Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 9-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2012-yil 5-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2012-yil 5-dekabrda maʼqullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi OʻRQ-907-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 16-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son)
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 41-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining oʻzlariga koʻrsatilgan xizmatlar, shu jumladan berilgan kreditlar yuzasidan banklar va boshqa moliya tashkilotlari oldidagi shartnoma majburiyatlarini tadbirkorlik tavakkalchiliklari hamda boshqa tijorat tavakkalchiliklari bilan bogʻliq holda bajarmaganligi banklar va boshqa moliya tashkilotlari xodimlarini jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻlmaydi”;
2) 661-moddaning birinchi qismidagi “1852-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish)” degan soʻzlar “180-moddasida (soxta bankrotlik), 181-moddasida (bankrotlikni yashirish), 1852-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish), 189-moddasida (savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish), 191-moddasida (qonunga xilof ravishda axborot toʻplash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 79-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Kodeksning 178 — 184, 185 — 1852, 189 — 192-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi ular davlatga juda koʻp zarar yetkazmaganda, ushbu Kodeksning 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida toʻrtdan bir qismi oʻtganidan keyin sud tomonidan olib tashlanishi mumkin”;
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
4) 183-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“183-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etmaslik yoki bila turib haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni taqdim etish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarlikni tugatish toʻgʻrisidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”;
5) 223-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻsha harakatlar:
a) chegarani yorib oʻtish yoʻli bilan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) chet elga chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinadigan mansabdor shaxs tomonidan;
d) Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi belgilangan tartibda cheklangan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa”;
6) sakkizinchi boʻlimdagi “ancha miqdor”, “ancha miqdordagi zarar”, “juda koʻp zarar”, “juda koʻp miqdor”, “koʻp boʻlmagan zarar”, “koʻp miqdor”, “koʻp miqdordagi zarar” atamalarining huquqiy maʼnosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ancha miqdor — eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlgan miqdor”;
“Ancha miqdordagi zarar — eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar”;
“Juda koʻp zarar — eng kam oylik ish haqining besh yuz baravari va undan ortiq boʻlgan miqdordagi zarar”;
“Juda koʻp miqdor — eng kam oylik ish haqining besh yuz baravari va undan ortiq boʻlgan miqdor”;
“Koʻp boʻlmagan zarar — eng kam oylik ish haqining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar”;
“Koʻp miqdor — eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha boʻlgan miqdor”;
“Koʻp miqdordagi zarar — eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 248-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda) 325-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jinoyat kodeksining 167, 170, 172, 173-moddalarida nazarda tutilgan va ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan yuridik shaxsga nisbatan uning xodimi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari faqat mazkur yuridik shaxs rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra qoʻzgʻatiladi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 61-modda:
uchinchi qismidagi “eng kam ish haqining besh baravaridan” degan soʻzlar “eng kam ish haqining oʻttiz baravaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mol-mulkini ularning xodimi tomonidan oʻgʻirlash, oʻzlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiisteʼmol qilish yoki firibgarlik yoʻli bilan sodir etilgan oz miqdorda talon-toroj qilish faqat mazkur korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi”;
2) quyidagi mazmundagi 1764-modda bilan toʻldirilsin:
“1764-modda. Taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga doir talablarni buzish
Yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yoʻlga chiqarish, —
transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Belgilangan tartibda yagona tanish belgilari bilan toʻliq jihozlangan taksilarning haydovchilari tomonidan mazkur belgilardan qasddan foydalanmaslik yoki ular shikastlanganligiga qaramay yoʻlovchilarni tashish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 178-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“178-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Monopoliyaga qarshi organga va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga axborot taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud ularga bila turib haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni taqdim etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarlikni tugatish toʻgʻrisidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olishda monopoliyaga qarshi talablarni buzish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 223-modda:
birinchi qismining dispozitsiyasi “vaqtincha yoki doimiy propiskasiz” degan soʻzlardan keyin “yoxud turgan joyi boʻyicha hisobda turmasdan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun masʼul boʻlgan shaxslarning fuqarolarning pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan yoxud vaqtincha yoki doimiy propiskasiz, turgan joyi boʻyicha hisobda turmasdan yashashiga yoʻl qoʻyishi, xuddi shuningdek fuqarolarning oʻz turar joylarida pasportsiz, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi boʻyicha hisobda turmagan shaxslar yashab turishiga yoʻl qoʻyishi”;
toʻrtinchi qismining dispozitsiyasi “vaqtincha yoki doimiy propiskasiz” degan soʻzlardan keyin “yoxud turgan joyi boʻyicha hisobda turmasdan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 245-moddaning birinchi qismi “1763” raqamidan keyin “1764” raqami bilan toʻldirilsin;
6) 249-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“249-modda. Davlat yongʻin nazorati organlari
Davlat yongʻin nazorati organlariga ushbu Kodeksning 84, 124, 211-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Davlat yongʻin nazorati organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo qoʻllashga quyidagilar haqli:
Oʻzbekiston Respublikasi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari — fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi hamda transportdagi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari — fuqarolarga eng kam ish haqining toʻrt baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — sakkiz baravarigacha miqdorda jarima solishga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi hamda transportdagi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlarining katta yordamchilari — fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravarigacha miqdorda jarima solishga;
tumanlar (shaharlar), oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi, transportdagi va jazoni ijro etish muassasalari yongʻin nazorati boʻyicha katta davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga;
tumanlar (shaharlar), oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi, transportdagi va jazoni ijro etish muassasalari yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektorlari — fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravarigacha miqdorda jarima solishga”;
7) 258-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ichki qoʻshinlar boshqarmasining bosh sanitariya vrachi va uning oʻrinbosarlari (sanitariya-epidemiologiya stansiyasi boshligʻi va katta epidemiolog-vrach)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 283-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar fuqaro oʻzi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga eʼtiroz bildirmasa hamda unga joyning oʻzida solinadigan jarimaning miqdori eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan oshmasa, yoʻl harakati qoidalarining buzilishi toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan esa faqat ushbu Kodeks 138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilmaydi”;
9) 287-moddaning:
1-bandidagi “1763, 183, 184, 1841, 1842, 1843, 185, 186, 187, 188, 189, 1891, 190, 191, 192, 194, 195, 198, 199, 201, 203, 204, 205, 209, 210, 218, 220, 224-moddalarida” degan soʻzlar “1763-moddasida, 1764-moddasining ikkinchi qismida, 183, 184, 1841, 1842, 1843, 185, 186, 187, 188, 189, 1891, 190, 191, 192, 194, 195, 198, 199, 201, 203, 204, 205, 209, 210, 218, 220, 224-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-bandidagi “chegara va ichki qoʻshinlarining” degan soʻzlar “va chegara qoʻshinlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8-bandidagi “1763, 1861, 198-moddalarida” degan soʻzlar “1763-moddasida, 1764-moddasining ikkinchi qismida, 1861, 198-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 291-modda:
“a” bandidagi “126, 131, 135, 1351-moddalarida” degan soʻzlar “126-moddasida, 1286-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi boʻlmasa va toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarining buzilishi yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa), 131, 135, 1351-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“b” bandidagi “chegara qoʻshinlari va ichki qoʻshinlarning” degan soʻzlar “va chegara qoʻshinlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini (Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining va chegara qoʻshinlarining transport vositalaridan tashqari) saqlab turish joylariga olib borish, joylashtirish va saqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 496-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 3-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “kredit uyushmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 17-moddaning:
yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar uchun iqtisodiy normativlarni hamda banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun moliyaviy va kassa operatsiyalarini oʻtkazish, buxgalteriya hisobi hamda hisobotini yuritish qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishini koʻrib chiqadi”;
sakkizinchi xatboshisidagi “kredit uyushmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) VIII boʻlimning nomidagi “KREDIT UYUSHMALARI” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 50-moddaning:
nomi va birinchi qismidagi “kredit uyushmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy bank banklarni, kredit byurolarini roʻyxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, kredit byurolari faoliyatini va qimmatli qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.
Banklarni, kredit byurolarini roʻyxatga olish, banklarga, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziya berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Berilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi axborot eʼlon qilinishi, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi kerak hamda tanishib chiqish uchun ochiqdir”;
toʻrtinchi qismidagi “kredit uyushmalari” degan soʻzlar “banklar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 51-modda:
birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “kredit uyushmalari va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismining ikkinchi, toʻrtinchi, sakkizinchi, oʻninchi xatboshilaridagi “kredit uyushmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oltinchi qismidagi “kredit uyushmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
6) 52-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Markaziy bank mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun majburiy iqtisodiy normativlarni belgilaydi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
7) 53-moddaning:
toʻrtinchi qismidagi “kredit uyushmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Mikrokredit tashkilotlari, ularning filiallari, shuningdek lombardlar tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, Markaziy bank:
mikrokredit tashkilotidan ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan bir foizgacha jarima undirishga;
lombarddan belgilangan eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima undirishga haqlidir.
Banklarga, mikrokredit tashkilotlariga, lombardlarga va kredit byurolariga, shuningdek qimmatli qogʻozlar blankalari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan choralar hamda sanksiyalar qoʻllash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar) 868-moddasining ikkinchi qismidagi “monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 12-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son)
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi 717–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 9-modda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyekti tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliya va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik subyektining faoliyati toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlarni oʻrganish hamda tahlil etish asosida oʻtkaziladigan kameral nazorat natijalari boʻyicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin”;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
2) quyidagi mazmundagi 102-modda bilan toʻldirilsin:
“102-modda. Tadbirkorlik subyektini rejali tekshiruv oʻtkazish boshlanishi haqida xabardor qilish
Nazorat qiluvchi organ rejali tekshiruv oʻtkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni oʻtkazish boshlanishidan kamida oʻttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik subyektini tekshiruvdan oʻtkazish muddatlari va predmetini koʻrsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart”;
3) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nazorat tartibida tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli organ belgilagan tartibda bir ish kuni ichida amalga oshiriladi”;
4) 18-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining aʼzosi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati subyektlari soʻroviga koʻra mazkur birlashmalar vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin”.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi 719–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 10-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 9-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining” degan soʻzlar “raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 13-moddaning ikkinchi qismidagi “monopol holatni” degan soʻzlar “ustun mavqeni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-1015-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 56-moddaning:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Koʻchmas mulkni, shu jumladan yer uchastkasini, qurilishi tugallanmagan obyektlarni, koʻchmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqlarini, yer uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish rieltorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositalarini, intellektual faoliyat natijalariga va shaxsiylashtirish vositalariga boʻlgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu qismda koʻrsatilgan mol-mulkni realizatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ochiq auksion savdolarida amalga oshiriladi”;
toʻrtinchi qismidagi “va birjalarni” degan soʻzlar “shuningdek rieltorlik tashkilotlarini va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 63-moddaning:
birinchi qismidagi “birjalar tomonidan” degan soʻzlar “rieltorlik tashkilotlari va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “birja” degan soʻz “rieltorlik tashkiloti va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi 267–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda) 24-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tovar belgisi egasining harakatlari belgilangan tartibda insofsiz raqobat fakti deb topilgan taqdirda, tovar belgisiga doir guvohnoma uning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran uch yil ichida toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin”;
ikkinchi va uchinchi qismlar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1137-sonli Qonuniga asosan 15-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 22-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi 660–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 160-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 167-modda; 2009-yil, № 4, 139-modda) 12-moddasining ikkinchi xatboshisidagi “kredit uyushmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ–42-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 372-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda) 56-moddasining toʻrtinchi qismidagi “monopoliyaga qarshi qaratilgan qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ–163-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 354-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda) 39-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Emitent:
a) qimmatli qogʻozlar emissiya risolasini va emitentning yillik hisobotini barcha manfaatdor shaxslar tanishib chiqishi uchun taqdim etishi;
b) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga:
qimmatli qogʻozlar emissiya risolasining matni bilan tanishib chiqish joyi va tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan axborotni qimmatli qogʻozlarni joylashtirish boshlanishiga kamida ikki hafta qolganida, bundan qimmatli qogʻozlarni xususiy joylashtirish mustasno;
emitentning yillik hisobotini aksiyadorlarning yoki emitentning boshqa oliy boshqaruv organining yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilganidan keyin ikki hafta ichida;
emitentning birinchi chorak, birinchi yarim yil va toʻqqiz oy yakunlariga doir hisobotini hisobot oyidan keyingi bir oy ichida;
emitentning faoliyatidagi muhim fakt haqidagi xabarni u yuz bergan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni ichida joylashtirish yoʻli bilan oshkor qilishi shart”.
22-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi 355–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 65-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 356–II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 66-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-aprelda qabul qilingan “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ–29-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 155-modda);
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrda qabul qilingan “Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ–197-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda) 32-moddasi.
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
24-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-dekabr,
OʻRQ—345-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 1-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son; 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son; 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son; 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)