Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Oʻmon Sultonligi hukumati oʻrtasida
ANGLAShUV PROTOKOLI
Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutining kutubxonasi binosini qurish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Hukumati va Oʻmon Sultonligi Hukumati bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasi (keyinchalik Institut kutubxonasi) muhimligini anglagan holda,
Ikkala mamlakat xalqlari oʻrtasidagi tarixiy munosabatlar va aloqalardan, shuningdek qoʻlyozmalar hamda tarixiy hujjatlarni saqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va Oʻmon Sultonligi hamkorligi toʻgʻrisidagi niyatlardan kelib chiqib,
Oʻzbekiston Respublikasi va Oʻmon Sultonligi oʻrtasida hamkorlikni yanada kengaytirishga, shuningdek oʻmon va oʻzbek mutaxassislari va tadqiqotchilari oʻrtasida madaniy aloqalarni mustahkamlashga intilib,
Oʻzbek tomoni Institut kutubxonasi binosini qurish uchun kamida 10 ming kv.m. yer uchastkasini berishga tayyorligini inobatga olgan holda (Doʻrmon yoʻli koʻchasi va Mirzo Ulugʻbek prospekti chorrahasidagi qurilishi oxiriga yetkazilmagan obyekt) ushbu loyihani amalga oshirish doirasida olib kiriladigan asbob-uskuna hamda zarur inventardan olinadigan soliq va bojxona toʻlovlaridan ozod qilish masalasini koʻrib chiqadi,
Restavratsiya hamda qoʻlyozmalar mikrofilmlarini yaratish sohasida kadrlar va mutaxassislar tayyorlash maqsadida hamda shuningdek oʻmon tomonining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxona fondini saqlash zarurligi intilishidan kelib chiqib,
Oʻmon tomonining Institut kutubxonasi uchun bepul yangi bino qurib berish taklifidan kelib chiqqan holda ushbu loyihani Oʻzbekistonning manfaatdor idoralari bilan birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanligini izhor etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Fanlar Akademiyasi va Oʻmon Sultonligi nomidan Tashqi ishlar vazirligi Tomonlar oʻrtasida erishiladigan Bitimga muvofiq Institut kutubxonasi binosi qurilishini boshlaydilar. Ushbu Bitimda loyiha maqsadi, Tomonlar oʻrtasida kelishilgan budjet asosida Tomonlarning javobgarligi belgilanadi.
Ushbu Protokol imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Toshkent shahrida 2009-yil 30-martda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Protokol qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn asos sifatida qabul qilinadi.
(imzolar)