Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1551-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 130-modda), “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 156-modda) qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 43-son, 493-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2006-yil 21-fevraldagi 39-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551, 2006-yil 13-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 11-son, 88-modda) bilan tasdiqlangan Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi ikkinchi xatboshisi “tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (komissiya raisi),” degan soʻzlardan keyin “tuman fermerlar kengashi,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Ushbu buyruq “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir Z. RUZIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-noyabr,
182-son
Kelishilgan:
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi F. OMONOV
2012-yil 28-noyabr,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 598-modda)