Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2012-yil 27-dekabr,
68/QQ-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 27-dekabr,
20-son
Madaniyat va sport ishlari vaziri T. KUZIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 27-dekabr,
21/QQ-son
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
Toshkent sh.,
2012-yil 27-dekabr,
05/QQ-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2012-yil 27-dekabrdagi 68/QQ, 20, 21/QQ, 05/QQ-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisida
Nizom
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari (bundan buyon matnda taʼlim muassasasi deb yuritiladi) oʻquvchilariga (bundan buyon matnda oʻquvchilar deb yuritiladi) akademik taʼtil berish tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlmagan nodavlat taʼlim muassasalari, boshqa mamlakatlar taʼlim muassasalarining filiallari (markaz, boʻlim, oʻquv-maslahat punkti va shu kabilar)ga ushbu Nizom tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Akademik taʼtil oʻquv yili mobaynida oʻquvchining salomatligini tiklash maqsadida 12 oy muddatgacha beriladi.
2. Oʻquvchiga oʻqish davomida ikki martagacha akademik taʼtil berilishi mumkin.
II. Akademik taʼtil berish va akademik taʼtildan qaytish
3. Akademik taʼtil olish uchun oʻquvchining ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) taʼlim muassasasi direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Akademik taʼtil olishni soʻrab murojaat qilingan arizaga oʻquvchi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi komissiyasining xulosasi ilova qilinishi lozim.
4. Surunkali kasalligi sababli bir oydan ortiq vaqt davomida darslarga qatnasha olmagan oʻquvchining ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan yozilgan arizaga asosan akademik taʼtil berilishi mumkin. Bunda akademik taʼtil muddati oʻtishining boshlanishi oʻquvchi darslarga qatnasha olmayotgan kundan boshlab hisoblanadi.
5. Salomatligini tiklash maqsadida oʻquvchiga akademik taʼtilning berilishi mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan Taʼlim muassasalari oʻquvchilariga tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha akademik taʼtil berishga oid kasalliklar roʻyxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Taʼlim muassasasi Pedagogik kengashi qarori asosida direktor raisligida tashkil etilgan Oʻquvchiga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻquvchiga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi murojaat bir hafta muddatda Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Komissiyaning xulosasi hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim boshqarmasiga joʻnatiladi va hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim boshqarmasining rasmiy javob xati olingandan soʻng, taʼlim muassasasi direktori tomonidan oʻquvchiga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi buyruq rasmiylashtiriladi. Ushbu buyruqda akademik taʼtilning boshlanish va tugash sanasi hamda buyruqqa asos koʻrsatilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻquvchi akademik taʼtilga chiqqan kundan boshlab bir oy muddatgacha oʻquvchining ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) akademik taʼtilni bekor qilish va uni oʻqishga qaytarishni soʻrab taʼlim muassasasi direktoriga ariza bilan murojaat qilganda, ariza koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻquvchining ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) akademik taʼtilning muddati tamom boʻlgandan soʻng oʻquvchining oʻqishga qaytishi boʻyicha taʼlim muassasasining direktori nomiga ariza bilan murojaat qilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Agar akademik taʼtil davrida oʻquvchi oʻqigan taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) tugatilgan boʻlsa, oʻquvchini shu taʼlim muassasasi yoki boshqa taʼlim muassasasiga oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha koʻchirish masalasi ham ariza bilan birga koʻrib chiqilishi va hal etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Akademik taʼtildan qaytish boʻyicha oʻquvchining murojaati bir haftalik muddatda koʻrib chiqilishi va uning taʼlim muassasasiga oʻqishga qaytishi toʻgʻrisida taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi chiqarilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu buyruqda oʻquvchi akademik taʼtildan qaytgandan soʻng oʻqiydigan oʻquv kursi, yoʻnalishi va guruh raqami koʻrsatilishi shart.
III. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
12. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Taʼlim muassasalari oʻquvchilariga tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha akademik taʼtil berishga oid kasalliklar roʻyxati
Keyingi tahrirga qarang.
1. Sil kasalligining ochiq formalari (aktiv rivojlanuvchi oʻpka sili, traxeobronxial, ichki va periferik limfa tugunlari, yirik suyaklar, boʻgʻimlar faol sili yoki kichik suyak va boʻgʻimlarning sildan koʻp jarohatlanishi, tomoq, kekirdak, halqum, qizil oʻngach, ichak, koʻz, teri va boshqa ichki aʼzolar aktiv sili).
2. Silga aloqador boʻlmagan, yurak-oʻpka faoliyatlari yetishmovchiligi (III daraja) bilan kechuvchi oʻpkaning surunkali kasalliklari.
3. Barcha bosqichdagi xavfli oʻsma kasalliklari, ikki yil oldin radikal davolanganlar bundan mustasno.
4. II va III darajali qon aylanishining buzilishi bilan kechuvchi yurak klapanlarining va mushaklarning organik oʻzgarishlari (tugʻma va orttirilgan).
5. II va III darajali qon bosimining oshishi, tez rivojlanuvchi qon bosim oshishi kasalligi—xavfli gipertoniya.
6. Turgʻun buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi buyrak va boshqa aʼzolar kasalliklari.
7. Statsionar sharoitida davolashga muhtoj boʻlgan oshqozon-ichak tizimi yara kasalliklari.
8. Statsionar sharoitida bir oy muddatdan ortiq davolash va reabilitatsiya qilish lozim boʻlgan ogʻir shikastlanishlar, oʻtkir va surunkali kasalliklar.
9. Statsionar sharoitida bir oy muddatdan ortiq davolash va reabilitatsiya qilish zarur boʻlgan turli etiologiyalik jigar kasalliklari, jigar sirrozi, parazitar kasalliklari va boshqalar.
10. Endokrin kasalliklarning aniq shakllari (akromegaliya, Bazedov kasalligi, Addison kasalligi, miksedema, qandli diabetning ogʻir shakli, Itsenko-Kushinga kasalligi).
11. Qon tizimi kasalliklari: oʻtkir va surunkali leykozlar (limfa leykozlar bundan mustasno), aplastik anemiya.
12. Asab sistemasining surunkali organik asab kasalliklari, shuningdek boʻlib oʻtgan kasalliklarning ogʻir asoratlari (ensefalit, meningit, araxnoidit, bosh suyakning va orqa miyaning yopiq holda shikastlanishi, bosh suyakning ochiq holda shikastlanishi va boshqalar) natijasida aql-zakovatning chuqur va turgʻun buzilishlari, psixopatik buzilishi (oʻzini axloqiy jihatdan tuta olmaslik yoki tajanglik urinishdagi holatlar), nevrologik belgilar yoki psixopatik xulq-atvor asoratlari bilan oʻtkaziladigan kasalliklar.
13. Toʻxtovsiz rivojlanish bilan kechuvchi shizofreniyaning (oddiy, gebefrenik, paranoid turlari) quyidagi koʻrinishlari:
a) xurujsimon rivojlanish bilan kechuvchi shizofreniya (katotonik, galyutsinator, paranoid turlari);
b) toʻlqinsimon kechuvchi shizofreniya (sirkulyator, depressiv-paranoid, oneyroid-katotonik) tez-tez xurujlanuvchi va qisqa remissiyali holatlar;
v) sust kechuvchi shizofreniyaning xuruj davri.
14. Tez-tez takrorlanuvchi tutqanoqli, tutqanoqsiz va psixomator xurujlari bilan, shuningdek hushning xiralashuvi va ogʻir disforiya bilan kechuvchi epilepsiya:
a) kam takrorlanuvchi xurujlar bilan, shaxsning chuqur oʻzgarishi va aql-zakovat buzilishi bilan kechuvchi epilepsiya;
b) epileptik psixozlar.
15. Tez-tez xurujlanuvchi siklotimiya, maniakal depressiv psixoz, tez-tez takrorlanuvchi maniakal depressiv holatlar.
16. Shaxsda patologik rivojlanishning har xil turlari, mehnatga qobiliyati pasayishi bilan, psixopatiyaning yaqqol turi yoki tez-tez dekompensatsiyalanishi bilan kechuvchi turlari.
17. Ogʻir, surunkali kechuvchi, takrorlanuvchi teri kasalliklarining nogironlikka olib keluvchi turlari.
18. Zaxmning yuqumli bosqichi.
19. Traxomaning I, II, III darajalari.
20. Giyohvandlik, toksikomaniyaning (tamakiga tobelikdan tashqari) barcha turlari.
21. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS/OIV).