Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 13.01.1999 yildagi PF-2177-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 13.01.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AHOLINI ANIQ YOʻNALTIRILGAN IJTIMOIY MADAD BILAN TAʼMINLAShDA FUQAROLARNING OʻZINI-OʻZI BOShQARISh ORGANLARI ROLINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlashda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari rolini yanada oshirish, uning aniq yoʻnaltirilishini kuchaytirish, hududlarni ijtimoiy rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ushbu organlarning vakolatlarini va masʼuliyatini kengaytirish maqsadida, shuningdek muhtoj oilalarga aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy madad koʻrsatish borasida toʻplangan ijobiy tajribani eʼtiborga olib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1999-yil 1-martidan boshlab aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaldagi chora-tadbirlar bilan bir qatorda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari orqali quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlamaydigan onalarga bolasi ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilish boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz pensionyerlarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari tomonidan aholiga ijtimoiy madad koʻrsatish chogʻida ijtimoiy adolat tamoyillariga, qarorlar qabul qilish chogʻida oshkoralikka, madadning aniq yoʻnaltirilishiga rioya etish hamda boqimandalikka yoʻl qoʻymaslik, shuningdek ajratilgan mablagʻlardan samarali va maqsadli foydalanish asosiy shartlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yilgi budjetlarini shakllantirish chogʻida fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga ushbu bandda koʻrsatilgan toʻlovlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratib berilishini koʻzda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki fuqarolarning yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan oʻzini-oʻzi boshqarish organlari uchun “Ishlamaydigan onalarga bolasi ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilish boʻyicha nafaqalar” va “Yolgʻiz pensionyerlarini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash” maxsus ilova hisobvaraqlarini ochsin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari zimmasiga kommunal xizmat korxonalari bilan birgalikda fuqarolarning Xalq banki muassasalari orqali belgilangan tartibda hisob-kitoblarni amalga oshirgan holda foydalanish sarf-xarajatlari hamda kommunal xizmatlariga toʻliq va oʻz vaqtida haq toʻlashlarini tashkil etish hamda nazorat qilish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Kommunal xizmat vazirligi oʻy-joy-kommunal xizmatlar haqini aholi toʻliq toʻlashini taʼminlaganlik uchun fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarini ragʻbatlantirish tizimini joriy etib, bunda quyidagilarni koʻzda tutsinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish sarf-xarajatlari va kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarning belgilangan tushumlari 100 foiz taʼminlangan taqdirda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga ana shu tushumlar summasining 20 foizi ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushumlarning 75 foizdan koʻprogʻi taʼminlanganda esa fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga tushumlar summasining 10 foizi ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga ushbu mablagʻlarni uy-joy-kommunal xizmatlari haqini toʻlash uchun taʼminlangan oilalarga yordam koʻrsatish, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ragʻbatlantirish, shuningdek mahallalar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarni obodonlashtirish ishlarini oʻtkazish uchun maqsadli foydalanishga yoʻnaltirish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga oʻz mablagʻlari hamda jalb etilgan mablagʻlar hisobidan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablagʻlari hisobidan moddiy madadga muhtoj boʻlgan yosh oilalarga har tomonlama yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimliklari zimmasiga ijtimoiy imtiyozlarni tayinlash chogʻida oshkoralik va ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya etilishi, shuningdek fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari tomonidan mablagʻlar qatʼiyan aniq maqsad yoʻlida foydalanilishi ustidan doimiy nazoratni taʼminlash vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzteleradio kompaniyasi, ommaviy axborot vositalari fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari zimmasiga yuklangan yangi yumushlar hamda vazifalar toʻgʻrisida aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar, aholining ijtimoiy himoyasini taʼminlash boʻyicha fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyati toʻgʻrisida axborot berib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 13-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2177-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 36-modda; 2001-y., 4-son, 69-modda)