Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tugatilgan “Qarshi 16-son Avtobus Saroyi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mulkiy kompleksi negizida xom ipakni qayta ishlaydigan zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Yuqori sifatli raqobatbardoshli ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada koʻpaytirish, mavjud ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish hamda yangi ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qashqadaryo viloyati hokimligining Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri hokimligi balansidagi tugatilgan “Qarshi 16-son Avtobus Saroyi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining binolari va inshootlarini tugatilgan “Qarshi 16-son Avtobus Saroyi” ochiq aksiyadorlik jamiyati negizida zamonaviy ipakchilik kompleksini (keyingi oʻrinlarda ipakchilik kompleksi deb ataladi) tashkil etish uchun masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Radiant Silk” qoʻshma korxonasiga sotish boʻyicha taklifiga rozilik berilsin.
2. Koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida “Radiant Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi:
2012 — 2014-yillar mobaynida kamida 3,0 mln AQSH dollarini, shu jumladan I bosqichda (2014-yil 1-yanvargacha) – 1,8 mln AQSH dollarini, II bosqichda (2015-yil 1-yanvargacha) – 1,2 mln AQSH dollarini investitsiya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
120 tonna xom ipak (I bosqich — 2013-yilda) va bir yilda 500 ming pogon metr ipak gazlama (II bosqich — 2014-yilda) ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan, yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy ipakchilik kompleksini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
ishlab chiqariladigan mahsulotning kamida 80 foizini eksportga yetkazib berish;
kamida 200 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 399-modda)
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri hokimligi balansidagi tugatilgan “Qarshi 16-son Avtobus Saroyi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining binolari va inshootlarini, qabul qilingan majburiyatlar “Radiant Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi tomonidan toʻliq bajarilgandan keyin mulkchilik huquqini rasmiylashtirish sharti bilan, istisno tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma boʻyicha investitsiya majburiyatlari ostida “Radiant Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasiga “nul” xarid qiymati boʻyicha sotsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq “Radiant Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi tomonidan oʻz zimmasiga olingan majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring oʻrnatsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 399-modda)
4. Qashqadaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda quruq pilla ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish va oʻrtacha muddatli davrda pillakashlik korxonalarini, shu jumladan yangidan tashkil etiladigan ipakchilik kompleksini ishlab chiqarish xom ashyosi bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 5-noyabr,
315-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 45-son, 513-modda; 2017-y., 21-son, 399-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1063/2408-son)