Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“MUDDATIDA TOʻLANMAGAN SOLIQLAR VA BUDJETGA MAJBURIY TOʻLOVLARNI QARZDOR KORXONA VA TAShKILOTLAR MOL-MULKI HISOBIDAN UNDIRIB OLISh TOʻGʻRISIDAGI XOʻJALIK SUDLARI QARORLARINI IJRO ETISh TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA”GI QAROR, ShUNINGDEK UNGA KIRITILGAN OʻZGARTIRIShLARNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 10-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1250-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-sonli “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2003-yil 10-iyundagi 05-20-247, 01-226, 71, 1 va 230-V-sonli “Muddatida toʻlanmagan soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudlari qarorlarini ijro etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror (roʻyxat raqami 1250, 2003-yil 12-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 11-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 28-noyabrdagi 31, SP-01/755, 98, 2006-50 va 230-V-1-sonli “Muddatida toʻlanmagan soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudlari qarorlarini ijro etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror (roʻyxat raqami 1250-1, 2006-yil 28-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 491-modda).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Adliya vaziri N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-oktabr,
2-son
Oliy xoʻjalik sudi raisi D. MIRZAKARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-oktabr,
7433-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-oktabr,
76-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-oktabr,
2012-30-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-oktabr,
230-V-2-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 487-modda)