04.05.2001 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan
Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VA ROSSIYA FEDERATSIYASI OʻRTASIDAGI IQTISODIY HAMKORLIK BOʻYIChA HUKUMATLARARO KOMISSIYA TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 30-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida Shartnomaga, 1998-yil 12-oktabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida 1998—2007-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida Shartnomaga, shuningdek boshqa ikki tomonlama shartnomalarga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquq, tenglik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro foyda tamoyillari asosida har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, insonparvarlik va boshqa sohalarda Oʻzbekiston—Rossiya hamkorligining samaradorligini oshirish zaruratini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya tuzadilar (bundan keyin Komissiya).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2- modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari boʻlib hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va insonparvarlik hamkorligini rivojlanishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston—Rossiya hamkorligining ahvolini tahlil qilish, uning ustuvor yoʻnalishlarini va oʻzaro harakat shakllarini mukammallashtirish yoʻllarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida tuzilgan xalqaro shartnoma va boshqa ikki tomonlama kelishuvlarning, jumladan Komissiya yigʻilishlarida qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama davlatlararo, hukumatlararo va muassasalararo loyihalarni tayyorlash boʻyicha Tomonlar davlatlarining vazirlik, muassasa va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va insonparvarlik hamkorligining dasturlarini tayyorlash va muvofiqlashtirish, shuningdek ularni amalga oshirish boʻyicha kelishilgan choralarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yigʻilishlarini tayyorlash va oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya, zarurat boʻlgan holda, ikki tomonlama hamkorlikning alohida yoʻnalishlari boʻyicha uning rahbarligida oʻz faoliyatini amalga oshiradigan kichik komissiyalar va ishchi guruhlarini tashkil qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muntazam yigʻilishlar, shuningdek kichik komissiyalar va ishchi guruhlarining oʻzaro maslahatlashishlari Komissiya ishining asosiy shakli boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya faoliyatining ishchi tili boʻlib rus tili hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishining tartibi Komissiya yigʻilishlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorlari konsensus asosida qabul qilinadi va Komissiya yigʻilishining bayonnomasi imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi. Tomonlar davlatlarini vakolatli organlarining maʼqullashi talab qilinadigan qarorlar Tomonlar ularning maʼqullashlari toʻgʻrisida yozma ravishdagi xabarnomani olgan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4- modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ikkita milliy qismdan — Oʻzbekiston qismidan va Rossiya qismidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaga Oʻzbekiston va Rossiya qismlarining raislari boshchilik qiladilar. Komissiya milliy qismlarining raislari va tarkibini Tomonlar oʻz davlatlarining qonunlariga muvofiq tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5- modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yigʻilishlari odatda bir yilda kamida ikki marta navbatma-navbat Oʻzbekiston Respublikasida va Rossiya Federatsiyasida oʻtkaziladi. Komissiya navbatdagi yigʻilishining kun tartibi uning avvalgi yigʻilishida oldindan muvofiqlashtiriladi hamda Tomonlar tarafidan Komissiyaning navbatdagi yigʻilishidan kamida bir oy ilgari batamom aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlgan holda, oʻzaro kelishuvga koʻra, Komissiya milliy qismlarining raislari Komissiyaning navbatdan tashqari yigʻilishlarini chaqirishlari, Komissiya milliy qismlari raislarining ishchi uchrashuvlarini oʻtkazishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya va uning organlarining yigʻilishlarini tayyorlash hamda ularda ishtirok etish uchun har bir Tomon oʻz davlatining ekspert va maslahatchilarini, shuningdek tadbirkor doiralarining vakillarini jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik komissiyalar va ishchi guruhlarining yigʻilishlari zarurat boʻlgan holda oʻzaro kelishuv asosida chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6- modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻilishlarning axborot taʼminoti, Komissiya materiallari va hujjatlarini tayyorlash hamda tarqatish, shuningdek qabul qilingan qarorlar bajarilishi ustidan keyinchalik nazorat qilish Komissiya milliy qismlarining masʼul kotiblariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda masʼul kotiblar bir-birlari bilan doimiy ish aloqasida boʻladilar va, zarurat boʻlgan holda, Komissiya yigʻilishlari orasidagi davrda uchrashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yigʻilishlarida, Komissiya milliy qismlari raislarining uchrashuvlarida, kichik komissiyalar va ishchi guruhlarining yigʻilishlarida ishtirok etish uchun delegatsiyalarni yuborish bilan bogʻliq xarajatlar yuboruvchi Tomon hisobidan moliyaviy taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yigʻilishlari, Komissiya milliy qismlari raislarining uchrashuvlari, kichik komissiyalar va ishchi guruhlarining yigʻilishlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar davlati hududida yigʻilish oʻtkazilayotgan Tomon mablagʻlari hisobidan moliyaviy taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yigʻilishini va Komissiya milliy qismlari raislarining uchrashuvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni Tomonlar har bir alohida holda qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamrohlik qiluvchilarni kiritgan holda delegatsiyalar aʼzolarining umumiy soni Komissiya milliy qismlari raislari tomonidan belgilanadi hamda, odatda, har bir tomondan Komissiya yigʻilishida ishtirok etish uchun 20 kishidan va Komissiya milliy qismlari raislarining uchrashuvida ishtirok etish uchun 10 kishidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8- modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga Tomonlarning oʻzaro roziligi boʻyicha oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Ular ushbu Bitimning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9- modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni talqin yoki tatbiq qilishda yuzaga keladigan bahsli masalalar muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10- modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va besh yil davomida amal qiladi. Agar Tomonlardan hech biri Bitim amal qilishining tutashidan kamida olti oy ilgari uning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonga yozma ravishda xabarnoma yubormasa, ushbu Bitimning amal qilishi keyingi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moskva shahrida 2001-yil 4-mayda ikki nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, ikkala matn bir xil kuchga ega.

(imzolar)