Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sud ijrochilari tomonidan soliq qarzdorligini undirish tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sud qarorlari sud ijrochilari tomonidan soʻzsiz ijro etilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
Vazirlar Mahkamasining “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 18-martdagi 147-son qarori 2-bandining yettinchi xat boshidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 26-modda) va qarorga 1-ilovaning 2-bandi yettinchi xatboshidagi “soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarzlarni” soʻzlari “qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 12-bandi “Shakllantirish manbai” ustunining yettinchi pozitsiyasidagi “soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarzlarni” soʻzlari “qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 11-oktabr,
290-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 480-modda; 2017-y., 35-son, 922-modda)