Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan
Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
FUQAROLARNING OʻZARO KELIB-KETISh ShARTLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida abadiy doʻstlik toʻgʻrisida Toshkent shahrida 1998-yil 31-oktabrda imzolangan Shartnoma qoidalariga amal qilib,
ikkala davlat fuqarolarining oʻzaro kelib-ketishlari tartibini yoʻlga qoʻyish maqsadida,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda
Bir Tomon davlatining fuqarolari ushbu Bitimning 1- va 2-ilovalarida koʻrsatib oʻtilgan haqiqiy hujjatlar boʻyicha va ushbu Bitimda koʻzda tutilgan shartlarga muvofiq boshqa Tomon davlati hududiga kirishlari, chiqishlari, tranzit oʻtishlari hamda unda vaqtincha boʻlishlari mumkin.
2- modda
Tomonlar davlatlarining milliy pasportga ega boʻlgan fuqarolari boshqa Tomon davlati hududiga 5 (besh) sutkaga qadar roʻyxatga olinmagan (vaqtinchalik propiskadan oʻtmagan) holda kiradilar va unda boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Boʻlib turish muddatini 5 sutkadan ortiq muddatga uzaytirish ichki ishlar organlari tomonidan Tomonlar davlatlarining qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tomonlar davlatlarining fuqarolariga boshqa Tomon davlati hududiga kirish vaqtida Tomonlarning chegara xizmatlari tomonidan migratsiya nazorati kartochkasi beriladi, chiqib ketish vaqtida u qaytarilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Boshqa Tomon davlati hududiga temir yoʻl transportida kirib kelgan fuqarolar ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan migratsiya nazorati kartochkasi asosida 5 sutka davomida roʻyxatdan oʻtkazilmasdan (vaqtinchalik propiska qilinmasdan) boshqa Tomon davlati hududida boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda
Quyidagilar migratsiya nazorati kartochkasini rasmiylashtirish, roʻyxatdan oʻtish(vaqtinchalik propiska)dan ozod qilinadilar:
Keyingi tahrirga qarang.
a) fuqaro aviatsiyasi havo kemasining ekipaj aʼzolari haqiqiy milliy pasportga koʻra va bosh deklaratsiyada (uchish topshirigʻida) yozuv boʻlgan taqdirda;
b) dengiz va daryo kemalari ekipajlarining aʼzolari kema rolida yozuv va undan koʻchirma mavjud boʻlgan taqdirda haqiqiy milliy pasportlar boʻyicha;
v) temir yoʻllarning yoʻlovchi, poyezd, refrijerator va lokomotiv brigadasi xizmatchilari hamda Tomonlar davlatlari hududi boʻylab temir yoʻl transportida tashilayotgan yuklarni kuzatib boruvchi shaxslar haqiqiy milliy pasport va har bir reys uchun tasdiqlanadigan ismlar yozilgan roʻyxat, yoʻl varaqalari boʻyicha;
g) hukumatlararo feldyegerlik aloqasi xodimlari haqiqiy milliy pasport va Tomonlarning vakolatli organlari tarafidan beriladigan tegishli hujjatlar boʻyicha;
d) huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari oldindan kelishilganiga muvofiq ravishda haqiqiy milliy pasport va xizmat safari guvohnomasi boʻlgan xizmat guvohnomasi (shahodatnomasi) boʻyicha (Tomonlar davlatlari huquqni muhofaza qilish organlarining roʻyxati diplomatik kanallar orqali belgilanadi);
e) Tomonlar davlatlarining rasmiy davlat va hukumat delegatsiyalari aʼzolari hamda ularni kuzatib boruvchi shaxslar;
j) Tomonlar davlatlari diplomatik pasportining egalari;
z) Tomonlar davlatlarining diplomatik pasportga ega boʻlgan, Tomonlar davlatlarining hududida joylashgan, Tomonlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining xodimlari va ularning oila aʼzolari;
i) Tomonlar davlatlari diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining maʼmuriy-texnik xodimlari va ularning oila aʼzolari.
Ushbu moddaning “z” va “i” bandlarida koʻrsatilgan shaxslar Tomonlar davlatlarining Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinadilar.
4- modda
1. Tomonlar davlatlarining bir Tomon davlati hududida joylashgan davlat obyektlarida ishlaydigan, xizmat vazifalarini bajarish uchun boshqa Tomon davlati hududiga kiradigan, chiqadigan va unda boʻladigan fuqarolari migratsiya nazorati kartochkasini rasmiylashtirishdan ozod etiladilar.
2. Mazkur shaxslarni chegaradan oʻtkazish milliy pasportlar hamda kelishilgan roʻyxatlar boʻyicha xizmat guvohnomalari asosida amalga oshiriladi.
3. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan obyektlarning roʻyxati ushbu Bitim imzolangan sanadan boshlab 30 (oʻttiz) kun davomida diplomatik kanallar orqali notalar almashinib aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5- modda
Tomonlar davlatlarining boshqa Tomon davlati hududidan temir yoʻl transportida tranzit tarzida oʻtayotgan fuqarolari migratsiya nazorati kartochkasini rasmiylashtirishmasdan ushbu Tomon davlati hududiga milliy pasportlar va temir yoʻl biletlari asosida kiradilar va undan chiqadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
6- modda
Migratsiya nazorati kartochkasini berish va muddatini uzaytirish uchun yigʻimlarning tariflari Tomonlar tarafidan diplomatik kanallar orqali notalar bilan almashib kelishib olinadi. Ular ushbu Bitimning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7- modda
Tomonlar hamjihatlik asosida quyidagi shaxslarni migratsiya nazorati kartochkalarini rasmiylashtirish va muddatini uzaytirish uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod etadilar:
a) Tomonlar oʻrtasidagi shartnomalarga muvofiq, fan, texnika, taʼlim, madaniyat, sanʼat va sport sohasida almashuv tarzida borayotganlar;
b) boshqa Tomon davlati hududidagi oʻquv yurtlarida taʼlim olayotganlar;
v) Ulugʻ Vatan urushi veteranlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, 1- va 2-guruh nogironlari - tegishli hujjat taqdim etilganida, shuningdek yoshi 60 dan oshgan fuqarolar;
g) yoshi 16ga yetmagan bolalar.
Keyingi tahrirga qarang.
8- modda
Odamlar, transport vositalari, mollar, yuklar, boshqa mulklar hamda jonivorlarni chegaradan oʻtkazish Tomonlarning kelishuvi boʻyicha belgilangan oʻtkazish punktlarida amalga oshiriladi.
Oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya va boshqa turdagi nazoratlar amalga oshiriladi.
Oʻtkazish punktlari quyidagi toifalarga boʻlinadi:
a) xalqaro oʻtkazish punktlari, ularda Tomonlar davlatlari va boshqa davlatlarning odamlari, transport vositalari, mollari, yuklari, boshqa mulklari va jonivorlarini oʻtkazish amalga oshiriladi;
b) ikki tomonlama oʻtkazish punktlari, ularda Tomonlar davlatlarining odamlari, transport vositalari, mollari, yuklari, boshqa mulklari va jonivorlarini oʻtkazish amalga oshiriladi;
v) soddalashtirilgan oʻtkazish punktlari, ularda Tomonlar davlatlarining odamlari va transport vositalarini oʻtkazish amalga oshiriladi.
Soddalashtirilgan oʻtkazish punktlari va ularning ish tartibi Tomonlar davlatlarining chegara va bojxona xizmatlari tomonidan kelishuv asosida belgilanadi.
Tomonlar xalqaro va ikki tomonlama oʻtkazish punktlarining roʻyxatini diplomatik kanallar orqali almashadilar.
9- modda
Oʻtkazish punktlarining ish rejimi Tomonlarning kelishuvi boʻyicha belgilanadi. Bu rejim oʻtkazish punktlarining ish vaqti, Tomonlar davlatlarining odamlari, transport vositalari, mollari, yuklari, boshqa mulklari va jonivorlarini oʻtkazish tartibini oʻz ichiga oladi.
Oʻtkazish punktlari ish rejimini tashkil etish va unga amal qilinishini nazorat qilish Tomonlar davlatlarining chegara va bojxona xizmatlari zimmasiga yuklanadi.
10-modda
Tomonlarning qaroriga kura, ular istisno hollarda (epidemiya, epizootiya, tabiiy ofatlar va h.) chegaradan odamlar, transport vositalari, mollar, yuklar, boshqa mulklar va jonivorlarni oʻtkazishni vaqtincha toʻxtatishlari mumkin.
Bu holda shunday choralarni qoʻllayotgan Tomon oldindan, biroq, 24 soatdan kechikmasdan boshqa Tomonni shunday choralar koʻrilganligi va ular bekor qilinganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
11-modda
Tomonlar davlatlarining fuqarolari boshqa Tomon davlati hududida boʻlgan vaqtlarida shu Tomon davlatining qonun va qoidalariga, jumladan chet ellik fuqarolar uchun belgilangan roʻyxatdan oʻtish (vaqtinchalik propiska), boʻlib turish va harakatlanish qoidalariga rioya qilishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Bitim Tomonlarning boshqa Tomon davlatining fuqarosi kelishini rad etish yoki boʻlib turish muddatini cheklash huquqiga daxl qilmaydi.
12- modda
Tomonlardan har biri agar bu davlatning milliy xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash yoki aholi salomatligini qoʻriqlash uchun zarur boʻlsa, vaqtincha ushbu Bitim amal qilishini butunlay yoki qisman toʻxtatib turish huquqiga ega.
Bunday choralar koʻrilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisida Tomonlar oldindan, ammo qaror qabul qilingach 72 soatdan kechikmasdan bir-birlarini diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar.
13- modda
Tomonlar davlatlari yangi hujjatlar joriy etgan hollarda Tomonlar mazkur hujjatlar joriy etilishidan kamida 1 (bir) oy oldin ushbu hujjatlarning namunalarini diplomatik kanallar orqali almashlaydilar.
Tomonlar davlatlarining Tashqi ishlar vazirliklari chet ellik fuqarolarning kelishlari, ketishlari va boʻlib turishlari tartibi borasida amaldagi qonunlar toʻgʻrisida axborot va shu sohadagi boshqa axborotni almashlaydilar.
14- modda
Tomonlar, zaruratga koʻra, ushbu Bitimni amalga oshirishga aloqador masalalarni muhokama qilish uchun maslahatlashuv oʻtkazib turadilar.
Ushbu Bitimni bajarish yoki uning qoidalarini qoʻllash borasida kelib chiqadigan har qanday kelishmovchiliklar va nizoli masalalar Tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish orqali hal etiladi.
15- modda
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan, ushbu Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Ular alohida bayonnomalar tarzida rasmiylashtiriladi, ushbu Bitimning tarkibiy qismi deb hisoblanadi va ushbu Bitimning 17-moddasiga muvofiq kuchga kiradi.
16-modda
Ushbu Bitim Tomonlarning ular ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
17-modda
Ushbu Bitim Tomonlarning uni kuchga kiritish uchun zarur davlat ichki protseduralarini bajarganliklari oxirgi xabarnoma olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ushbu Bitim Tomonlarning biri ikkinchisidan uning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida yozma xabar olgan sanadan olti oy oʻtgunicha amal qiladi.
Ostona shahrida, 2000-yil 7-iyulda ikki nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar kelib chiqqan hollarda Tomonlar rus tilidagi matndan foydalanadilar.
(imzolar)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketish shartlari toʻgʻrisida Bitimga 1-ilova
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Qozogʻiston Respublikasi hududiga kelishlari, ketishlari va unda boʻlib turishlari uchun lozim hujjatlar
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasporti (biometrik turdagi).
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasporti (biometrik boʻlmagan turdagi — 2015-yil 31-dekabrgacha).
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (biometrik turdagi).
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (biometrik boʻlmagan turdagi — 2015-yil 31-dekabrgacha).
5. 16 yoshga yetmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining guvohnomasi (voyaga yetmagan fuqarolar uchun transportda yurish hujjati — 2015-yil 31-dekabrgacha).
6. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun sertifikat (faqat Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun).
7. Havo kemasi ekipaj aʼzosining guvohnomasi (ekipaj tarkibida parvoz qilish vaqtida).
8. Hukumatlararo feldyeger xizmati xodimining shaxsiy guvohnomasi.
(roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2012-yil 7-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketish shartlari toʻgʻrisida Bitimga 2-ilova
Qozogʻiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kelishlari, ketishlari va unda boʻlib turishlari uchun lozim hujjatlar
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qozogʻiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasporti.
2. Qozogʻiston Respublikasi fuqarosining xizmat pasporti.
3. Qozogʻiston Respublikasi fuqarosining pasporti.
4. Qozogʻiston Respublikasi fuqarosining elektron maʼlumot saqlanadigan pasporti.
5. Havo kemasi ekipaj aʼzosining guvohnomasi (ekipaj tarkibida parvoz qilish vaqtida).
6. Qozogʻiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma (faqat Qozogʻiston Respublikasiga qaytish uchun).
7. Hukumatlararo feldyeger xizmati xodimining shaxsiy guvohnomasi.
(roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2012-yil 7-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.