Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Qarori
FERMER XOʻJALIKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING SODDALAShTIRILGAN TIZIMINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 5-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1781-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-sonli “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 29-son, 327-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2008-yil 21-yanvardagi 1, 1/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1781, 2008-yil 26-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 12-13-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomning 44-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“44. Fermer xoʻjaliklari 1-sonli shakl — buxgalteriya balansi va 2-sonli shakl — moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlardan iborat boʻlgan, faqat yillik moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmasdan taqdim qiladi.”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston fermerlar xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 19-sentabr,
72-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. ROʻZIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 19-sentabr,
03/13-1673-son
Kelishilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.b. U.TURDIYEV
2012-yil 19-sentabr.
Oʻzbekiston fermerlar xoʻjaliklari uyushmasi raisi F.BERDIYEV
2012-yil 19-sentabr.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 40-son, 475-modda)