Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ustaviga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, shuningdek uning xoʻjalik jamiyatlari va unitar korxonalariga quyidagilar:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 44-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 104-modda)
Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) 1-ilovaning;
Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 84-modda) 1-ilovaning amal qilishi tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 104-modda) amal qilishi tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 26-martdagi 70-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 140-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan kredit va boshqa majburiyatlarni qoplash hisobiga undirilgan mol-mulkni, bank qurgan va qurayotgan koʻchmas mulk obyektlarini, shuningdek boshqa obyekt va investitsiyalarni sotishdan olingan mablagʻlarga davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan mablagʻlar sifatida qaralmaydi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 26-martdagi 70-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 140-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-sentabrdagi 242-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ushbu qarorga muvofiq bankning Ustaviga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan tijorat banklari kengashlari raislarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2000-yil 11-iyuldagi 265-sonli qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 23-yanvar,
15-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-yanvardagi 15-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Ustaviga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (keyingi oʻrinlarda Bank deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 7-sentabrdagi PF-244-son Farmoni bilan tashkil etilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bankning muassisi hisoblanadi. Bank xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona shaklida tashkil etiladi”.
2. 4-banddagi “muassasalari” soʻzi “tashkilotlari” soʻzi bilan almashtirilsin.
3. 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Bank oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi”.
4. 6-bandda:
“xoʻjalik sudi va xolislik sudida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Bank unga xoʻjalik yuritish huquqi bilan tegishli boʻlgan mol-mulkka, shuningdek bank faoliyatini amalga oshirish davomida sotib olinadigan (olinadigan) va Bankning oʻz mulki boʻlgan boshqa mol-mulkdan qonun hujjatlarida va ushbu Ustavda belgilangan tartibda egalik qiladi, foydalanadi va tasarruf etadi”.
5. 7-bandda:
birinchi xatboshidan “(boʻlimlari)” soʻzi chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidan “Oxunboboyev” soʻzi “Istiqbol” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi — oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Bankning firma nomi:
davlat tilida: toʻliq nomi – “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki”, qisqartirilgan nomi “Oʻzmilliybank”;
rus tilida: toʻliq nomi – “Natsionalniy bank vneshney ekonomicheskoy deyatelnosti Respubliki Uzbekistan”, qisqartirilgan nomi “Uznatsbank”;
ingliz tilida: toʻliq nomi – “National Bank for Foreign Economic Activity of the Republic of Uzbekistan”, qisqartirilgan nomi – NBU”.
6. 10-bandda:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qonun hujjatlariga va xalqaro bank amaliyotiga muvofiq kreditlar, depozitlar, omonatlar shaklida, shuningdek boshqa shakllarda xorijiy valyutadagi mablagʻlarni jalb etishi mumkin”;
sakkizinchi xatboshida “eksport” soʻzidan keyin “va importning oʻrnini bosadigan” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻninchi xatboshida “MDH qatnashchisi boʻlgan davlatlar va xorijiy davlatlarning banklari bilan” soʻzlari “xorijiy banklar bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshiga “innovatsiya” soʻzidan keyin “va investitsiya” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “bilan” soʻzidan keyin “shu jumladan xoʻjalik jamiyatlarida ishtirokchi yoki aksiyador sifatida, mol-mulkning bir qismini belgilangan tartibda xoʻjalik yuritishiga bergan holda unitar korxonalar (shuʼba korxonalar) tashkil etish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qonun hujjatlari doirasida, shuningdek xalqaro bank amaliyotiga muvofiq boshqa bank operatsiyalarini amalga oshiradi”.
7. III boʻlimning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“III. Mol-mulk va kredit resurslari”.
8. 12 — 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Bankka xoʻjalik yuritish huquqi bilan tegishli boʻlgan mol-mulk pul mablagʻlari va unga tegishli boʻlgan binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport va boshqa boyliklardan iboratdir.
Bankning koʻchmas mol-mulki, majburiyatlarni (Bank oldidagi qarzlarni) qaytarish hisobiga Bankka oʻtgan koʻchmas mol-mulkdan tashqari, sotilishi, ijaraga berilishi va garovga qoʻyilishi, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondiga ulush sifatida kiritilishi yoki Bank Kengashining qaroriga koʻra boshqacha usulda oʻzgaga berilishi mumkin.
Bankning qolgan mol-mulki, shu jumladan majburiyatlarni (Bank oldidagi qarzlarni) qaytarish hisobiga Bankka oʻtgan mol-mulk sotilishi, ijaraga berilishi va garovga qoʻyilishi, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondiga ulush sifatida kiritilishi yoki Bank Kengashi tomonidan belgilangan tartibda boshqacha usulda oʻzgaga berilishi mumkin.
13. Bankning ustav fondi 4.000.000.000.00 (toʻrt milliard) soʻm va ustav fondini koʻpaytirish uchun mablagʻlarni oʻtkazish kunida Markaziy bankning kursi boʻyicha 400.000.000.00 (toʻrt yuz million) AQSh dollariga teng boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan toʻlangan mablagʻlar va Bank foydasini kapitallashtirish hisobidan tashkil boʻladi.
14. Ustav fondi maqsadli tushumlar, respublika budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga hosil boʻladi. Ustav fondi miqdori ushbu Ustavda belgilangan tartibda oʻzgartirilishi mumkin.
15. Bankda zaxira jamgʻarmasi tashkil etiladi va ushbu jamgʻarma bank operatsiyasi boʻyicha ehtimoliy zararlarni qoplash uchun moʻljallanadi hamda ustav fondining 15 foiziga yetgunga qadar sof foydadan yillik ajratmalar (kamida 5 foiz) hisobiga shakllantiriladi.
16. Bankning mol-mulkini realizatsiya qilish (sotish) va ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar uning tasarrufida qoladi va Bank tomonidan ustav faoliyatiga muvofiq mustaqil foydalanilishi mumkin”.
9. 17-bandda:
oʻzbek tilidagi ikkinchi xatboshi oʻzgartirilmaydi;
toʻqqizinchi xatboshidagi “yil davomida taqsimlanmagan daromadidan” soʻzlari “yil davomida taqsimlanmagan foydasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. 18-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “muassasalari” soʻzi “tashkilotlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “eksport qilinadigan” soʻzlaridan keyin “va importning oʻrnini bosadigan” soʻzlari qoʻshilsin;
oltinchi xatboshidagi “hisoblar va omonatlarga” soʻzlaridan keyin “qimmatli qogʻozlarga va boshqa moliyaviy vositalarga” soʻzlari qoʻshilsin;
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“asbob-uskuna, hisob-kitob terminallari, bankomatlar, transport vositalari va boshqa mol-mulkni sotib oladi hamda ijara va lizing shartlarida beradi”;
quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“qonun hujjatlariga muvofiq boshqa bank operatsiyalarini amalga oshiradi”.
11. 22-bandda:
birinchi xatboshidagi “bank sarmoyasining saqlovchisi sifatida” soʻzlari “muassis sifatida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “sarmoyasini” soʻzi “fondini” soʻzi bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidan “amaldagi” soʻzi chiqarib tashlansin.
12. 23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23. Quyidagilar Bankning boshqaruv organi hisoblanadi:
Bank Kengashi;
Bank Boshqaruvi.
Bank Kengashi Bank boshqaruvining yuqori kollegial organi hisoblanadi, unga Rais boshchilik qiladi. Bank Kengashining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi”.
13. 25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“25. Bank Kengashi:
Bank faoliyatini, kreditlash va mablagʻlarni investitsiyalashning toʻgʻriligini nazorat qiladi (omonatchilar, kreditorlar va muassislarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida);
Bankning muqobil kapitallashuvini qoʻllab-quvvatlaydi;
Bank siyosatini shakllantiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Bank Ustavi, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihalarini tasdiqlash uchun kiritadi;
Bank Ustav fondini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Bank faoliyatining yillik natijalarini tasdiqlaydi;
Bank Boshqaruvining taqdimnomasi boʻyicha foydani taqsimlash, shuningdek zararlarni qoplash tartibini tasdiqlaydi;
Bankning yillik biznes-rejasini tasdiqlaydi;
Bank Boshqaruvi aʼzolari tarkibini tasdiqlaydi, Bank Raisi va Bank Raisining oʻrinbosarlari bundan mustasno;
Kreditlash, aktivlar va passivlarni boshqarish, investitsiyalarni amalga oshirish va Bank mijozlariga xizmatlarning yangi turlarini koʻrsatish sohasida Bank siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Bank Boshqaruvi hisobotlarini, Bank ichki auditi xizmati rahbarining axborotini eshitadi;
Bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan bitimlar tuzish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
qiymati bunday bitimni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda Bank aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ortiqni tashkil etadigan bitimlar yoki bir necha oʻzaro bogʻliq bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Bankning koʻchmas mol-mulkini (majburiyatlar va qarzlarni qoplash hisobiga Bankka oʻtgan koʻchmas mol-mulk bundan mustasno) realizatsiya qilish, ijaraga berish va garovga qoʻyish, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondiga ulush sifatida kiritish yoki boshqa usulda oʻzgaga berish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
majburiyatlar va qarzlarni qoplash hisobiga Bankning mulkiga oʻtgan mol-mulkni Bank tomonidan realizatsiya qilish tartibini belgilaydi;
Bankning filiallari, vakolatxonalari, shuʼba korxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda ularning nizomlarini va ustavlarini tasdiqlaydi;
Bank Boshqaruvi faoliyati tartibini belgilab beradigan hujjatlarni tasdiqlaydi;
qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga muvofiq Bank Kengashining vakolatlariga tegishli boʻlgan boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi”.
14. 26-bandning oʻn birinchi xatboshidagi “fikr bildirishgan” soʻzlari “ovoz bergan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. 27-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” soʻzlari “Bank” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “va Bank Kengashining” soʻzlari “Bank Kengashi va Boshqaruvining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bank Kengashi tomonidan belgilanadigan tartibda bank mol-mulkini tasarruf etadi, koʻchmas mulk bundan mustasno”;
yettinchi xatboshidagi “xayriya tadbirlari” soʻzlari “xayriya ehsonlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida kelishishni va tasdiqlashni talab qilmaydigan Bankning uslubiy koʻrsatmalarini, yoʻriqnomalarini tasdiqlaydi”.
16. 30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Bank har bir xodimining mehnat daromadlari Bank ishining pirovard natijalari hisobga olgan holda, shaxsan qoʻshgan mehnat hissasiga qarab belgilanadi va ulardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanadi”.
17. 31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“31. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin sof foyda bankning tasarrufida qoladi va undan Bank Kengashi tomonidan belgilanadigan tartibda foydalaniladi”.
18. 35-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“35. Bankning moliya-xoʻjalik faoliyati ustidan nazorat qilish va Bank faoliyatini tekshirish (audit) Bankning Ichki audit xizmati, mustaqil auditorlik tashkilotlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq bunday tekshirishlarni amalga oshirish vakolati berilgan nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 4-son, 46-modda, 37-son, 483-modda; 2014-y., 10-son, 104-modda; 2015-y., 12-son, 140-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son; 12.03.2020-y., 09/20/144/0314-son)