k.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Agar tegishli qoʻshimchalar loyihaning tuzilmaviy birligi (boʻlim, kichik boʻlim, bob yoki band) oxiriga kiritilayotgan boʻlsa, unda mavjud raqamlanish davom etadi (masalan, agar boʻlimning oxirgi bandi 5-band boʻlib hisoblansa, boʻlim 6-band bilan toʻldiriladi, agar bandning oxirgi bandi “v” kichik band hisoblansa, unda “g” kichik band bilan toʻldiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Band yoki kichik bandga yangi xatboshi qoʻshilayotganda, mazkur band yoki kichik bandning keyingi xatboshilari raqamlanishi tegishli tartibda oʻzgaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Agar loyiha bir vaqtning oʻzida bir nechta qarorlar yoki ularning tegishli tuzilmaviy birliklariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutayotgan boʻlsa, unda mazkur qarorlar xronologik tartibda joylashtiriladi (ularni qabul qilish sanasi boʻyicha). Aynan bitta sanada qabul qilingan qarorlar ular raqamlarining ortib borishi tartibida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda mazkur hujjatning turi, qabul qilish sanasi, raqami, nomi va eʼlon qilingan tegishli rasmiy manbasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati xodimi tomonidan loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Loyiha boshqa tashkilotlar bilan kelishishdan oldin mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmati xodimi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Agar loyiha qonunchilikka va qonunchilik texnikasi qoidalariga, shuningdek grammatika, punktuatsiya, orfografiya va stilistika qoidalariga muvofiq boʻlsa, yuridik xizmat xodimi tomonidan imzolanadi. Imzolash loyihaning har bir beti orqa tarafiga imzo qoʻyish bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Loyiha qonunchilikka va qonunchilik texnikasi qoidalariga nomuvofiq boʻlsa yoki unda ichki qarama-qarshiliklar mavjud boʻlgan taqdirda, yuridik xizmat xodimi loyihani tegishli eʼtirozlar bilan qayta ishlash uchun ishlab chiquvchiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Yuridik xizmat xodimi loyihani imzolash bilan bir vaqtda ushbu loyiha boʻyicha maʼlumotnoma tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnomada quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha asoslangan yoki uning ijrosini taʼminlashga qaratilgan qonun hujjatlari haqidagi maʼlumotlar (qonun hujjatining nomi, qabul qilingan sanasi, raqami, rasmiy eʼlon qilingan manbasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solishning huquqiy asoslari (mahalliy davlat hokimiyati organining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinadigan masalani yechish vakolati);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchilikka va qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha qabul qilingan taqdirda ushbu mahalliy davlat hokimiyati organining tegishli qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarurati haqidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnoma yuridik xizmat xodimi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Yuridik xizmat xodimi mehnat taʼtilida, xizmat safarida boʻlgan, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi tufayli, shuningdek boshqa sabablarga koʻra ishda boʻlmagan hollarda, maʼlumotnoma loyihaning huquqiy tartibga solish predmetiga taalluqli masalani tartibga solish uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinma (mansabdor shaxs) tomonidan tayyorlanadi va mazkur tarkibiy boʻlinma rahbari (mansabdor shaxs) yoki hokim oʻrinbosarlaridan biri tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bob. Loyihani manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Loyiha yuridik xizmat xodimi tomonidan koʻrib chiqilganidan keyin, ishlab chiquvchining rahbari loyihani imzolaydi va kuzatuv xati bilan manfaatdor organlar va tashkilotlarga (bundan buyon matnda manfaatdor organlar deb yuritiladi) uni uzil-kesil kelishish (imzolash) uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda ishlab chiquvchi loyihani manfaatdor organlarga imzolash uchun yuborishdan oldin, loyihani ushbu organlarga oldindan kelishish va fikrlarini oʻrganish uchun yuborish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, budjet masalalari va soliq boʻyicha imtiyozlar berish bilan bogʻliq loyihalar tegishlicha hududiy iqtisodiyot, moliya va davlat soliq xizmati organlari bilan kelishilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashining soliqlar boʻyicha imtiyozlar berish toʻgʻrisidagi qarorlari loyihalari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan ham kelishilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Atrof-tabiiy muhitga, shu jumladan tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hoʻjalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi loyihalar hududiy tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan majburiy davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklashi va raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari prinsiplarini buzishi mumkin boʻlgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlarida majburiy tartibda dastlabki ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Xodimlarning ijtimoiy-mehnat huquqlariga taalluqli loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining hududiy organlari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga taalluqli loyihalar Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va ularning faoliyati masalalariga taalluqli loyihalar tegishlicha viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Manfaatdor organlar 3 kunlik muddatda loyihani koʻrib chiqishi va uzil-kesil kelishishi (imzolashi) shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Agar loyiha boʻyicha manfaatdor organlarning taklif va mulohazalari mavjud boʻlsa, ular oʻzlarining taklif va mulohazalarini xatda asoslar bilan koʻrsatadilar va loyihani taklif va mulohazalar bilan imzolaydilar. Bunda imzoning oldida taklif va mulohazalar ifodalangan xatning sanasi va raqami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha boʻyicha taklif va mulohazalar ifodalangan xat ishlab chiquvchiga loyiha bilan birga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Xatda asoslantirilmagan taklif va mulohazalar ishlab chiquvchi tomonidan inobatga olinmasligi mumkin. Asoslantirilmagan taklif va mulohazalar qabul qilinmasligi oqibati boʻyicha javobgarlik, oʻz taklif va mulohazalarini asoslantirmagan manfaatdor organlarning rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Loyihaga, uning mazmuni va tuzilmasini jiddiy oʻzgartirayotgan taklif va mulohaza mavjud boʻlganda, manfaatdor organlar ishlab chiquvchiga oʻzlarining loyiha variantini taklif qilishlari mumkin. Bunda taklif etilgan loyihaning varianti manfaatdor organlarning birinchi rahbari istisno hollarda uning birinchi oʻrinbosari tomonidan asoslash-xati bilan birga imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Ishlab chiquvchi manfaatdor organlarning taklif va mulohazalarini koʻrib chiqadi, zarurat boʻlgan hollarda loyihaga tegishli tuzatishlarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII bob. Loyihani adliya boshqarmasida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Loyiha tayyorlangan maʼlumotnoma, loyihaning kelishilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar hamda hokim yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolangan kuzatuv xati bilan birga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining loyihalari mazkur Kengashlar sessiyalari oʻtkazilishidan kamida uch kun oldin adliya boshqarmasiga taqdim etiladi.
(69-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 12-iyundagi 158-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2420-1, 12.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 24-son, 297-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya boshqarmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmagan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari qarorlarining loyihalari Kengash muhokamalariga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun loyiha taqdim etilgan sana adliya boshqarmasining devonxonasi tomonidan qabul qilib olingan sana hisoblanadi. Agar loyiha pochta xizmati orqali topshirilgan boʻlsa, tegishli aloqa boʻlimi korrespondenti tomonidan adliya boshqarmasiga topshirilgan sana — hujjat qabul qilingan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Taqdim etilgan loyihani normativ-huquqiy xususiyatga ega boʻlmaganligi sababli huquqiy ekspertizadan oʻtkazish zarur boʻlmagan hollarda, adliya boshqarmalari 2 ish kuni mobaynida loyihani xulosasiz mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq namunadagi kuzatuv xati bilan qaytarib yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining loyihalari 2 ish kuni ichida huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 12-iyundagi 158-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2420-1, 12.06.2014-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 24-son, 297-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Loyihalar adliya boshqarmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilayotganda ularning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish davomida adliya boshqarmalari loyihalarni ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha maʼmuriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar bor-yoʻqligini aniqlash nuqtai nazaridan ham tahlilni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
741. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga tegishli loyiha unda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan normalar mavjudligi boʻyicha oʻrganiladi.
(741-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 12-iyundagi 158-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2420-1, 12.06.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 24-son, 297-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish davomida loyihaning kelgusida huquqiy tartibga solish predmeti (muayyan sohadagi munosabat) va huquqiy tartibga solish mexanizmining ishlab chiqilish darajasi aniqlanadi. Bunda tegishli munosabatlarning huquqiy tartibga solinganlik holati va darajasiga baho berish maqsadida sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar inventarizatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan sohaning huquqiy tartibga solinganlik darajasi oʻrganilganda, loyihaning ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar orasidagi oʻrni va oʻzaro aloqadorligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Loyiha normalaridagi muayyan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga salbiy taʼsir koʻrsatadigan boʻshliqlar va nomuvofiqliklar hamda ichki ziddiyatlar mavjud emasligiga eʼtibor beriladi va normativ-huquqiy hujjatning qabul qilinish zaruriyati oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihada havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Loyihaning nomi uning mazmuniga muvofiqligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Loyihaning qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi. Bunda jumladan quyidagilarga ahamiyat beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning ushbu Yoʻriqnomaning III va IV boblarida koʻrsatilgan talablarga mos ravishda tayyorlanganligi va rasmiylashtirilganiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havola qilinayotgan hujjatlarning rasmiy manbalari toʻgʻri koʻrsatilganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha bilan boshqa qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi nazarda tutilgan boʻlsa, loyiha ushbu Yoʻriqnomaning V bobida koʻrsatilgan talablarga mos ravishda ishlab chiqilganligiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Loyihada ishlatilgan yuridik, texnik va boshqa atamalarga baho berishda quyidagilar oʻrganiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atamalarning qonun hujjatlarida qabul qilingan mazmuniga muvofiq, har xil talqin qilish imkoniyatini istisno etgan holda bayon qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihadagi atama va tushunchalarning toʻliq ochib berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatilgan qisqartmalarga tushuncha berilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Agar taqdim etilgan loyiha huquqiy ekspertiza natijalariga koʻra qonun hujjatlari va qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga javob bersa, loyihaning qonun hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasidagi namunaga muvofiq xulosa tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Agar taqdim etilgan loyiha huquqiy ekspertiza natijalariga koʻra qonun hujjatlari va qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga javob bermasa, loyihaning qonun hujjatlariga nomuvofiqligi toʻgʻrisida mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasidagi namunaga muvofiq xulosa tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Ushbu Yoʻriqnomaning 81 va 83-bandlarida koʻrsatilgan xulosalar ikki nusxada tuzilib, adliya boshqarmasining Huquqiy ekspertiza va qonun hujjatlarini turkumlash shoʻba mudiri tomonidan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida Qonunchilik boʻlimi boshligʻi tomonidan) imzolanadi va adliya boshqarmasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosalarning bir nusxasi mazkur Yoʻriqnomaning 4, 41 va 5-ilovalarida keltirilgan shaklga muvofiq kuzatuv xati bilan tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga yuboriladi.
(84-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 12-iyundagi 158-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2420-1, 12.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 24-son, 297-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Qonun hujjatlariga nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosada koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgach, loyiha mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan adliya boshqarmasiga qayta taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi xulosalar taqdim etilgan sana tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining masʼul xodimi imzo qoʻyib olingan sana hisoblanadi. Agar xulosalar pochta xizmati orqali topshirilgan boʻlsa, tegishli aloqa boʻlimi korrespondentiga topshirilgan sana — xulosa topshirilgan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Adliya boshqarmalarida Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qayd etish kitobi yuritilib, unda huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan har bir loyiha haqidagi maʼlumotlar mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq kiritilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qayd etish kitobi tikilgan, raqamlangan va tegishli adliya boshqarmalarining muhri bilan tasdiqlangan holda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Toshkent shahar, viloyatlar, tuman (shahar) hokimlari mazkur Yoʻriqnomaning talablariga rioya qilinishi uchun shaxsan masʼuldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namuna
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI SIRDARYO VILOYAT ADLIYA BOSNQARMASI
MINISTRY OF JUSTICE OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN DEPARTMENT OF JUSTICE OF SYRDARYA REGION
120100, Guliston shahri, Al-Xorazmiy koʻchasi, 24-uy. Tel: (3672) 25-00-93, Faks: 25-09-69 Elektron pochta: sirdaryo @minjust.gov.uz
24, Al-Norazmy Street, Gulistan city, 120100 Phone: (3672) 25-00-93, Fax: 25-09-69 e-mail: sirdaryo @minjust.gov.uz
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Tumanda toza havo oyligini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi tuman hokimi qarori loyihasi koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq belgilangan shaklda qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
Mazkur qaror loyihasi umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilmaganligi sababli adliya boshqarmasida huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladigan hujjatlar toifasiga kirmaydi.
Huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmaydigan hujjatlarda, qonun hujjatlariga zid normalar boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namuna
TASDIQLAYMAN
M.Oʻ.
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi
______
E. Xodjaqulov
(imzo)
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan
XULOSA
2013-yil “9” yanvar
Guliston shahri
Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga asosan Sirdaryo viloyat Oq oltin tuman hokimining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun 2013-yilda ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganda quyidagilar
ANIQLANDI:
Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomda mahalliy davlat hokimiyatining ushbu ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun qaror qabul qilish vakolati belgilangan.
Oq oltin tuman hokimining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun 2013-yilda ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi qonun hujjatlariga zid emas.
Ushbu qaror loyihasi qonunchilik texnikasi talablariga toʻliq javob beradi.
Yuqoridagilarga binoan, tuman hokimining normativ-huquqiy tusdagi qarori loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha
XULOSA QILINDI:
Oq oltin tuman hokimining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun 2013-yilda ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilganligi va qonunchilik texnikasi talablariga muvofiqligi qayd etilsin.
Mazkur xulosa yuzasidan tegishli xat maʼlumot uchun tuman hokimligiga yuborilsin.
Huquqiy ekspertiza va qonun hujjatlarini turkumlash shoʻba mudiri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namuna
TASDIQLAYMAN
M.Oʻ.
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi
______
E. Xodjaqulov
(imzo)
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan
XULOSA
2013-yil “9” yanvar
Guliston shahri
Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga asosan Sirdaryo viloyat Oq oltin tuman xalq deputatlari Kengashining “Oq oltin tumanida jamoat tartibini saqlash, obodonlashtirish hamda sanitariya qoidalariga rioya qilinishini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganda quyidagilar
ANIQLANDI:
1. Oq oltin tuman xalq deputatlari Kengashi qarori loyihasining 6-bandida ushbu qaror ijrosini nazorat qilish “Mahalla” xayriya jamoat fondining Oq oltin tumani boʻlimiga yuklatilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz faoliyatida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan mustaqildir, qonunlarda nazarda tutilganidan boshqa hollarda ularga hisobot bermaydi hamda ularning nazorati ostida boʻlmaydi.
Shunga muvofiq, loyihaning 6-bandini Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga moslashtirish lozim boʻladi.
2. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 11-bandida normativ-huquqiy hujjatda xorijiy tillarning atamalari davlat tilida teng maʼnoli soʻzlar va tushunchalar boʻlgan taqdirda qoʻllanilishi taqiqlangan boʻlsada loyihaning 2, 3 va 4-bandlarida “perekryostka” soʻzi ishlatilgan.
3. Loyihada bir qator orfografik xatolar mavjud. Jumladan, loyiha muqaddimasida “tartib” soʻzi “tartb” tarzida, loyiha 3-bandidagi “yuridik” soʻzi “yuredik” tarzida notoʻgʻri yozilgan.
Bundan tashqari, loyihada keltirilgan HUJMSh abbreviaturasi ochib yozilishi lozim.
4. Loyihada qonunchilik texnikasi talablari buzilgan. Xususan, 3-banddan keyin 5-band qoʻyilgan boʻlib, bandlar izchil ketma-ketlikda raqamlanmagan.
Loyihani rasmiylashtirishning belgilangan talablariga rioya qilinmagan. Xususan, varaqlar raqamlanmagan, loyihaning birinchi beti yuqori qismi oʻng tomonida “LOYIHA” soʻzi qoʻyilmagan.
Yuqoridagilarga binoan, tuman xalq deputatlari Kengashining normativ-huquqiy tusdagi qaror loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha
��
XULOSA QILINDI:
Oq oltin tuman xalq deputatlari Kengashining “Oq oltin tumanida jamoat tartibini saqlash, obodonlashtirish hamda sanitariya qoidalariga rioya qilinishini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilmaganligi va qonunchilik texnikasi talablariga nomuvofiqligi qayd etilsin.
Mazkur xulosa yuzasidan tegishli xat maʼlumot uchun tuman hokimligiga yuborilsin.
Huquqiy ekspertiza va qonun hujjatlarini turkumlash shoʻba mudiri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi “Yoʻl transport hodisalarining oldini olish hamda yoʻlovchi va transport vositalarining harakat xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi tuman hokimi qarori loyihasi qonun hujjatlari va qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini bildiradi.
Ushbu qaror qabul qilingandan soʻng rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishi, rasmiy veb-saytda joylashtirilishi (rasman eʼlon qilingandan keyin ikki kundan kechikmay), Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1856, 2008-yil 10-sentabr) muvofiq 3 kun ichida davlat hisobiga olish uchun qogʻoz va elektron shakllarda adliya boshqarmasiga taqdim qilinishi lozimligi maʼlumot tariqasida maʼlum qilinadi.
Ilova: qaror loyihasi ___ varaqda
Boshqarma boshligʻi
E. Xodjaqulov
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 12-iyundagi 158-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2420-1, 12.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 24-son, 297-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 41-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namuna
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI SIRDARYO VILOYAT ADLIYA BOSNQARMASI
MINISTRY OF JUSTICE OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN DEPARTMENT OF JUSTICE OF SYRDARYA REGION
120100, Guliston shahri, Al-Xorazmiy koʻchasi, 24-uy. Tel: (3672) 25-00-93, Faks: 225-09-69. Elektron pochta: sirdaryo @minjust.gov.uz
24, Al-Norazmy Street, Gulistan city, 120100 Phone: (3672) 25-00-93, Fax: 225-09-69 e-mail: sirdaryo @minjust.gov.uz
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi “Tuman aholisining bandligini taʼminlash dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Sirdaryo tuman xalq deputatlari Kengashi qarori loyihasini qonun hujjatlariga va qonunchilik texnikasi qoidalariga nomuvofiqligini bildiradi.
Qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha xulosada koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng sessiya muhokamasiga kiritilishi lozim.
Ushbu qaror qabul qilingandan soʻng rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishi, rasmiy veb-saytda joylashtirilishi (rasman eʼlon qilingandan keyin ikki kundan kechikmay), Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1856, 2008-yil 10-sentabr) muvofiq 3 kun ichida davlat hisobiga olish uchun qogʻoz va elektron shakllarda adliya boshqarmasiga taqdim qilinishi lozimligi maʼlumot tariqasida maʼlum qilinadi.
Ilova: qaror loyihasi, huquqiy ekspertiza natijalari boʻyicha xulosa ___ varaqda.
Boshqarma boshligʻi
A. TOShQULOV
(41-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 12-iyundagi 158-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2420-1, 12.06.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 24-son, 297-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namuna
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI SIRDARYO VILOYAT ADLIYA BOSNQARMASI
MINISTRY OF JUSTICE OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN DEPARTMENT OF JUSTICE OF SYRDARYA REGION
120100, Guliston shahri, Al-Xorazmiy koʻchasi, 24-uy. Tel: (3672) 25-00-93, Faks: 25-09-69 Elektron pochta: sirdaryo @minjust.gov.uz
24, Al-Norazmy Street, Gulistan city, 120100 Phone: (3672) 25-00-93, Fax: 25-09-69 e-mail: sirdaryo @minjust.gov.uz
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi “Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi tuman hokimi qarori loyihasi qonun hujjatlariga va qonunchilik texnikasi qoidalariga nomuvofiqligini bildiradi.
Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha xulosada koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etganingizdan keyin, qaror loyihasini qayta huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etishingiz mumkin.
Ilova: qaror loyihasi, huquqiy ekspertiza natijalari boʻyicha xulosa ___ varaqda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qayd etish KITOBI
T/r
Loyihaning kelib tushgan kuni
Loyihani yuborgan mahalliy davlat hokimiyati organi
Loyihaning nomi
Huquqiy ekspertiza boʻyicha xulosaning qisqacha mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qayta huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha maʼmuriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar mavjud boʻlgan qaror loyihalari qayd etiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 65-modda; 2014-y., 24-son, 297-modda, 52(I)-son, 625-modda; 2017-y., 27-son, 630-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2017-y., 10/17/2420-4/0188-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2018-y., 10/18/2420-5/1390-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)