Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishni hisobga olgan holda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 21-martdagi PQ-1730-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek elektron shaklda maʼlumotlarning toʻliq ayirboshlanishini, soʻrovlarni rasmiylashtirish tartibotlarini jadallashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida davlat organlari bilan tadbirkorlik subyektlari va aholining oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirishni taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda Yagona portal deb ataladi) Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan “bir darcha” rejimida faoliyat koʻrsatadi.
2. Yagona portal:
jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xizmatlari va funksiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishni;
foydalanuvchilarga elektron shaklda maʼlumotlar ayirboshlash, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining integratsiyalangan interaktiv davlat xizmatlaridan, shu jumladan pulli asosda foydalanishning yagona nuqtasi orqali soʻrovlarni rasmiylashtirish imkoniyatlari berilishini;
jismoniy va yuridik shaxslarning Yagona portal faoliyati bilan bogʻliq soʻrovlari va murojaatlarini hisobga olish, shu jumladan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish sifati monitoringi olib borilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. 2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
Yagona portal orqali davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari yigʻma reyestrini (keyingi oʻrinlarda Yigʻma reyestr deb ataladi) bir oy muddatda tasdiqlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
uch oy muddatda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich interaktiv davlat xizmatlariga oʻtkazish va Yigʻma reyestrga kiritishning aniq muddatlarini belgilagan holda davlat xizmatlari roʻyxatini tasdiqlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
yangi interaktiv davlat xizmatlarini Yigʻma reyestrga kiritish hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilash ishlarining ahvoli toʻgʻrisidagi masalalarni oʻz majlislarida muntazam ravishda koʻrib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishga oʻtish boʻyicha normativ-metodik rahbarlikni taʼminlasin;
2013-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda Yagona portalni ishlab chiqsin va Internet tarmogʻida ishga tushirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
har yili 1-dekabrgacha 2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasiga Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishning holati toʻgʻrisida hisobot va Yigʻma reyestr roʻyxatini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha takliflar kiritsin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
5. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Keyingi tahrirga qarang.
Yagona portalda Yigʻma reyestr tarkibiga kiradigan interaktiv davlat xizmatlari oʻz vaqtida ishga tushirilishini taʼminlasinlar;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlarda elektron shaklga oʻtishni taʼminlash yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qonun hujjatlarini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar koʻrsinlar.
6. Belgilansinki, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va masʼul ijrochilari interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish va koʻrsatish, shuningdek ularning oʻz vaqtida va toʻliq koʻrsatilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-dekabr,
378-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisida
Nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi ushbu Nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 23-avgustdagi 181-son, “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 17-dekabrdagi 259-son qarorlariga muvofiq interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishda aholi va tadbirkorlik subyektlarining (keyingi oʻrinlarda foydalanuvchilar deb ataladi) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi oʻrinlarda davlat organlari deb ataladi) bilan oʻzaro hamkorligi shartlari va tartibini belgilaydi.
2. Yagona portal davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan, shu jumladan pulli asosda koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
3. Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish ushbu Nizomga muvofiq roʻyxatga olish va avtorlashtirish tartibotidan oʻtgan arizachilar uchun amalga oshiriladi.
4. Davlat tili Yagona portalning asosiy muloqot tili hisoblanadi, shuningdek rus, ingliz tillari va boshqa tillardagi versiyalari ham boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yagona portalning axborot va texnik kuzatuvi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzinfokom” markazi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
II. Asosiy tushunchalar
6. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalar qoʻllaniladi:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) — foydalanuvchilarning interaktiv davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan erkin foydalanishini, shuningdek elektron shaklda davlat xizmatlari koʻrsatishni taʼminlovchi Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalidagi maʼlumot-axborot portali;
foydalanuvchining shaxsiy kabineti — interaktiv davlat xizmatlari olishda davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlar uchun oʻzida foydalanuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan shaxsiy maʼlumotlar, mavjud boʻlgan Yagona portaldagi elektron resurs.
III. Yagona portalning maqsadi va vazifalari
7. Yagona portal foydalanuvchilar tomonidan interaktiv davlat xizmatlaridan, shu jumladan pulli asosda erkin foydalanish maqsadida tashkil etilgan.
8. Yagona portalning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
foydalanuvchilarga davlat organlariga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;
foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;
foydalanuvchilarning davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish;
davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;
“elektron hukumat”ni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda koʻmaklashish.
9. Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchining shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun moʻljallangan.
IV. Yagona portaldan erkin foydalanishga ruxsatnoma berish shartlari va tartibi
10. Yagona portaldan erkin foydalanishga ruxsatnoma foydalanuvchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi.
11. Jismoniy shaxslar (ariza va pasport asosida) va yuridik shaxslar (ariza va roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida) uchun shaxsiy kabinetdan erkin foydalanish uchun ruxsatnoma:
“Oʻzinfokom” markazi va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Kompyuterlashtirish markazi tomonidan bir ish kun mobaynida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi kompyuterlashtirish markazlari tomonidan ikki ish kuni mobaynida beriladi.
12. “Oʻzinfokom” markazi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi kompyuterlashtirish markazlari foydalanuvchining tashabbusiga koʻra Yagona portaldan erkin foydalanishni bekitib qoʻyish yoki yopib qoʻyish huquqiga egadir.
13. Foydalanuvchi oʻzi toʻgʻrisidagi har qanday maʼlumotlar oʻzgarganda besh kun muddatda bu haqda “Oʻzinfokom” markazi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi kompyuterlashtirish markazlari masʼul shaxsiga xabar berishi shart.
V. Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish
14. Yagona portal orqali foydalanuvchiga bir tomonlama va ikki tomonlama shakldagi interaktiv davlat xizmatlari, shuningdek davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan tranzaksion xizmatlar koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Interaktiv davlat xizmatlari Yigʻma reyestri (keyingi oʻrinlarda Yigʻma reyestr deb ataladi) 2013—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
16. Yigʻma reyestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy tartibda Yagona portal orqali berilishi kerak.
VI. Murojaatlarni berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
17. Foydalanuvchilar shaxsiy kabinet orqali oʻz murojaatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va davlat organlariga (keyingi oʻrinlarda Oluvchi deb ataladi) yuborishlari mumkin. Murojaat bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hamda murojaatlarda qoʻyilgan masalalarni hal etish vakolatiga kiradigan bir nechta davlat organlariga yuborilishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
171. Foydalanuvchilarning shaxsiy kabineti orqali Oluvchiga yuboriladigan murojaatlari elektron raqamli imzo va ularni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlar bilan tasdiqlanishi kerak.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
18. Foydalanuvchi oʻz murojaatiga: murojaat shakli toʻldirilganda koʻrsatilgan pochta manziliga elektron shaklda – elektron pochta manziliga yoxud yozma ravishda javob olish turini tanlash imkoniyatiga ega.
Shaxsiy kabinetdan murojaat olingandan keyin uni koʻrib chiqish ishlari yozma murojaatlar uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Foydalanuvchiga uning murojaatiga elektron tarzdagi javob rahbarning yoki Oluvchining boshqa mansabdor vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi kerak.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
19. Murojaat oluvchi majburiy tartibda foydalanuvchiga murojaat elektron shaklda qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma joʻnatadi.
20. Quyidagilar foydalanuvchining shaxsiy kabinet orqali tushgan murojaatini koʻrib chiqishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiq va maʼnosi boʻlmagan takliflar va shunga oʻxshash murojaatlar);
murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud boʻlgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar boʻlmagan murojaatlar.
Oluvchi tomonidan murojaatni koʻrib chiqish rad etilganda bir ish kuni mobaynida murojaatni koʻrib chiqishni rad etishning asoslangan sabablari koʻrsatilgan holda foydalanuvchiga elektron shaklda rad etish toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
21.Foydalanuvchi tomonidan shaxsiy kabinet orqali yuborilgan murojaat unda koʻrsatilgan masalalarni hal etish vakolatiga kirmaydigan davlat organlariga tushganda, besh kun muddatdan kechikmasdan tanlangan xabar berish turiga asosan bu toʻgʻrida foydalanuvchini xabardor qilgan holda tegishli organga yuboriladi.
VII. Murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi
22. Shaxsiy kabinet orqali berilgan murojaat majburiy qabul qilinishi va koʻrib chiqilishi kerak, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunda ushbu murojaat Oluvchining elektron pochtasiga kelib tushgan sana murojaat qabul qilingan sana hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Oluvchiga shaxsiy kabinet orqali kelib tushgan foydalanuvchining murojaati Oluvchi yoki murojaatlarni koʻrib chiqish vazifasi yuklangan mansabdor shaxs tomonidan koʻrib chiqiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Qonunda nazarda tutilgan hollarda Oluvchi murojaatni koʻrmay qoldiradi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
25. Yagona portalda “Koʻpincha beriladigan savollar” boʻlimi tashkil etiladi. Ushbu boʻlimni shakllantirish va saqlash uchun javobgarlik Oluvchiga yuklatiladi.
26. Foydalanuvchining murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlari:
Oldingi tahrirga qarang.
takliflar — Oluvchiga kelib tushgan kundan boshlab bir oygacha muddatda, qoʻshimcha oʻrganishlar talab qilinadigan takliflardan tashqari, bu toʻgʻrida taklif kiritgan Foydalanuvchiga oʻn kun muddatda xabar beriladi;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
arizalar yoki shikoyatlar — Oluvchiga kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun mobaynida masalani mohiyati boʻyicha hal etilishi, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha hujjatlar soʻrab olish talab qilingan taqdirda esa — bir oygacha muddatda hal etilishi shart.
(26-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
27. Foydalanuvchining jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy holatidan qatʼi nazar, murojaatni qabul qilish va koʻrib chiqishda kamsitish taqiqlanadi.
VIII. Nazorat va javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
29. Davlat organlari rahbarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari Yagona portal orqali koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishning asossiz rad etilganligi va xizmatlar sifatsiz koʻrsatilganligi uchun javob beradilar.
30. Foydalanuvchi notoʻgʻri maʼlumotlar berganligi, uydirma va haqoratlar boʻlgan murojaatlar uzatganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 62-modda):
a) 2-banddagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 3, 16, 17-bandlaridagi va 19-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 13-bandidagi va 19-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga” va “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasiga” va “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 8-son, 50-modda):
a) 2-banddagi, 3-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning 19 va 20-bandlaridagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
g) 2-ilovaning 38 — 40, 40-1 — 40-6, 45-bandlaridagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 17-dekabrdagi 259-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 12-son, 71-modda):
a) 2-banddagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovadagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda):
a) 2-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 72, 83 va 84-bandlaridagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovada:
12-banddagi “tegishli boʻlinmasiga” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi huzuridagi Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini axborot bilan taʼminlash va uni rivojlantirish guruhiga qadar” soʻzlari qoʻshilsin.
III boʻlimga quyidagi mazmundagi 121-band qoʻshilsin:
“121. Portalga axborotni joylashtirish tartibi:
axborot xizmati bir vaqtning oʻzida tashkilotning rasmiy veb-saytiga umumlashtirilgan axborotni, ushbu axborotga giperhavola esa — Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portalining Kontent bilan boshqarish tizimiga joylashtiradi;
Guruh tashkilotning veb-saytiga joylashtirilgan axborotga giperhavola Tizimga joylashtirilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida uni Portalning tegishli boʻlimlariga joylashtiradi”;
Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan axborotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Internet tarmogʻida Hukumat portaliga joylashtirish uchun axborotlarni taqdim etishning
NAMUNAVIY SXEMASI
NAMUNAVIY SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
g) 3-ilovaning 12-bandidagi hamda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan axborotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisida Nizomga ilovadagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 23-modda; 2015-y., 10-son, 113-modda; 2016-y., 23-son, 269-modda, 2017-y., 38-son, 1037-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2025-y., 09/25/54/0099-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)