05.11.2012 yildagi 316-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekistonda gidroelektr- stansiyalarni modernizatsiyalash” loyihasini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika energiya tizimining generatsiyalovchi quvvatlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiyalash, Farhod GES va Quyi Boʻzsuv GESlari kaskadining 14-GESidan ishonchli foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekistonda gidroelektrstansiyalarni modernizatsiyalash” (Farhod GES va Quyi Boʻzsuv GESlari kaskadining 14-GESi) loyihasini (keyingi oʻrinlarda investitsiya loyihasi deb ataladi) amalga oshirish uchun 16 yil muddat, shu jumladan 4 yildan iborat imtiyozli davr bilan 100,0 mln dollar miqdorida moliyaviy mablagʻlar berilishi Islom taraqqiyot banki tomonidan maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi va investitsiya loyihasining samarali amalga oshirilishi yuzasidan masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlarini qaytarish, ustamani va boshqa xarajatlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Islom taraqqiyot banki bilan investitsiya loyihasini moliyalashtirish boʻyicha Lizing, Agentlik, Servis va Grant bitimlarini imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasi boʻyicha bosh pudratchilarni aniqlash yuzasidan xalqaro tender savdolarining oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tender savdolari va tender savdolari gʻoliblari bilan kontraktlarni imzolash natijalariga koʻra ikki oy muddatda investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashini ishlab chiqsin hamda vakolatli ekspertiza organlari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Lizing bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha idoralararo kengash (R.S.Azimov) investitsiya loyihasining amalga oshirilishi muntazam ravishda koʻrib chiqilishini, zarurat boʻlganda, uni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 5-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
316-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 45-son, 514-modda)