25.10.2012 yildagi 309-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.10.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatining harakatdagi trolleybuslar parki tarkibini yangilash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 21-dekabrdagi PQ-1446-son “2011 — 2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 281-son “Shahar yoʻlovchi elektr transporti harakatdagi sostav parkini yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Xorazm trolleybus boshqarmasi” davlat korxonasi tomonidan “Shkoda elektrik” (Chexiya) firmasi bilan 9 ta trolleybus sotib olish boʻyicha tuzilgan shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb yuritiladi) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining belgilangan tartibdagi xulosasi olinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 10 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 1,25 foiz stavkada (qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,25 foizlik marjasini oʻz ichiga olgan holda) “Oʻzsanoatqurilishbank” OATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan 3534,1 ming yevro miqdoridagi krediti kontraktni moliyalashtirish manbai;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul boʻlgan “Xorazm trolleybus boshqarmasi” davlat korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan jalb qilinayotgan kredit boʻyicha qarz oluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining “Oʻzsanoatqurilishbank” OATB orqali qayta moliyalashtiriladigan kreditini qaytarishning prognoz jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Oʻzsanoatqurilishbank” OATB va “Xorazm trolleybus boshqarmasi” davlat korxonasi ikki hafta muddatda shartnoma boʻyicha moliyalashtirishni ochsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorazm viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditiga xizmat koʻrsatishga maqsadli yoʻnaltirilgan budjet mablagʻlarini oʻtkazish uchun “Oʻzsanoatqurilishbank” OATBda “Xorazm trolleybus boshqarmasi” davlat korxonasining maxsus hisob raqamini ochsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Xorazm viloyati trolleybuslar harakatdagi tarkibi parkini yangilash” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olti oy muddatda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan elektr transporti infratuzilmasini (aloqa tarmoqlari, tortish podstansiyalari, park va taʼmirlash bazasi) kapital taʼmirlashni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditiga xizmat koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yildan boshlab har yili kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Xorazm viloyatining mahalliy budjeti hisobidan teng ulushlarda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditiga xizmat koʻrsatish uchun mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi 9 ta trolleybus sotib olinishi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 25-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309-son