16.11.2012 yildagi 576-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan takdim etilgan Budjetnomani hamda muhokama qilish davomida Qonunchilik palatasi deputatlarining fikr-mulohazalari va takliflari hisobga olingan holda maromiga yetkazilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjeti loyihasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjeti hamda shu davrga moʻljallangan soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilangan holda qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning yuksak surʼatlarda barqaror oʻsishini hamda aholi farovonligi va turmush darajasini oshirishga qaratilgan makroiqtisodiy barqarorlikning yanada mustahkamlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarishlarning ildam rivojlanishini taʼminlash orqali iqtisodiyotdagi tuzilmaviy oʻzgarishlarni chuqurlashtirish hamda uni diversifikatsiya qilish, xalqaro sifat standartlariga javob beruvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan yangilash jarayonlarini jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida kelib tushishi, berilgan imtiyozlar hamda preferensiyalar hisobiga xoʻjalik yurituvchi subyektlar tasarrufida qoladigan mablagʻlardan oqilona va samarali foydalanilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllari va temir yoʻl kommunikatsiyalari, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarning amalga oshirilishini jadallashtirish hisobiga transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarining rivojlantirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklari faoliyatini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi turar joy shaharchalari barpo etish yoʻli bilan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurish dasturini bajarish, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, kasanachilikning turli shakllarini kengaytirish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning bitiruvchilarini ishga joylashtirish hisobiga 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi soʻzsiz bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, ijtimoiy nafaqalar va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatishni oʻz vaqtida moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi xamda ushbu mablagʻlarning asossiz sarflanishini bartaraf etish chora-tadbirlari koʻrilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inflatsiyaning belgilangan eng yuqori darajadan oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, bunda Davlat budjeti taqchilligi respublika budjetining boʻsh qolgan qoldiq mablagʻlari va boshqa noinflatsiyaviy manbalar hisobiga moliyalashtirilishini nazarda tutish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Davlat budjetining parametrlari soʻzsiz bajarilishini, mahalliy budjetlarning xarajatlari sifatli rejalashtirilishi va oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlasin, budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 16-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
576-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 11-son, 309-modda)