Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“MOLIYAVIY HISOBOT ShAKLLARI VA ULARNI TOʻLDIRISh BOʻYIChA QOIDALARNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA”GI BUYRUQ VA UNGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALARNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 5-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1117-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 9-son, 142-modda) 16-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-y., 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 7-fevraldagi 31-sonli “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1117-son, 2002-yil 19-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 6-son);
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 12-iyuldagi 86-son “Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 7-fevraldagi 31-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻining 7-ilovasiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1117-1-son, 2002-yil 22-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 14-son);
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 14-fevraldagi 30-son “Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 7-fevraldagi 31-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1117-2-son, 2003-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 4-son).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 11-sentabr,
69-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 40-son, 474-modda)