10.12.2012 yildagi PQ-1875-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.07.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etib oʻtilsinki, mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga oʻqitishning kompleks tizimi, yaʼni uygʻun kamol topgan, oʻqimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yoʻnaltirilgan tizim yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar oʻqituvchilari tayyorlandi, umumtaʼlim maktablarining 5 — 9 sinflari uchun ingliz, nemis va fransuz tillari boʻyicha multimedia darsliklari, boshlangʻich sinflarda ingliz tilini oʻrganish boʻyicha elektron resurslar tayyorlandi, umumtaʼlim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 5 mingdan koʻproq lingafon kabinetlari jihozlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, chet tillarni oʻrganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni koʻrsatmoqdaki, taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilgʻor axborot va media-texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga toʻliq javob bermayapti. Taʼlim asosan anʼanaviy uslublarda olib borilmoqda. Taʼlim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz oʻrganishni tashkil qilish, shuningdek, oʻqituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy oʻquv-uslubiy materiallar bilan taʼminlash yanada takomillashtirilishini taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻqitishning ilgʻor uslublarini joriy etish yoʻli bilan, oʻsib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga oʻqitish, shu tillarda erkin soʻzlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng koʻlamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2013/2014 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini oʻrganish umumtaʼlim maktablarining birinchi sinflaridan oʻyin tarzidagi darslar va ogʻzaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, oʻqish va grammatikani oʻzlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy oʻquv yurtlarida ayrim maxsus fanlarni, xususan, texnik va xalqaro mutaxassisliklar boʻyicha oʻqitish chet tillarda olib boriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining oʻquvchilari va oʻqituvchilarini chet tillar boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik majmualar bilan taʼminlash, ularni qayta nashr etish boʻyicha belgilangan muddatlarga rioya qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining aylanma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining ijtimoiy yordamga muhtoj oilalardan boʻlgan oʻquvchilari hamda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari uchun chet tillar boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashr etish va yetkazib berish bepul asosda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarini ijara tizimi asosida chet tillar boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik majmualar bilan taʼminlash esa Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni oʻrganishni kengaytirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga kiritilgan chora-tadbirlar belgilangan muddatlarga muvofiq sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, boshqa vazirliklar, idora va ijrochi-tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chet tillarni oʻrganishni yanada rivojlantirish boʻyicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash deb yuritiladi) 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil qilinsin, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti uning ishchi organi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash (A.Ikromov) manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda hamda yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilning 1-martigacha boʻlgan muddatda har bir taʼlim bosqichida chet tillarni bilish darajasining aniq mezonlarini nazarda tutuvchi yangi taʼlim standartlari tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilning 1-mayigacha boʻlgan muddatda umumtaʼlim maktablarining birinchi sinfidan boshlab chet tillar taʼlimini uzluksiz joriy etilishini, shuningdek taʼlimning barcha bosqichlarida uning davomiyligini nazarda tutuvchi umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy oʻquv yurtlarining yangi oʻquv rejalari va dasturlari tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari va rejalari, darsliklarni ishlab chiqish, shuningdek, taʼlim jarayonini tashkil etish uchun yetakchi xorijiy oʻquv markazlarini, chet tillar boʻyicha xalqaro ekspertlar va mutaxassislarni jalb etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda chet tillarni oʻqitish tizimi tubdan qayta koʻrib chiqilishi va kuchaytirilishini, oʻquv yakunlari boʻyicha umumeʼtirof etilgan testlar (imtihonlar) topshirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tarkibida Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkil qilinsin, Markaz xodimlarining soni 12 kishiga koʻpaytirilsin va uning vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro eʼtirof etilgan standartlarning talablariga muvofiq chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganuvchilarni chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlashni toʻlov asosida test oʻtkazish (jumladan, Internet orqali masofaviy) va davlat namunasidagi tegishli malaka sertifikatini berishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganuvchilarning mustaqil ravishda, chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash uchun, testga tayyorlanishlariga zarur maʼlumotlarni tayyorlash va Internet tarmogʻiga joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning budjetdan tashqari daromadlari hisobidan unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Markazga toʻlov asosida mustaqil ekspertlarni va imtihon oluvchilarni jalb etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat test markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, ikki oy muddatda, 2015/2016 oʻquv yillaridan boshlab, barcha oliy taʼlim muassasalariga kirish testlari blokiga xorijiy tilni kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv muassasalarida chet tillar oʻqituvchilariga zarur ehtiyoji boʻlgan uzoq tumanlar va qishloq aholi punktlarida yashayotgan aholi ichidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining tavsiyanomalari asosida chet tillar oʻqituvchilari ixtisosligiga oliy taʼlim muassasalariga maqsadli qabulni amalga oshirishga ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli qabul asosida oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilingan shaxslar, oʻqishni bitirganlaridan soʻng, oʻzlari yashaydigan joylarda joylashgan va mahalliy davlat hokimiyati organlari tavsiyanomalarida koʻrsatilgan taʼlim muassasalarida 5 yildan kam boʻlmagan muddatda olingan mutaxassisliklari boʻyicha ishlab berishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligining chet tillar oʻqituvchilari va muallimlariga qonun hujjatlari bilan belgilangan ragʻbatlantiriluvchi toʻlovlar va qoʻshimchalarni hisoblashda, ularning lavozim maoshlari tarkibiga kiritgan holda qishloq joylarda joylashgan taʼlim muassasalarida ularning tarif stavkalariga 30 foiz va boshqa taʼlim muassasalarida 15 foiz stavkalari miqdoridagi har oydagi qoʻshimchalar qoʻshib berishni belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi uch oy muddatda, moliyalash manbalari Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar, xorijiy kreditlar va xalqaro grantlar, shuningdek, homiylar va xayriyachilar mablagʻlari koʻzda tutilgan holda, 2013 — 2016-yillarda taʼlim muassasalari xorijiy tillar kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya va oʻqitishning texnik vositalari va anjomlari bilan (qoʻshimcha jihozlash) jihozlashning jadallashtirilgan dasturini ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda uni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, bolalar va yoshlarning manfaatlari hamda qiziqishlarini inobatga olgan holda, quyidagilarni taʼminlasin:
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31 dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son, 202-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
televideniye, shu jumladan mahalliy telekanallar orqali bolalar va oʻsmirlarni xorijiy tillarga oʻrgatish boʻyicha koʻrsatuvlar tayyorlash hamda ularni translyatsiya qilish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyati, jahon ilmi va texnikasiga bagʻishlangan ilmiy-ommabop xorijiy badiiy hamda multiplikatsiyaviy filmlarni oʻzbek tilidagi subtitr yordamida, muntazam koʻrsatib borishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ZiyoNet” tarmogʻi orqali taʼlim muassasalarining xalqaro taʼlim va bilim olish manbalariga kirish imkoniyatlarini sezilarli orttirish, uning resurs markazini multimediya resurslari, shaxsiy kompyuterlar va mobil uskunalar uchun ilovalar bilan boyitish, shuningdek, ingliz tilida oʻquv va badiiy adabiyotlar, ixtisoslashtirilgan rasmlar bilan bezatilgan gazetalar va jurnallarni chop etish, ularga maxsus ruknlar hamda ilovalarni tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2013-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha har yili budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar, shuningdek idoraviy meʼyoriy hujjatlarga tegishli oʻzgartishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Ikromov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 10-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1875-son
(“Xalq soʻzi” gazetasi, 11.12.2012-y., 240 (5660)-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)