Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.10.2017 22.10.2012 yildagi PF-4478-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.10.2017
Hujjat 22.10.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTONDA FERMERLIK FAOLIYATINI TAShKIL QILIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh VA UNI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-sonli “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etib oʻtilsinki, mustaqillik yillari mobaynida qishloq xoʻjaligi sohasida bozor munosabatlarini joriy etish va xususiy mulkchilik shaklini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy islohotlar boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Fermerlikni rivojlantirish, fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligi uchun mustahkam huquqiy asoslar va kafolatlarni yaratib beruvchi Er kodeksi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonun hamda boshqa qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklarining yer, suv va moddiy-texnika resurslaridan yanada oqilona foydalanish hisobiga ishlab chiqarish hajmlari muttasil oshib borishini, fermer xoʻjaliklari samaradorligi va rentabelligi oʻsishini taʼminlash imkonini beradigan moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning yer maydonlarini maqbullashtirish borasidagi kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Qishloqda fermer xoʻjaliklariga barcha zarur xizmatlarni koʻrsatayotgan zamonaviy ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi yerlarining uzoq muddatli ijara mulki qilib berilishi va qishloqda bozor munosabatlarining joriy qilinishi fermer xoʻjaliklarini shakllantirish hamda rivojlantirishning eng muhim omili va asosi boʻldi, buning natijasida yerga va ishlab chiqarilayotgan mahsulotga haqiqiy egalik tuygʻusi mustahkamlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda fermerlik harakati qishloq xoʻjalik mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchisiga hamda agrar sohani va u bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tarmoqlarni hamda ishlab chiqarishlarni yanada rivojlantirish, shuningdek, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan qudratli ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi navbatda gap fermer xoʻjaliklarini yanada takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, yer-suv resurslaridan va yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanishda, qishloqni jadal rivojlantirish va obodonlashtirishda, aholi bandligi va farovonligini taʼminlashda ularning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni eʼtirof etish kerakki, hozir amalda boʻlgan fermerlik harakatini tashkil qilish va boshqarish tizimi, xususan, Fermer xoʻjaliklari uyushmasi va uning hududiy tuzilmalari faoliyati qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishini isloh qilish va uning mahsuldorligini oshirish jarayonlariga hamda fermerlik oldida turgan vazifalarni tezkorlik bilan hal qilishga sust taʼsir oʻtkazmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi sharoitda fermerlik harakati oldida turgan jamiyatni demokratlashtirishni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni yanada isloh qilish va liberallashtirish, mamlakat agrar sektorini barqaror va samarali rivojlantirishning, aholi farovonligini oshirishning eng muhim boʻgʻini sifatida fermer xoʻjaliklarining roli va ahamiyatini oshirish vazifalarining fermerlik harakati tomonidan roʻyobga chiqarilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining gʻoyat muhim vazifalari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqda ijara munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishini tashkil qilishning yetakchi boʻgʻini va shakli sifatida fermer xoʻjaliklarining huquqlari, manfaatlari himoya qilinishi va samarali faoliyat yuritishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermerlikni tashkiliy jihatdan mustahkamlash, fermer xoʻjaliklarining oʻzini oʻzi boshqarish taʼsirchan mexanizmlarini yaratish, ularning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tayyorlov, taʼminot va xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan oʻzaro munosabatlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini oshirish, fermerlarning yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va qishloq xoʻjalik xomashyosini kompleks qayta ishlash, shuningdek, qishloqda yangi ishlab chiqarishlar va xizmat koʻrsatish sohalarini tashkil qilish hamda rivojlantirish hisobiga mexanizatsiyalash darajasi va rentabellikni oshirishdan manfaatdorligini ragʻbatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan fermerlikni rivojlantirishning meʼyoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (Sh.M.Mirziyoyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan Dasturni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha aniq tadbirlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli respublika va hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning amalga oshirilishini har oyda qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha hududiy komissiyalar rahbarlarining bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitishni nazarda tutgan holda, Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi majlislarida koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha hududiy komissiyalarning rahbarlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi borasida shaxsan javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Fermer xoʻjaliklari uyushmasi konferensiyasining uni belgilangan tartibda tugatish toʻgʻrisidagi qaroriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq boʻlgan Oʻzbekiston Fermerlari kengashini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarning fermerlar kengashlarini (keyingi oʻrinlarda – fermerlar kengashlari) tashkil qilish toʻgʻrisidagi tashabbusiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlarining eng muhim vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermerlikni rivojlantirish, fermer xoʻjaliklarining moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash hamda ularning mulkiy munosabatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlash sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jumladan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan, tayyorlov, taʼminot va xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudlarda ishlar koʻrib chiqilayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarini tashkil qilish va qayta tashkil etishda, ularga yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga ajratib berishda oshkoralik, ochiqlik va qonuniylik tamoyillarini taʼminlash maqsadida jamoat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishda, suvni tejaydigan samarali texnologiyalarni, birinchi navbatda tomchilatib sugʻorishni, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ularning faoliyatiga tatbiq etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqda huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnik hamda boshqa masalalar boʻyicha konsalting markazlari tarmogʻini, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, xarid qilish, qayta ishlash va sotish boʻyicha fermer xoʻjaliklari kooperatsiyasining turli shakllarini tashkil etish va kengaytirishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fermerlar kengashlariga fermer xoʻjaliklari manfaatlarini koʻzlab daʼvo arizalarini taqdim etish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizliklari) ustidan sudga davlat boji toʻlamasdan shikoyat qilish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklariga yer maydonlarini berish (sotish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyalari tarkibiga tegishli tuman fermerlar kengashlarining raislari kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermerlarning tegishli kengashlari fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va ularning faoliyati masalalariga taalluqli meʼyoriy-huquqiy hujjatlar hamda boshqa qarorlar loyihalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqishda faol qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Fermerlari kengashi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy va tuman fermerlar kengashlari kotibiyatlarining namunaviy tuzilmalari 4 va 4a-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda fermerlar kengashlarining tumanlar, hududiy tashkiliy yigʻilishlarini hamda respublika Konferensiyasini oʻtkazishda, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, hududiy va tumanlar fermerlar kengashlarining nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlashda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlarining kotibiyatlarini joylashtirish uchun zarur xonalar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus respublika komissiyasining Fermer va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini belgilangan tartibda tugatish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tugatilayotgan Fermer xoʻjaliklari uyushmasi qarzini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari tomonidan jalb etilgan kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oldidagi qarzlarni tugatilayotgan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan toʻlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan qayta moliyalashtirilgan Jamgʻarmaning qolgan mablagʻlari Jamgʻarma oldidagi boshqa banklar qarzlarini “Agrobank” ATBga qayta rasmiylashtirish orqali “Agrobank” ATB ustav kapitalini toʻldirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomidan davlatning hissasini oshirish hisobiga yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Fermerlari kengashi Toshkent shahri, Ravnaq koʻchasi, 1a-uydagi tugatilayotgan Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasining binolari va inshootlarini uning balansiga, bepul asosda, tasarruf qilish huquqisiz oʻtkazib berish bilan joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4478-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF–4478-sonli Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Fermerlari kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAShKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF–4478-sonli Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Fermerlari ijro etuvchi apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 11 kishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Oʻzbekiston Fermerlari kengashining Raisi va ijro etuvchi apparat xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shtat jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF–4478-sonli Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy Fermerlar kengashi kotibiyatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF–4478-sonli Farmoniga
4a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman Fermerlar kengashi kotibiyatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 3 kishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: tuman Fermerlar kengashi raisi va kotibiyat xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shtat jadvaliga muvofiq, amalga oshiriladi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 43-son, 493-modda; 2017-y., 2-son, 26-modda)