19.12.2012 yildagi 356-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasini yanada rivojlantirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar texnologiyalari davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 23-oktabrdagi PQ-1836-son qaroriga muvofiq, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish jarayonlarida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining rolini oshirish va ishtiroki koʻlamlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi boshqaruvi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi Kengashi tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 19-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
356-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb ataladi) aloqa, axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma davlat maqsadli jamgʻarmasi hisoblanib, oʻz balansiga, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamiga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga egadir.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻzining barcha aktivlari bilan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning mablagʻlari ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlashdan tushuvchi mablagʻlarning 50 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-yanvargacha abonent raqamidan foydalanganlik uchun haq toʻlashdan tushgan mablagʻlarning 15 foizi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-fevraldagi PQ-2791-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 8-son, 118-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-yanvardan boshlab abonent raqamidan foydalanganlik uchun haq toʻlashdan tushgan mablagʻlarning 70 foizi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa sohasida normativ-huquqiy hujjatlar talablari, standartlar, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, aloqa sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslardan jarima jazolari sifatida undiriladigan mablagʻlarning 45 foizi, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi uchun solinadigan iqtisodiy jazolar va jarimalar bundan mustasno;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq bank depozitlari shaklida va boshqa shakllarda joylashtirishdan tushgan daromadlar;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek xalqaro tashkilotlarning xayriya ehsonlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Jamgʻarmaning vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Jamgʻarmaning vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan manbalardan tushgan mablagʻlarni jamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Jamgʻarma hisob raqamlarida jamlangan mablagʻlardan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimlarini joriy etishni, maʼlumotlar uzatishning idoralararo tarmoqlarini tashkil etishni, “Elektron Hukumat” tizimlarini va qidirish tizimlarining milliy segmentini shakllantirish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borishni;
(5-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlarga muvofiq va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini hisobga olgan holda aloqa, televideniye va radioeshittirish sohasida telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmogʻining milliy segmentini shakllantirishni, turli yoʻnalishdagi zamonaviy mahalliy axborot resurslarini, shu jumladan aholining, ayniqsa yosh avlodning axborotga boʻlgan va intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun tarmoq resurslarini shakllantirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat axborot resurslari va maʼlumotlar bazasini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishning yagona tizimini ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor loyihalarni amalga oshirishni, normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy-tadqiqot ishlari va dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek ushbu sohada loyihalarni tayyorlash uchun tadqiqotlar oʻtkazishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, respublikaning butun hududida maʼlumotlarni uzatish milliy va xalqaro axborot tarmoqlaridan yuqori tezlikda foydalanish sohasida xizmatlarning yangi turlarini ishlab chiqish va joriy etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa, kompyuter va tarmoqli texnologiyalar, dasturlashtirish va elektron maʼlumotlar bazasini yaratish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishni, shuningdek kompyuter va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga asoslangan oʻqitish tizimini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot- kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini xodimlarni qoʻshimcha ravishda moddiy ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan;
(5-bandning “b” kichik bandi toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi telekommunikatsiya va axborot tizimlari ustidan boshqarish va nazorat qilish organlarini, shuningdek aloqa obyektlari davlat kadastri xizmatlari, elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish markazlari faoliyatini, terminologiya va lugʻatlarni, standartlashtirish boʻyicha bazaviy tashkilotlarni va bazaviy metrologik xizmatni, shuningdek axborotlashtirishni joriy etish va rivojlantirish boʻyicha mustaqil daromad manbaiga ega boʻlmagan xizmatlarni rivojlantirishga koʻmaklashishni;
(5-bandning “b” kichik bandi oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot va pochta xavfsizligi, telekommunikatsiya tarmoqlari tizimini, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish texnologiyalarini joriy etishni, zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq axborot va pochta xavfsizligini taʼminlash boʻyicha texnik infratuzilmani rivojlantirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov asosida tanlab olinadigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini rekonstruksiya qilish, ularni rivojlantirish va kompyuterlashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
efirga ruxsat berilmagan chiqishlarning va davlat tuzilmalari radio vositalariga toʻsqinlik qilishning oldini olish maqsadida radio chastota spektridan foydalanish ustidan davlat nazorati uchun maxsus nazorat-oʻlchov texnikasi sotib olish xarajatlarini qisman qoplashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining sifatli vositalarini va mahalliy dasturiy mahsulotlarni, shu jumladan ijtimoiy-koʻngilochar va taʼlim yoʻnalishidagi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda xizmatlar koʻrsatuvchi aloqa, radioeshittirish va televideniye tashkilotlariga vaqtincha moliyaviy yordam berishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qishloqlari va chekka aholi punktlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini maqsadli qayta jihozlash va yanada rivojlantirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatorlar va provayderlar tomonidan koʻrsatiladigan universal aloqa xizmatlarini rivojlantirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturlashtirish, tizimli maʼmuriyatchilik, kompyuter dizayni, animatsiyalar va axborot texnologiyalarining boshqa yoʻnalishlari boʻyicha tanlovlar, musobaqalar va bellashuvlar oʻtkazish yoʻli bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar faoliyatini ragʻbatlantirishni;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalar berilganligi, abonent raqamidan foydalanganlik uchun mobil aloqa operatorlari tomonidan toʻlanadigan toʻlov, aloqa sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan olingan jarima sanksiyalarining undirishdan tushgan mablagʻlar summasining 2 foizi miqdorida davlat boji Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratilishi boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirishda foydalanish.
(5-bandning “b” kichik bandi yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat sohasida davlat miqyosidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va qoʻllab-quvvatlash;
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-iyuldagi 583-sonli qaroriga asosan yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va qoʻllab-quvvatlash hamda uni yanada rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda zarurat boʻlganda Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi faoliyati.
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish dasturlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli roʻyxatga kiritilgan ustuvor loyihalarning amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarni jalb qilish, oʻzining IT-infratuzilmasini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining xodimlarini, shuningdek, davlat organlari boʻlinmalarining va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qaroriga asosan yigirma toʻrtinchi va yigirma beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish maqsadida “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasalarining joriy taʼminoti, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularning xodimlari mehnatini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha ajratiladigan xarajatlar hamda “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish.
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 409-sonli qaroriga asosan yigirma oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 09/20/409/0955-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma mablagʻlari faqat tegishli litsenziyalar asosida oʻz faoliyatini respublika hududida amalga oshiruvchi, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar yuridik shaxslarga, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida oʻquv, ilmiy-tadqiqot muassasalariga, tartibga solish, boshqarish organlariga hamda ushbu soha tashkilotlariga maʼlumotlar bazasini saqlash va shakllantirishning idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlarini joriy etish uchun berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar yilning har choragida Jamgʻarmadan olingan mablagʻlar ijrosi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarma mablagʻlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
begʻaraz moliyaviy qoʻyilmalar va grantlar, tasdiqlangan xarajatlar smetalari doirasida maqsadli begʻaraz moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus komissiyasi tanlovidan va Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”da ekspertizadan oʻtgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida rivojlantirish loyihalari uchun beriladigan qarzlar.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”da ochilgan kredit liniyasi orqali kreditlar shaklida ajratiladi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarma tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan ekspertizadan oʻtgan hamda Jamgʻarmaning tasdiqlangan budjetiga muvofiq Ochiq aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”da ochilgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini, radioeshittirish va televideniye vositalari va tarmoqlarini rivojlantirishning aniq loyihalariga ajratiladi hamda ushbu mablagʻlarga foydalanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladigan mablagʻlar uchun nazarda tutilgan soliq solish tartibi tatbiq etiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Jamgʻarmaning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarma quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning II boʻlimida belgilangan manbalardan tushuvchi mablagʻlarni oʻzining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlash;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarni aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tashkilotlar sarmoyasiga investitsiya qilish yoʻli bilan ulardan foydalanish, ularga Jamgʻarmaning aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” da ochilgan kredit liniyasi orqali kreditlar berish;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, mablagʻ bilan taʼminlashni toʻxtatib qoʻyish yoki qonun buzilishi aniqlangan taqdirda ajratilgan mablagʻlarni chaqirib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha boʻsh mablagʻlarni qisqa muddatli likvidli moliyaviy vositalar (depozitlar, qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar va hokazolar)ga joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarma mablagʻlarini joylashtirishga doir barcha operatsiyalar Jamgʻarma Kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Jamgʻarma budjeti doirasida Jamgʻarma Kengashi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarma Jamgʻarmaning mablagʻlarini aloqa vositalari va tarmoqlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish, maʼlumotlarni uzatish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, radioeshittirish va televideniyening aniq loyihalariga ajratishda shartlarni belgilashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamgʻarma savdo-vositachilik, lizing, trast, ipoteka operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek qarz mablagʻlarini jalb etish huquqiga ega emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarma qonunchilikka muvofiq ushbu Nizomda nazarda tutilgan faoliyatni taʼminlash uchun Jamgʻarma Kengashining qarorlariga muvofiq mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga egadir.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Jamgʻarmaning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resurslardan samarali foydalanilishini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlar tushumi va sarflanishi hisobi va hisobotini yuritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tugagan davr uchun Jamgʻarma faoliyati toʻgʻrisida yoyma hisobot taqdim etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa xizmatlarining barcha turlarini rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmaklashishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yilning 1-dekabridan kechikmay choraklar, tushum manbalari va xarajatlar yoʻnalishlari boʻyicha navbatdagi yilga prognoz budjetni tuzishga hamda uni Jamgʻarma Kengashi tasdiqlashi uchun kiritishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir kalendar chorakdan keyin yigirma kun mobaynida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tugagan chorak uchun moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etishga majburdir.
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Jamgʻarmani boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamgʻarma Kengashi Jamgʻarmani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi 380-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/380/1262-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma Kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Jamgʻarma Kengashining raisi hisoblanadi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi 380-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/380/1262-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma Kengashi raisi va aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamgʻarma Kengashi mablagʻlardan, shu jumladan foydadan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari va shartlarini belgilaydi, Jamgʻarma budjetini koʻrib chiqadi va mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisida Jamgʻarma direktorining hisobotini eshitadi, shuningdek zaruriyat boʻlganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Jamgʻarma boshqaruv apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamgʻarma Kengashi majlislari bir chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga va Jamgʻarma Kengashi qarorlari bajarilishiga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan hamda lavozimga Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan direktor boshchiligidagi direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamgʻarma direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamgʻarmaga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma xodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, muassasalar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar oldida Jamgʻarma manfaatlarini ifodalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar bilan Jamgʻarma faoliyatiga tegishli shartnomalarni tuzadi, Jamgʻarma nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtat roʻyxatini, Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga Jamgʻarma apparati taʼminotiga xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlash uchun Jamgʻarma Kengashiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozim yoʻriqnomalarini va Jamgʻarmaning boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma nomidan daʼvo arizalari beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga va qonunchilikka muvofiq boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
(19-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tugatiladi va qayta tashkil etiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining boshqaruv apparati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 13 kishi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulardan: boshqaruv xodimlari — 10 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamchi xodimlar — 3 kishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qaroriga
4 -ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Kengashining shaxsiy tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 4-noyabrdagi 490-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 9-son, 53-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek qarorga 2 va 3-ilovalar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 11-noyabrdagi 499-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 5-modda) ilovaning 31-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) 3-ilovaning 20-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-apreldagi PQ-1087-son qarori)” 2009-yil 11-iyundagi 159-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 44-modda) 1-ilova 3-bandining “a” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 2-ilovaning 9-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 23-maydagi 143-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 11-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 51-son, 577-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda, 52-son, 646-modda; 2017-y., 8-son, 118-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son, 24.05.2018-y., 09/18/380/1262-son, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son, 11.10.2018-y., 09/18/817/2033-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son, 26.06.2020-y., 09/20/409/0955-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 11.07.2025-y., 09/25/425/0597-son)