Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2025 29.12.2012 yildagi 367-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2025
Hujjat 05.04.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARI OʻQUVCHILARI OʻQISHINI KOʻCHIRISH, QAYTA TIKLASH VA OʻQISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini taʼminlash hamda taʼlim tizimida islohotlar doirasida belgilangan vazifalarni izchil va sifatli amalga oshirish, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy akademik litseylar oʻquvchilarini oʻqishdan chetlashtirish va boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I.Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
367-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367- son qaroriga
1-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining majburiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olish huquqini inobatga olgan holda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻquvchilarning oʻqishini bir oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasidan boshqasiga koʻchirish, shuningdek ilgari oʻqishdan chetlashtirilgan oʻquvchilarni oʻqishga qayta tiklash, qoidaga koʻra, yozgi taʼtil davrida, tegishli kurs (semestr)da oʻquv mashgʻulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining tayyorlov yoʻnalishlari, kasblar va ixtisosliklar tasniflagichiga muvofiq (keyingi oʻrinlarda — Tasniflagich deb yuritiladi) bir tayyorlov yoʻnalishi doirasida oʻquvchilar oʻqishini bir taʼlim muassasasi doirasida koʻchirish ushbu oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bir mintaqa (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) doirasida oʻquvchilar oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tasarrufidagi bir oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasidan Tasniflagichning bir bilim sohasi ichidagi boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tegishli hududiy boshqarmasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagi hollarda oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi ruxsati bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa davlatlarning taʼlim muassasalarida tahsil olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining oʻqishini respublika oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga koʻchirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilarini ota-onalari bilan birgalikda doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketishi munosabati bilan oʻqishdan chetlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻquvchilarni bir mintaqadagi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalaridan boshqa mintaqalarning (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga koʻchirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bir hudud doirasida oʻquvchilarni bir oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalaridan turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi boshqa oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasiga koʻchirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻquvchilarni Tasniflagichga muvofiq bir bilim sohasidan boshqa bilim sohasiga koʻchirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilarini boshqa vazirliklar (idoralar)ning oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalariga koʻchirish va qayta tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan vazirliklar (idoralar) bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻquvchilarni koʻchirish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi barcha arizalar bevosita oʻquvchilar oʻqiyotgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrib chiqish oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktori vakolatiga kiradigan arizalar 20-avgustga qadar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi vakolati doirasida koʻrib chiqiladigan arizalar 1-avgustga qadar qabul qilinadi va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi tomonidan hududiy viloyat boshqarmalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi vakolati doirasida koʻrib chiqiladigan arizalar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy viloyat boshqarmalari tomonidan rasmiy xat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻquvchilarning oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklashda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktori tomonidan oʻquv rejalari va dasturlarga fanlar boʻyicha farqlarni yoki qarzlarni topshirish tartibi va muddatlari (ikki oydan ortiq boʻlmagan), shuningdek oʻquvchilarni oʻqitish kursi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻqishni koʻchirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻquvchilar oʻqishini bir oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasidan boshqasiga koʻchirishda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻquvchining yozma arizasi, oʻquvchi voyaga yetmagan boʻlsa uning ota-onasidan birining (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taʼlim muassasasining nomi, mutaxassislik, kurs, guruh koʻrsatilgan holda taʼlim muassasasining gerbli muhri bilan tasdiqlangan reyting daftarcha nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi ariza taʼlim muassasasi direktori, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi yoki Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan ariza berilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining yozma javobi tegishli oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasiga yuboriladi. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi olingan javob asosida ariza beruvchining va tegishli taʼlim muassasalarining manziliga xat yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasniflagichga muvofiq oʻquvchining bilimlarning bir sohasi ichida, bir mintaqa doirasida joylashgan taʼlim muassasasiga oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi tomonidan koʻrib chiqiladi, natijalar haqida ariza beruvchiga va taʼlim muassasalariga yozma xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchining oʻqishini koʻchirish toʻgʻrisida ijobiy qaror chiqarilganda oʻquvchini qabul qiluvchi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi 3 kun muddatda oʻquvchi tahsil olgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasiga oʻquvchining hujjatlarini joʻnatish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchi bungacha oʻqigan taʼlim muassasasi ushbu soʻrovnoma asosida 3 kun muddatda oʻquvchining hujjatlarini yangi oʻqish joyiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchining hujjatlar yigʻmajildi oʻquvchining oʻziga – ariza beruvchiga yoki uning ota-onalariga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga) berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchini qabul qiluvchi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktori qonunchilikda belgilangan tartibda 10 kun muddatda oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarishi shart.
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻqishni qayta tiklash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻquvchilarni oʻqishga qayta tiklash uchun oʻquvchi voyaga yetmagan boʻlsa uning ota-onasidan biri (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) chetlashtirish sabablarini koʻrsatgan holda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktori nomiga ariza berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻquvchining, oʻquvchi voyaga yetmagan boʻlsa uning ota-onasidan birining (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) oʻquvchini oʻqishga qayta tiklash haqidagi arizasi ariza berilgan kundan boshlab 15 kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻquvchini boshqa oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasiga oʻqishga qayta tiklashda u oldin oʻqigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining roziligi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻquvchi oldin oʻqigan tayyorlov yoʻnalishi toʻxtatilgan boʻlsa, uning xohishiga koʻra turdosh tayyorlov yoʻnalishiga oʻqishni tiklash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasi belgilangan davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻqishning taʼlim dasturini bajargan, biroq yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki undan oʻtmagan 3-bosqich oʻquvchilari Pedagogik kengash qarori asosida yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi faoliyat koʻrsatayotgan davrda 3 yil mobaynida yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 yil mobaynida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirmagan oʻquvchilar ushbu Nizomga muvofiq 3-bosqichda qayta oʻqish uchun ariza berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻquvchilar safidan chetlashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi oʻquvchilari quyidagi hollarda oʻqishdan chetlashtirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida) akademik taʼtil olganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻqishi boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) doimiy yashash uchun boshqa davlatga chiqib ketganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) vafot etganligi sababli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilarini bir yil takroran oʻqish uchun kursda qoldirish tartibi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Badiiy akademiya bilan kelishgan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan belgilanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻqishi koʻchirilgan yoki oʻqishga tiklangan oʻquvchilarning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildiga ariza, buyruq va belgilangan namunadagi reyting daftarcha nusxalari tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻquvchilarning oʻqishini koʻchirishda, ularni oʻqishga tiklash va oʻqishdan chetlashtirishda hujjatlarning ishonchliligi va toʻgʻri rasmiylashtirilganligi uchun javobgarlik oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktoriga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilarining oʻqishini koʻchirish, ularni oʻqishga tiklash va oʻqishdan chetlashtirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan barcha hujjatlar mansubligi boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining tegishli hududiy boshqarmalarida, oʻz tasarrufida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralarda belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish, ularni oʻqishga qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlganlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga yoki sud organlariga murojaat qilish huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2019-y., 07/19/4375/3424-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 6-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 25-son, 539-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son; 29.06.2019-y., 07/19/4375/3424-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)