OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN BIRLAShGAN ARAB AMIRLIKLARI HUKUMATI OʻRTASIDA
Bayonnoma
Uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va jinoyatchilikning boshqa xavfli turlariga qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitimning ratifikatsiya yorliqlarini almashish haqida
Biz, quyida imzo chekuvchilar, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari, janob Usmonov Oybek Orifbekovich va Birlashgan Arab Amirliklarining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi, janob Muxammad Xareb Al-Mexayrbi, 2008-yil 17-mart kuni Abu Dabi shahrida imzolangan, Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 4-sentabrdagi 173-sonli Qonuni va Birlashgan Arab Amirliklarining 2009-yil 10-maydagi 9-sonli Federal Farmoni bilan ratifikatsiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va jinoyatchilikning boshqa xavfli turlariga qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitimning ratifikatsiya yorliqlari almashuvini amalga oshirish maqsadida bugun uchrashdik.
Ratifikatsiya yorliqlari tegishli shaklda va lozim tartibda tuzilganligi belgilangan.
Mazkur Bitimning 15-moddasiga muvofiq, ushbu hujjat ratifikatsiya yorliqlari almashingan sanadan boshlab oʻttizinchi kuni kuchga kiradi, yaʼni 2012-yil 23-martda kuchga kiradi.
Ushbuni tasdiqlab, quyida imzo chekuvchilar mazkur Bayonnomani imzoladilar.
Toshkent shahrida 2012-yil 23-fevralda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
(imzolar)