Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi 1999-yil 10-iyundagi PF–2326-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi 1999-yil 10-iyundagi PF–2326-son Farmoniga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
7-bandidagi “Vazirlar Mahkamasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning 5-bandidagi “Vazirlar Mahkamasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning 3-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Prezidenti” soʻzi bilan almashtirilsin;
2-ilovaning 4-bandi “g” kichik bandidagi “Vazirlar Mahkamasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 2-mart,
PF-3578-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 4-son, 43-modda)