Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.02.2009 03.02.2003 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.02.2009
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

XALQARO TERRORIZMGA QARShI KURASh BOʻYIChA QOʻShMA IShChI GURUHNI TUZISh TOʻGʻRISIDA
2003-yil 3-fevral, Dehli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasidagi yaqin va doʻstona munosabatlarni eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizm tarqalishidan kelib chiqayotgan xavf-xatarlar va uning tinchlik, davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik hamda doʻstona munosabatlarga salbiy taʼsirini, shuningdek davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tahdid solishi mumkinligini yodda tutib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizmning barcha harakatlari, metodlari va tajribasini bartaraf qilish, tag-tomiri bilan yulib tashlash hamda hech ikkilanmasdan ayblash zarurligini eʼtirof etib va terrorizmning hayotga, mulkka, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda siyosiy barqarorligiga, shuningdek xalqaro tinchlik va xavfsizlikka taʼsirini qoralab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek BMT Xavfsizlik Kengashining xalqaro terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida 1373 (2001) raqamli qarorining muhimligi hamda maqsadlarini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMT Xavfsizlik Kengashining 1373 raqamli qarori maqsadlariga tegishli milliy qonunchiliklar doirasida oʻzarolik ruhida oʻzaro hamkorlik vositasida erishish mumkinligini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Bitim maqsadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar quyidagilarni amalga oshirish uchun Xalqaro terrorizmga qarshi kurash boʻyicha Qoʻshma ishchi guruhni tuzadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) xalqaro terrorizm, uyushgan jinoyatchilik va giyohvandlik vositalar hamda psixotrop moddalarning noqonuniy yurgizilishi (bundan keyin “giyohvandlik moddalarining yurgizilishi”) va ularning qoʻshilmalariga qarshi kurashga doir tajriba almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) xalqaro terrorizm, uyushgan jinoyatchilik va giyohvandlik moddalarining noqonuniy yurgizilishiga qarshi kurash boʻyicha qarashlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Oʻzbekiston Respublikasi va/yoki Hindiston Respublikasi hududidan turib harakat qilishi yoki undan foydalanishi mumkin boʻlgan terrorchi va uyushgan jinoyatchi guruhlar hamda ularning sheriklari faoliyati toʻgʻrisida axborot almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) terrorchi yoki uyushgan jinoyatchi guruhlar va ularning sheriklari faoliyatlarini toʻxtatish, bunga ular tarafidan Oʻzbekiston Respublikasi va/yoki Hindiston Respublikasiga qarshi terrorchilik xurujlarini rejalashtirish, koʻmaklashish yoki ijro etishga daxldor shaxslar yoxud guruhlarni berkitish ham kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) bunday hamkorlik uchun institutsional doiralarni oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Qoʻllash doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma ishchi guruh oʻz vakolatiga muvofiq Tomonlarning ular ishtirok etgan xalqaro bitimlari boʻyicha majburiyatlari va Tomonlar davlatlarining qonunchiliklari doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) xalqaro terrorizmga qarshi kurashda BMT Xavfsizlik Kengashining 1373 raqamli qaroriga muvofiq oʻzaro hamkorlikni yaxshilash yoʻllari va vositalarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) terrorchilik faoliyati va giyohvandlik moddalarining noqonuniy yurgizilishini qoʻllab- quvvatlaydigan guruhlar oʻrtasidagi xalqaro aloqalarni fosh qilishga harakat qiladi. Bu davlat va nodavlat organlarini ham qamrab oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) mazkur sohada tezkor axborot almashinuvining jarayonlarini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) hamkorlikni yaxshilash yoʻllarini, ayniqsa quyidagi vositalar orqali taklif etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) terrorchilar va ularning sheriklarini ushlash, tutib topshirish va hukm etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) birgalikdagi texnik koʻmak, shu jumladan politsiya/xavfsizlik organlari xodimlarini oʻqitish va kasbiy tajriba almashish vositasi yordamida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) terrorchilik faoliyatiga jalb etilgan shaxslar va tashkilotlar uchun moliyaviy manbalar oqimini fosh etish, nazorat qilish va bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) xalqaro terrorizm, uyushgan jinoyatchilik va giyohvandlik moddalarining noqonuniy yurgizilishiga qarshi kurashish uchun huquqiy xatti-harakatlarni yengillashtirish yoʻllarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) samolyotlarni olib qochishni bartaraf etish, garovdagilarni qutqarish va VIP shaxslarni muhofaza qilish, shuningdek aeroportlar, temir yoʻl stansiyalari, metro va boshqa jamoat joylarining xavfsizligini taʼminlash sohalarida tajriba almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vii) har qanday mamlakatda faoliyatini amalga oshirayotgan terrorchilik guruhlarining ommaviy qirgʻin qurollariga osonlik bilan etishishini oldini olish qaratilgan saʼy-harakatlarni birlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(viii) bunday shaxslar va guruhlar tarafidan pullarni qonuniylashtirilishini kuzatish hamda bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ix) Xalqaro terrorizm toʻgʻrisida umumiy konvensiyani tezroq qabul qilish maqsadida saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(x) BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli qarorlarini, xususan SSR 1373ni bajarish uchun Tolibon, Al-Qoida va Afgʻoniston hamda Markaziy Osiyodagi har qanday boshqa terrorchi yoki uyushgan jinoyatchi guruhlarining faoliyatini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xi) Interpol bilan hamkorlikni yaxshilash yoʻllarini muhokama etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xii) Tomonlar oʻrtasida oʻzaro kelishilgan har qanday masalalarni koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Koʻp tomonlama forumlar doirasidagi hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Qoʻshma ishchi guruh Tomonlarning BMT va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalardagi terrorizmga qarshi global kampaniyalar masalalariga daxldor hamkorligini muvofiqlashtirish va kengaytirish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Ikkala Tomon Qoʻshma ishchi guruhda boshqa Tomonni mazkur sohada erishilgan muhim yutuqlar toʻgʻrisida xabardor qilishni yengillashtirishga intiladilar hamda bir-birlariga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Hindiston tomonidan Tashqi ishlar vazirligi ushbu Bitimni bajarish uchun masʼuliyatli markaziy organ boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Oʻzbekiston tomonidan Milliy xavfsizlik xizmati ushbu Bitimni bajarish uchun masʼuliyatli markaziy organ boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Xalqaro terrorizm boʻyicha Qoʻshma ishchi guruh uchrashuvlarida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi delegatsiyalariga Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Hindiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy shaxslari rahbarlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) Tomonlarning tegishli markaziy organlari ichki ishlar vazirligi va terrorchilar faoliyatiga qarshi kurash, shuningdek giyohvandlik moddalarining noqonuniy yurgizilishi va pullarni qonuniylashtirishni bartaraf etishga jalb etilgan boshqa tegishli organlardan vakillarga ega boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Uchrashuvlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Qoʻshma ishchi guruh yilda bir marta oʻzaro qulay vaqtda uchrashadi. Uchrashuvlar navbatma-navbat Oʻzbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Qoʻshma ishchi guruh oʻz ishini olib borish davomida toʻla maxfiylikka rioya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Ushbu Bitimga muvofiq Tomonlarning biridan berilgan har qanday maxfiy axborot uni bergan Tomonning ifodalangan roziligisiz uchinchi tomonga berilishi yoki oshkor etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) Delegatsiyalarning darajasi, kun tartibi va uchrashuvlar sanasi uchrashuv sanasidan 30 kun ilgari diplomatik kanallar orqali kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Xalqaro konvensiyalar/shartnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlarning ular ishtirok etgan boshqa xalqaro konvensiyalar/shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Oʻzgartish va toʻldirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Ushbu Bitim Tomonlarning oʻzaro yozma roziliklariga koʻra uning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida bayonnomalar orqali oʻzgartirilishi hamda toʻldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Bayonnomalar ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun koʻzlangan protseduralar asosida kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Kelishmovchiliklarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni qoʻllash yoki talqin qilishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuv va muzokaralar orqali hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Amal qilish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va uch yil muddat davomida amal qiladi. Bundan keyin Bitim Tomonlardan birontasi ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida uning muddati tugashidan kamida 6 oy ilgari boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor qilmasa, u xuddi shunday muddatga oʻz- oʻzidan uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuni tasdiqlab, oʻz Hukumatlari tomonidan tegishli tartibda vakolatlangan quyidagi vakillar ushbu Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehli shahrida 2003-yil 3-fevralda ikki nusxada, oʻzbek, hind va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin qilishda tafovutlar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn ustuvor kuchga ega boʻladi.

(imzolar)