Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish ularning xalqning maʼnaviy-axloqiy kamolotida tutgan oʻrnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib kelayotgan xalqimiz boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash, oʻrganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish va targʻib qilish, ulardan xalqimiz ongida milliy gʻurur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuygʻularini kuchaytirish yoʻlida keng foydalanish, muzeylarni zamon talablariga mos yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, jahon muzeyshunosligi tajribalarini qoʻllashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 8-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 8-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 8-son, 105-modda)
4. Adliya, Madaniyat ishlari vazirliklari Davlat bojxona qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda noyob madaniy boyliklarni saqlash, mamlakatdan olib chiqish, mamlakatga olib kirish va shu masalalar bilan bogʻlik boʻlgan boshqa munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Noyob madaniy boyliklarni saqlash, mamlakatdan olib chiqish, mamlakatga olib kirish va boshqa masalalar bilan bogʻliq butun masʼuliyat Madaniyat vazirligi (M. Muratov), Fanlar akademiyasi. (T. Joʻrayev), Ichki ishlar vazirligi (3. Almatov), Davlat Bojxona qoʻmitasi (U. Komilov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) va Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) zimmasiga yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-maydagi PF–5043-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 354-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi va Davlat matbuot qoʻmitasi mamlakatimiz aholisining muzeyshunoslik madaniyatini oshirish, ularni merosimiz va qadriyatlarimizdan xabardor qilib borish hamda mutaxassislar, muzey xodimlarining muzeyshunoslik sohasidagi ilmiy ishlarini chop etish, bu sohadagi yutuqlarni targʻib qilishi muzey xodimlarining kasbiy malakasini oshirish maqsadida uch oyda bir marta oʻzbek, ingliz va rus tillarida chop etiladigan ilmiy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy, rangli “Moziydan sado” jurnalini taʼsis etsinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-maydagi PF–5043-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 354-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 8-son, 105-modda)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va Moliya vazirliklari Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda muzey xodimlarini ijtimoiy himoyalash va oylik maoshlarini oshirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqib, bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
9. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda yetakchi muzey va qoʻriqxonalarni oʻz ichiga olgan maxsus xalqaro turistik yoʻnalishlar (turlar) tashkil etsinlar hamda ularga xorijiy sayyohlarni jalb etish yuzasidan zarur tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Muzeylarning Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan mablagʻ bilan taʼminlanishining amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda muzey inshootlarini qurish va toʻliq taʼmirlash hamda ularni zamonaviy jihozlash uchun zarur boʻlgan texnika vositalarini sotib olish va Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni 1998-1999-yillarda ajratsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zarur oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu Farmonning bajarilishini taʼminlash yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 12-yanvar,
PF-1913-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 1-son, 31-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 203-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 8-son, 105-modda, 20-son, 354-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)