Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021 18.04.2012 yildagi 137/4-18-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOʻY-HAShAMLAR, OILAVIY TANTANALAR, MAʼRAKA VA MAROSIMLAR, MARHUMLAR XOTIRASIGA BAGʻIShLANGAN TADBIRLAR OʻTKAZILIShINI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 28-oktabrdagi “Toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisida”gi PF-2100-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida hamda poytaxtda oʻtkazilayotgan toʻy-hasham, marosim va unga doir turli oilaviy tadbirlar isrofgarchilik va dabdababozlik bilan oʻtkazilishi keng jamoatchilikni tashvishga solayotganligi va bu borada “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Maʼnaviyat targʻibot markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasining takliflarini inobatga olib, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari N. Baxtiyorovning Toshkent shahrida toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlar xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Maʼnaviyat targʻibot markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasining boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda toʻy-hasham, marosim va oilaviy tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi Jamoatchilik Kengashlarini tuzish taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Maʼnaviyat targʻibot markazi, tuman hokimliklariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik Kengashining maqsad va vazifalarini belgilab, unga oʻtkaziladigan toʻy-hasham, marosim, oilaviy tadbirlar va unga doir boshqa tadbirlarni oʻtish holati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda toʻy va marosim egalari bilan ixcham, isrofgarchiliksiz va belgilangan talablar asosida oʻtkazish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish vazifalarini yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda, poytaxtdagi toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bagʻishlangan tadbirlarni tartibga solish hamda ixcham va milliy qadriyatlar asosida oʻtkazish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, targʻibot orqali jamiyat hayotiga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar va marosimlarni oʻtkazish boʻyicha jamoatchilik fikrini inobatga olmaydigan fuqarolarni mahalla fuqarolar yigʻiniga taklif qilish, ushbu masalani mahalla va mehnat jamoasida muhokama etish, taʼsir chorasini koʻrish va tushuntirish ishlarini oʻtkazish tizimini yaratish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahar vakilligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bagʻishlangan tadbirlarni ixcham oʻtkazish va tadbirlarni dabdabali oʻtkazish oʻrniga mablagʻni kam taʼminlangan fuqarolarni moddiy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirishni targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imom-xatiblar toʻylar va marosimlardagi maʼruzalarida aholini eʼtiborini yoshlar tarbiyasi, ota-onaning masʼuliyati, jamiyat hayotiga xavf solayotgan tahdidlarni oldini olish, tinchlik va mustaqillik neʼmatini asrash kabi masalalarga qaratishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahrida mehnat unumdorligini saqlash maqsadida jamoatchilikning restoran, kafe va toʻyxonalarda ish kunlari toʻy va marosim munosabati bilan soat 07.00 dan 09.00 gacha yoki 12.00 dan 14.00 gacha osh berish, ish vaqtida soat 09.00 dan 12.00 gacha va 14.00 dan 18.00 gacha osh bermaslik hamda soat 23.00 dan keyin toʻy va bazmlarni davom ettirish holatlarini oldini olish boʻyicha takliflari qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimliklari, Davlat soliq boshqarmasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish departamenti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Restoran, kafe va toʻyxonada toʻy-hasham va turli marosimlarni oʻtkazishda plastik kartochkalar, pul oʻtkazish yoʻli va bank krediti orqali oʻtkaziladigan toʻlovlarni qabul qilishda hech qanday cheklovlarsiz, bir xil narxda amalga oshirilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha restoran, kafe va toʻyxona egalari tomonidan toʻy va marosimlarda fuqarolar hayotiga xavf soluvchi texnikalar, koʻrgazmalar va pirotexnikadan foydalanmaslik hamda toʻyxona atrofida yashovchi aholining tinchini buzilmasligi uchun toʻy-hashamdan soʻng, shovqinli holatlar boʻlmasligini taʼminlash chorasi koʻrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi barcha restoran, kafe va toʻyxona egalariga ushbu xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori yetkazilsin va ijrosi toʻliq nazoratga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, Davlat soliq boshqarmasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Moliya bosh boshqarmasi: Toʻy-hasham munosabati bilan sanʼatkorlar va badiiy jamoalarning xizmat koʻrsatish hamda xorijiy avtoulovlarni ijaraga olib, shaharda aylanish haqlari oshirib yuborilayotganligini inobatga olib, ushbu holatni tartibga solish va aniq meʼyor oʻrnatish masalasi bir oy muddatda tegishli yuqori tashkilotlar bilan kelishilgan holda, koʻrib chiqilsin va chora-tadbirlar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ichki ishlar bosh boshqarmasi: Toʻy-hasham munosabati bilan kelin-kuyov va ularning yaqinlari shaharda aylanishi va suratga olishi jarayonida fuqarolar va yoʻl harakati xavfsizligiga qatʼiy rioya etishini nazorat qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xotin-qizlar qoʻmitasiga: Mahalliy dizayn tashkilotlari va ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda milliy qadriyatlarimizga xos boʻlgan qizlar va kelinlar uchun liboslar namunasini tayyorlash, xotin-qizlar oʻrtasida milliy kiyimlarni targʻib etish, koʻrgazmalar tashkil etish va hayotga joriy etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Toshkent shahrida joylashgan barcha korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolar yigʻiniga ushbu qarorning mazmun-mohiyatini aholi va mehnat jamoasiga yetkazish hamda joylarda qarorning ijrosini taʼminlash vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Toshkentteleradiokanali” DUK, “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati va boshqa ommaviy axborot vositalariga: Toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bagʻishlangan tadbirlarni tartibga solish masalalarini keng yoritish va targʻibot ishlarini olib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R. USMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137/4-18-son