OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Qarori
Yollanib ishlovchilarning soni va ish haqi statistikasi boʻyicha Yoʻriqnomani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 10-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 788-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 219-modda) 51-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan 1998-yil 26-oktabrda 33-son bilan tasdiqlangan Yollanib ishlovchilarning soni va ish haqi statistikasi boʻyicha yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 788, 1999-yil 30-iyul) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais B. TOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 22-noyabr,
5-mb-son
Kelishildi:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2012-yil 22-noyabr,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2012-yil 22-noyabr,
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2012-yil 22-noyabr,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 569-modda)