Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RANGLI METALLAR PARChALARI VA ChIQINDILARI EKSPORTINI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-sonli “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Rangli metallar ichki bozorini himoya qilish, vatanimizdagi ishlab chiqaruvchilarni xomashyo bilan taʼminlash maqsadida:
1. 1999-yil 15-fevraldan boshlab rangli metallar parchalari va chiqindilarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish taqiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnida berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Oʻzikkilamchiranglimetall” aksionerlik jamiyatiga har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan hajmlarda rangli metallar parchalari va chiqindilarini eksport qilish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi olib chiqib ketilishi taqiqlangan tovarlar, buyumlar va mahsulotlarning respublikadan tashqariga chiqarilishi chogʻida belgilangan tartibga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 5-fevral,
PF-2212-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 2-son, 51-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 375-modda; 2008-y., 14-15-son, 95-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 06/18/5300/0557-son)