Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Bojxona ishi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-son qaroriga muvofiq va bojxona ishini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 27-noyabr,
330-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-noyabrdagi 330-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi xatboshida:
“xorijiy avtotransport vositalarining yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan parametrlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“(1-4-ilovalar)” soʻzlari “(1, 2 va 4-ilovalar)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-banddagi “va 2002-yil 21-fevraldagi 62-son” soʻzlari “2002-yil 21-fevraldagi 62-son va 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 6-maydagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan Lizing operatsiyalarini oʻtkazishda bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish va bojxona nazoratini amalga oshirish tartibining 9-bandi uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Lizing obyekti lizing oluvchining mulkiga oʻtganda lizing obyekti “eksport” bojxona rejimi ostida joylashtiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibining 2-bandi “j” kichik bandidan “yoxud bojxona nazorati ostida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 31-maydagi 189-son qarorining 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 28-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 48-49-son, 536-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)