Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi yillarda respublika shaharlari va aholi punktlarining zamonaviy qiyofasini shakllantirishga, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini zamonaviy shaharsozlik meʼyorlari va talablariga muvofiqlashtirish maqsadida ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish borasida koʻlamli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Shaharlar, viloyat va tuman markazlarini, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarini, shu jumladan obodonlashtirish boshqarmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy maxsus transport va mexanizatsiya vositalari bilan jihozlash hisobiga, obodonlashtirish tubdan yaxshilandi. Ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan bir qancha chora-tadbirlar koʻrildi.
Shu bilan birga respublika shaharlari va tumanlarida obodonlashtirish boʻlinmalari faoliyatini tashkil etishga yagona yondashuv mavjud emas. Obodonlashtirish boʻlinmalari turlicha tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyat koʻrsatadi, turlicha boshqaruv tuzilmalariga ega. Natijada aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish samaradorligi pasayib ketmoqda.
Respublika shaharlari va tumanlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish, shuningdek mahalliy budjetlar xarajatlarini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining respublika shaharlari va tumanlaridagi obodonlashtirish masalalari boʻyicha tashkilotlarni (boʻlinmalarni) qayta tashkil etish va ularning negizida obodonlashtirish boshqarmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Shaharsozlik hamda sanitariya meʼyorlari va qoidalariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish ishlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin. Ularning asosiy vazifalariga shu jumladan quyidagilar kiradi:
koʻchalar, skverlar, xiyobonlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa koʻkalamzor zonalarni koʻkalamzorlashtirish, dov-daraxtlarni parvarish qilish boʻyicha agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish, ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish;
yoʻl-koʻprik xoʻjaligini (koʻchalar, yoʻlaklar qatnov qismining yoʻl qoplamasi, bekat koʻtarmalari, yer osti oʻtish joylari, koʻpriklar, transport chorrahalari va yoʻl oʻtkazgichlar, yon bordyurlar, suv chiqarib yuborish tarmoqlari va boshqa sunʼiy inshootlar) saqlash, mukammal va joriy taʼmirlash;
xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini saqlash, mukammal va joriy taʼmirlash;
drenaj xoʻjaligini (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, sunʼiy havzalar, yer osti va yomgʻir suvlarini haydaydigan nasos stansiyalari) va favvoralarni saqlash, mukammal, joriy taʼmirlash va ulardan foydalanish boʻyicha boshqa ishlar;
elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda yoʻllar va koʻchalarning tashqi yoritish tarmoqlarini saqlash, mukammal va joriy taʼmirlash hamda ulardan foydalanish boʻyicha boshqa ishlar;
nazoratsiz, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda tutish va davlat veterinariya boʻlimlariga olib kelish;
Keyingi tahrirga qarang.
ekologiya meʼyorlariga, sanitariya, shaharsozlik meʼyorlari va qoidalariga hamda boshqa meʼyorlar va qoidalarga muvofiq dafn etish joylari (qabristonlar) va qabr ustiga oʻrnatilgan yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish;
mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar:
shaharlar va tumanlarni obodonlashtirish boshqarmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
Nukus shahri va viloyat markazlari boʻlgan shaharlar obodonlashtirish boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
viloyatlarga (Qoraqalpogʻiston Respublikasida – respublikaga) boʻysunuvchi shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahar tumanlari obodonlashtirish boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Poytaxtni obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qarori bilan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi, apparati tuzilishi va u toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
faoliyat koʻrsatib turgan obodonlashtirish tashkilotlarini (boʻlinmalarni) qayta tashkil etishni hamda ularning negizida shaharlar va tumanlarda ushbu qarorga 2 — 4-ilovalarda nazarda tutilgan namunaviy tuzilmalarga muvofiq obodonlashtirishning tegishli boshqarmalari tashkil etilishini;
Shaharlar va tumanlarning obodonlashtirish boshqarmalari toʻgʻrisidagi ushbu qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizom asosida obodonlashtirish boshqarmalari haqidagi nizomlar tasdiqlanishini;
obodonlashtirish boshqarmalariga joy ajratilishini va zarur hollarda ularni maʼmuriy va ishlab chiqarish binolariga joylashtirishni;
obodonlashtirish boshqarmalarini malakali mutaxassislar, muhandis-texnik va ishlab chiqarish xodimlari bilan butlashni taʼminlasinlar.
5. Shaharlar va tumanlarda obodonlashtirish boshqarmalarini qayta tuzish va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha 5-ilovaga* muvofiq ishchi guruh tashkil etilsin.
*5-ilova berilmaydi.
Ishchi guruh (N.M.Xanov) ushbu qarorni amalga oshirish yuzasidan joylarda davlat hokimiyati organlari ishi muvofiqlashtirilishini taʼminlasin, ularga zarur metodik yordam koʻrsatsin va ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amalga oshirilgan ishlarning natijalari toʻgʻrisidagi axborotni kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 10-yanvar,
4-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari toʻgʻrisida
Namunaviy nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom viloyatlar markazlari boʻlgan shaharlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti), viloyatga (Qoraqalpogʻiston Respublikasida – respublikaga) boʻysunuvchi shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda Obodonlashtirish boshqarmasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Obodonlashtirish boshqarmasi mahalliy davlat hokimiyati organlari qaroriga binoan tashkil etiladi, viloyatlarga (Qoraqalpogʻiston Respublikasida – respublikaga) boʻysunuvchi shaharlar va tumanlar hokimliklarining budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan muassasasi va mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Obodonlashtirish boshqarmasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga, viloyat, tuman va shahar hokimining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.
3. Obodonlashtirish boshqarmasi yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan dumaloq muhrga, shtamplar va blankga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining hududiy boʻlinmalarida shaxsiy hisob raqamiga ega boʻladi.
II. Obodonlashtirish boshqarmasining vazifalari va funksiyalari
4. Shaharsozlik hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha ishlarni, shu jumladan quyidagi ishlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish Obodonlashtirish boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
koʻchalar, skverlar, xiyobonlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa koʻkalamzor zonalarni koʻkalamzorlashtirish, dov-daraxtlarni parvarish qilish boʻyicha agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish, ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish;
yoʻl-koʻprik xoʻjaligini (koʻchalar, yoʻlaklar qatnov qismining yoʻl qoplamasi, bekat koʻtarmalari, yer osti oʻtish joylari, koʻpriklar, transport chorrahalari va yoʻl oʻtkazgichlar, yon bordyurlar, suv chiqarib yuborish tarmoqlari va boshqa sunʼiy inshootlar) saqlash, mukammal va joriy taʼmirlash;
xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini saqlash, mukammal va joriy taʼmirlash;
Keyingi tahrirga qarang.
drenaj xoʻjaligini (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, sunʼiy havzalar, yer osti va yomgʻir suvlarini haydaydigan nasos stansiyalari) va favvoralarni saqlash, mukammal, joriy taʼmirlash va ulardan foydalanish boʻyicha boshqa ishlar;
elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda yoʻllar va koʻchalarning tashqi yoritish tarmoqlarini saqlash, mukammal va joriy taʼmirlash hamda ulardan foydalanish boʻyicha boshqa ishlar;
nazoratsiz, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda tutish va davlat veterinariya boʻlimlariga olib kelish;
Keyingi tahrirga qarang.
ekologiya meʼyorlariga, sanitariya, shaharsozlik meʼyorlari va qoidalariga hamda boshqa meʼyorlar va qoidalarga muvofiq dafn etish joylari (qabristonlar) va qabr ustiga oʻrnatilgan yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish;
mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Obodonlashtirish boshqarmasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
yashil dov-daraxtlarni parvarish qilish (daraxtlar va butalarga shakl berish, yashil dov-daraxtlarni sugʻorish, oʻsimliklar novdalariga suv purkash, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash, begona oʻtlarga qarshi kurashish, oʻsimliklarni kasalliklar va zararkunandalardan kimyoviy va biologik himoya qilish hamda boshqa agrotexnika tadbirlari va ishlarini amalga oshirish);
obodonlashtirish obyektlarining texnik holatini har yili koʻzdan kechirish va baholash, ularning natijalari boʻyicha kamchiliklar dalolatnomalarini hamda mukammal va joriy taʼmirlashning manzilli roʻyxatlarini tuzish;
loyiha-smeta hujjatlariga va belgilangan tartibda tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini mukammal va joriy taʼmirlashni amalga oshirish yuzasidan pudrat shartnomalari tuzish;
loyiha-smeta hujjatlariga va belgilangan tartibda tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga muvofiq oʻz kuchlari bilan hamda ixtisoslashgan pudrat tashkilotlari tomonidan bajariladigan obodonlashtirish obyektlarini mukammal va joriy taʼmirlashning bajarilishi yuzasidan nazoratni va texnik nazoratni amalga oshirish;
obodonlashtirish obyektlarining muddatidan oldin eskirishi va buzilishining oldini olish hamda ularni ish holatida saqlash boʻyicha profilaktika tadbirlarini tashkil etish;
bayramlarga, madaniy va siyosiy tadbirlarga, xorijiy mehmonlar va delegatsiyalarning kelishiga tayyorlash davrida shaharlar va tumanlar koʻchalarini, maydonlarini bezatish;
yoritqichlardagi elektr chiroqlarini, ishdan chiqqan nur taratgichlarni almashtirish, koʻchalar, yoʻlkalar, hududlarning yoritilganlik darajasini oʻlchash, yoritqichlarni oʻz vaqtida yondirish va oʻchirish, tashqi yoritish elektr tarmoqlarini, uskunalar va inshootlarni ularning soz holatdaligi yuzasidan nazorat qilish va texnik koʻrikdan oʻtkazish;
koʻchalar va boshqa joylarda tutilgan nazoratsiz, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni vaqtinchalik saqlash uchun maxsus joylar tashkil etish;
odamlar va hayvonlarga jarohat yetkazgan yoxud ularga kutilmaganda xuruj qilgan hayvonlarni keyinchalik karantin qilish uchun davlat veterinariya boʻlimlariga topshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
hayvonlarning quturishi sodir boʻlgan taqdirda tegishli davlat veterinariya boʻlimlari bilan birgalikdagi ishlarni tashkil etish, shuningdek nobud boʻlgan hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etgan holda zararsizlantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
qabristonlar hududida zarur tartib va tozalikni taʼminlash, fuqarolarga (tashkilotlarga) ularning buyurtmanomalariga binoan dafn etish uchastkalarini bepul taqdim etish, vafot etganlarni qabrlarni qazish norma va qoidalariga rioya etgan holda dafn etish, fuqarolarning qabristonda koʻrsatiladigan xizmatlarga buyurtmalarini bajarish;
yigʻishtirish-tozalash (supurish, sugʻorish, yuvish, changlarni, qorlarni, muzlarni yoʻqotish, irrigatsiya xoʻjaligi obyektlarini mexanik tozalash va koʻchalarni tozalash-yuvish, eskirgan (qurigan), qirqilgan daraxtlar, shox-shabbalar va barglarni yoʻqotish) ishlari kompleksini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarni, avtomatlashtirish va kichik mexanizatsiya vositalarini joriy etish tadbirlarini ishlab chiqish;
Obodonlashtirish boshqarmasi obyektlarida tovar-moddiy boyliklar va elektr energiyasidan oqilona foydalanilishini, unga ajratilgan budjet mablagʻlarini sarflashning samaradorligi va oshkoraligini, ularning hisobga olinishini, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotlar topshirilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
sunʼiy inshootlarda ishlarni olib borishga texnik ruxsatnoma berish, shuningdek qurilayotgan sunʼiy inshootlar va yer ostidan oʻtadigan umumiy muhandislik kollektorlarining holati yuzasidan texnik nazoratni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Obodonlashtirish boshqarmasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatini tashkil etish
6. Obodonlashtirish boshqarmasiga mahalliy davlat hokimiyati tegishli hududiy organining qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Boshliq:
yakkaboshchilik asosida Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Obodonlashtirish boshqarmasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda Obodonlashtirish boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻrinbosarning, boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatining alohida boʻlimlari (uchastkalari)ga rahbarlik qilish yuzasidan javobgarligi darajasini belgilaydi;
Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining bajarishi uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
shtatlar roʻyxatini tasdiqlaydi, zarurat boʻlganda, Obodonlashtirish boshqarmasi tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash fondi, shuningdek Obodonlashtirish boshqarmasi xarajatlari smetasi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi, keyinchalik ularni tegishli moliya organida roʻyxatdan oʻtkazadi;
xodimlarni belgilangan tartibda ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi, mehnat shartnomalariga (kontraktlariga) oʻzgartirishlar kiritadi va ularni toʻxtatadi;
Obodonlashtirish boshqarmasi nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi va uning manfaatlarini himoya qiladi, oʻz vakolati doirasida shartnomalar tuzadi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Boshliq oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Obodonlashtirish boshqarmasi manfaatlarini koʻzlab harakat qiladi hamda Obodonlashtirish boshqarmasiga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan barcha talablarning qondirilishi, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ehtiyojlarga pul mablagʻlarining oʻtkazilishi, oʻzining xatti-harakati (harakatsizligi) bilan Obodonlashtirish boshqarmasiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan Obodonlashtirish boshqarmasiga berilgan mol-mulk yoʻqolganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Obodonlashtirish boshqarmasining moliya-xoʻjalik faoliyati
9. Obodonlashtirish boshqarmasining faoliyati:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, har yili mahalliy budjetlar parametrlarida nazarda tutiladigan mablagʻlar;
quyidagilardan:
faoliyat sohasi boʻyicha pulli asosda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishdan;
vaqtinchalik foydalanilmayotgan binolar va davlatning boshqa mol-mulkini oʻzga tashkilotlarga ijaraga berishdan;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatiladigan xayriya yordamidan olinadigan qoʻshimcha daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Budjet mablagʻlarini obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun Obodonlashtirish boshqarmasining boʻlimlari (uchastkalari) boʻyicha taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining funksional klassifikatsiyasiga muvofiq, tasdiqlangan mahalliy budjet parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
11. Hisobga olishni, statistik va moliyaviy hisobotlarni yuritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Yakunlovchi qoidalar
12. Obodonlashtirish boshqarmasi hisobot davri tugagandan keyin vakolatli organlarga roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy hisobotlarni va boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatini nazorat qilish mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Obodonlashtirish boshqarmasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organining qarori bilan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Nukus shahar va viloyat markazlari boʻlgan shaharlar obodonlashtirish boshqarmalarining
namunaviy tuzilmasi
Izoh. Ishlab chiqarish xodimlari soni bajariladigan ishlar hajmiga koʻra belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Viloyatlarga (Qoraqalpogʻiston Respublikasida — respublikaga) boʻysunuvchi shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining
namunaviy tuzilmasi
Izoh. Ishlab chiqarish xodimlari soni bajariladigan ishlar hajmiga koʻra belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Toshkent shahar tumanlari obodonlashtirish boshqarmalarining
namunaviy tuzilmasi
Izoh. Ishlab chiqarish xodimlari soni bajariladigan ishlar hajmiga koʻra belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 26-modda, 33-son, 440-modda, 49-son, 632-modda; 2014-y., 45-son, 549-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son; 06.03.2020-y., 09/20/125/0260-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.10.2024-y., 09/24/665/0838-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 27.12.2025-y., 07/25/387/1225-son; 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son; 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)