Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 02.03.1998 yildagi PF-1933-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 02.03.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SANITARIYA QONUNLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIKNI KUChAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sanitariya nazorati tizimi faoliyatining roli va samaradorligini oshirish, yuqumli kasalliklar koʻpayishining oldini olish, respublika aholi yashash joylarining sanitariya-epidemiologiya holati uchun shaharlar va tumanlar hokimlari, korxonalar, muassasalar, oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlari va fuqarolarning huquqiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, tumanlar va shaharlardagi aholi yashash joylarining sanitariya-epidemiologiya vaziyati uchun kommunal va sanitariya xizmatlari rahbarlari bilan birgalikda hokimlar shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sanitariya nazorati organlarining “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hududlarning sanitariya muhofazasi va kasalliklarning oldini olishga doir amalga oshiriladigan faoliyatiga toʻsqinlik qilish maqsadida ushbu organlarga har qanday taʼsir koʻrsatish qatʼiy taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sanitariya qonunchiligi buzilganligi uchun shaharlar, tumanlar hokimlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari va fuqarolarning maʼmuriy javobgarligi kuchaytirilsin. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya qonunlari, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari buzilganligi yuqorida aytib oʻtilgan mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solinishiga olib keladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin qilingan kasalliklar yoki inson uchun xavfli boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi yoki tarqalishning oldini olish maqsadida belgilangan majburiy toʻlovlarning buzilishi mansabdor shaxslarga, eng kam oylik ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solinishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi jazo jarimalaridan tushuvchi mablagʻlardan foydalanish tartibini bir hafta muddatda tasdiqlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi jarimalar qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatlarda toʻlanmagan hollarda davlat sanitariya nazorati organlarining qarorlari bajarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya qonunchiligi va epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzilganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiquvchi qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vaziri aholi yashash joylarining sanitariya-epidemiologiya holatini yaxshilash, yuqumli kasalliklar bilan kasallanishning oldini olish, sanitariya qonunlari talablari bajarilishi uchun mahalliy hokimiyat organlari, kommunal xizmat va sanitariya nazorati organlarining javobgarligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatining faoliyati toʻgʻrisida maxsus telekoʻrsatuvlar va ruknlar joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, Epidemiyaga qarshi kurash respublika favqulodda komissiyasi raisi I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 2-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1933-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 42-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)