27.09.2010 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan
Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-2015-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati (bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar), iqtisodiy hamkor boʻlib, ikkala davlatning oʻzaro iqtisodiy manfaatlari tarixiy oʻrnatilgan ishlab chiqarish, xoʻjalik va texnikaviy aloqalar bogʻliqligidan, oʻzaro manfaatlilik va teng huquqlilik asosida ularni saqlab qolish va yanada rivojlantirish obyektiv zaruriyatidan kelib chiqib, ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish zaruriyatini tan olib, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida 1996-yil 27-maydagi Shartnomani, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida erkin savdo toʻgʻrisida 1996-yil 27-maydagi Bitimni, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 2008-yil 11-sentabrdagi Bitimni inobatga olib, quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Dasturning maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Dastur Tomonlar tomonidan oʻzaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, ikki davlat iqtisodiyoti yetakchi sohalarining ishlab chiqarish sohasidagi hamkorligida yutuqlarga erishish, shu asosda oʻzaro tashqi savdo aylanmasini oʻsishi va ikki davlat aholisining yashash darajasini oshirish boʻyicha choralar kompleksini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun Tomonlar quyidagi vazifalarni hal qilishga intiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi kelishuvlarni keng qamrovli amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat iqtisodiyotlari oʻsishiga yoʻnaltirilgan iqtisodiy hamkorlikni barqaror rivojlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasida amaldagi erkin savdo rejimini toʻlaqonli shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro savdoda toʻsiqlarni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun teng imkoniyatlar va kafolatlarni taʼminlash uchun sharoitlar yaratish, ishlab chiqarish faoliyatida sof raqobat uchun sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida axborot bazasini, shu jumladan, tovarlar va xizmatlar eksporti masalalari boʻyicha ikki davlat biznes sohasi vakillari oʻrtasida amaliy aloqalar oʻrnatish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar maʼlumotlar bazasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishning oʻsishi uchun, uning rivojlanishiga investitsiyalar kiritish, yangi fan yutuqlari va yetakchi texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sifat va raqobatbardoshligini oshirish uchun ragʻbatlantiruvchi omillar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha ishlab chiqarish sohalarida xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarini rivojlantirish, turli koʻrinishdagi va shakllardagi qoʻshma korxonalar, savdo uylari va vakolatxonalar tuzish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish va chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlararo iqtisodiy hamkorlik maqsadli loyiha va dasturlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro transport kommunikatsiyalar va aloqalardan oʻzaro manfaatli foydalanish, amaldagi va yangi transport koridorlarni samaradorligini oshirish va yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlarining eksport va import yuklarini tranzit olib oʻtishda oʻzaro manfaatli sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Dasturga asosan Tomonlar uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rivojlantiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasidagi ikki va koʻp tomonlama erkin savdo haqida amaldagi bitimlar asosida, toʻliq hajmda tovarlar erkin savdo rejimini istisno va toʻsiqlarsiz amalga oshirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport kommunikatsiyasi va aloqa sohasida, neft–kimyo sanoatida, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlash sohasida, turizm sohasida, tarmoqlararo hamkorlikni chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma investitsion loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan milliy xususiylashtirish dasturlari bilan oʻzaro almashinish va ushbu dasturlarda Tomonlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlarini oʻzaro qatnashishiga qulaylik yaratuvchi sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va xalqaro koʻrgazmalar, yarmarkalar, seminarlar, konferensiyalar hamda axborot almashish va amaliy aloqalar oʻrnatish boʻyicha chora-tadbirlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Dasturni amalga oshirish mexanizmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur Tomonlar davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarining Dasturni amalga oshirish boʻyicha Chora-tadbirlar rejasida belgilanadigan aniq vazifalarni bajarish vositasi bilan amalga oshiriladi, bu Dasturning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Dasturga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo qoʻshma komissiyasi Dasturni amalga oshirish boʻyicha kelishilgan Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Dastur va uni amalga oshirish boʻyicha Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo qoʻshma komissiyasi tomonidan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)