Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 26.03.1998 yildagi PF-1980-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 26.03.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON TEATR SANʼATINI RIVOJLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda asrlar osha yashab kelayotgan tomosha-sanʼati anʼanalarini oʻrganish, boyitish va targʻib qilish, teatr sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, moddiy-texnik negizini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini taʼminlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish, maxsus taʼlim tizimini zamon talablariga mos holda takomillashtirish, yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni toʻlaroq qondirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Teatr arboblari uyushmasi, atoqli sanʼat namoyandalari va keng jamoatchilikning takliflarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligining teatr tashkilotlari hamda Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi negizida Madaniyat ishlari vazirligi tizimida “Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi va uning qoshida Teatr ijodkorlari uyushmasi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirligiga boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda “Oʻzbekteatr” birlashmasini tashkil etish bilan bogʻliq ijodiy, tashkiliy, moliyaviy-xoʻjalik va ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyish vazifasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekteatr” birlashmasi Teatr ijodkorlari uyushmasi, teatr tashkilotlari va hududiy boʻlimlarga ega boʻlgan mustaqil ijodiy-ishlab chiqarish tuzilmasi hisoblanib, mulkchilik shakllari va qaysi idoraga taalluqli ekanidan qatʼi nazar, mamlakatdagi barcha davlat teatrlari, teatr-studiyalari, xalq teatrlari jamoalari va boshqa tegishli tashkilotlarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekteatr” birlashmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat ekanligi inobatga olinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr va teatr-studiyalar ijodiy jamoalarini xalqimizning boy maʼnaviy dunyosi, madaniy merosi, milliy va umumbashariy qadriyatlarimizga ehtirom tuygʻularini madh etuvchi, istiqlolni ulugʻlovchi yorqin sahna asarlari yaratishga yoʻnaltirish, shuningdek, vatanparvarlik gʻoyalarini milliy estetik tamoyillarni targʻib qilishga qaratilgan tashabbus va harakatlarni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek xalq tomosha sanʼatlari (xalq anʼanaviy teatri, maydon tomoshalari, bayramlar) sohasidagi boy tarixiy merosni chuqur oʻrganish, tadqiqotlar, oʻquv qoʻllanmalari yaratish uchun shart-sharoit tugʻdirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodkorlarni ijtimoiy muhofaza qilish, teatrlarning moddiy-texnik negizini mustahkamlash, ularni zamonaviy ashyolar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatrlar jamoalari, rejissorlar, dramaturglar, bastakorlar, rassomlar va baletmeystyerlarga dolzarb mavzularda buyurtmalar berish, respublika va xalqaro miqyosda koʻrik-tanlovlar, festivallar oʻtkazish, xorijiy mamlakatlarga gastrollar uyushtirish, ilmiy anjuman, simpozium va seminarlar oʻtkazish, turli mukofot va sovrinlar taʼsis etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli yoshlarni izlab topish va malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashda oliy va oʻrta-maxsus oʻquv yurtlariga yaqindan yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi, “Kamolot”,. “Umid”, “Oltin meros” va boshqa jamgʻarmalar yordamida yosh ijodkorlar sanʼatini targʻib qilish, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, mamlakatimizda va chet ellarda taʼlim olish hamda malaka oshirishlarini uyushtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Milliy teatr va ommaviy tomosha sanʼatlari yutuqlarini keng targʻib etish maqsadida “Teatr” oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnali nashr etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Teatr sanʼati maʼnaviyat va maʼrifatni yuksaltirishning qudratli vositalaridan biri ekanligini nazarda tutib, joylarda bu sanʼat rivoji bilan bogʻliq ishlarni izchil amalga oshirish masʼuliyati Madaniyat ishlari vazirligi bilan bir qatorda, tegishli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar birinchi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlarining zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekteatr” birlashmasining moddiy-texnik negizini mustahkamlash, ijodkorlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish maqsadida birlashmaning “Artmadad” nomli maxsus jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat, jamoat tashkilotlari hamda mulkchilik shakllaridan va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, turli muassasalar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar va alohida jismoniy shaxslar jamgʻarma hammuassislari boʻlishi mumkin. Jamgʻarmaning taʼsis majlisi bir oy muddat ichida oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamgʻarma Nizomini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Artmadad” jamgʻarmasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida uning hisob raqamiga ellik million soʻm miqdorida mablagʻ oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahar hokimligi ikki oy muddatda Toshkent shahar Hamza koʻchasi 49, 51-uylarni taʼmirlasin va ularga “Oʻzbekteatr” birlashmasining markaziy apparati, uning jamgʻarmasi hamda Teatr ijodkorlari uyushmasini joylashtirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligi birgalikda Toshkent davlat sanʼat institutining drama, musiqali teatr, qoʻgʻirchoq teatri, kino, teleradio, sahna rassomligi, sanʼat menejmenti boʻyicha mutaxassis kadrlar tayyorlash doirasini kengaytirish, oʻqitish uslubini jahon andozalari darajasiga koʻtarish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika teatr tashkilotlarining, ayniqsa, viloyatlardagi teatr muassasalarining malakali dramaturg va rejissorlarga boʻlgan katta ehtiyojini hisobga olib, oliy maʼlumotli, iqtidorli yoshlardan dramaturg va rejissorlar tayyorlovchi ikki yillik oliy kurslar tashkil etilsin. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu kurslar davlat buyurtmasi va shartnoma asosida faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi “Oʻzbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tasarrufiga kiruvchi teatr tashkilotlarining binolari qurilishi va taʼmirlanishi, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Toshkent davlat sanʼat instituti va uning 400 oʻrinli yotoqxonasi yangi binolarini loyihalash va qurish uchun tegishli mablagʻ ajratishni 1999-2000-yillar rejasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Teatr xodimlarini ijtimoiy himoyalash va ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya, Mehnat, Madaniyat ishlari vazirliklari hamda “Oʻzbekteatr” birlashmasi uch oy muddat ichida teatr muassasalarining ixtisoslashtirilgan tizimini, respublika, viloyat, shahar, tuman, xalq va havaskorlik hamda xususiy maqomlari va ijodiy yoʻnalishlarini hisobga olgan holda mehnatga haq toʻlash boʻyicha yangi tarif meʼyorlarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, teatr tashkilotlariga qoʻshimcha moliyaviy manbalar topishi uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida ularning gastrol-konsert va shartnomalar asosidagi boshqa xizmat faoliyatidan tushadigan mablagʻlari, homiylik va investitsiyalar, shu jumladan, chet el investitsiyalaridan imtiyozli foydalanish hamda teatr jamoasini ragʻbatlantirish tartibini belgilaydigan Nizom ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirligi, “Oʻzbekteatr” birlashmasi uch oy muddat ichida teatr ijodiy xodimlariga kvalifikatsiya berish, davlat mukofotlari, faxriy unvonlar va boshqa mukofotlarga tavsiya etish boʻyicha ularning, ayniqsa, yoshlarning butun faoliyati davomida kasbiy va ijodiy oʻsish jarayoni xususiyatlarini hisobga oluvchi Nizom ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasi tasdigʻiga taqdim etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzbekteatr” birlashmasi va uning tasarrufidagi korxona va tashkilotlar barcha turdagi soliqlardan va bojxona toʻlovlaridan besh yil muddatga ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqdan ozod etilishi natijasida yigʻilgan mablagʻlarning mamlakatimizda teatr-tomosha sanʼatlarini, ilmiy-tadqiqot va nashr ishlarini yanada rivojlantirishga, birlashmaning moddiy-texnik negizini mustahkamlashga, ijodkorlarni ijtimoiy muhofaza qilish ishlariga sarflanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teatr sanʼati rivojiga homiylarni jalb qilish maqsadida ularning foydadan toʻlaydigan soliq boʻyicha bazasi “Oʻzbekteatr” birlashmasi, uning tarkibidagi muassasalar hisobiga oʻtkazadigan mablagʻlari miqdoriga monand qisqartirilishi nazarda tutilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu Farmonda koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlarni qoplash uchun mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Farmonning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tegishli qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 26-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1980-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 4-son, 61-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 203-modda; 2017-y., 8-son, 105-modda)