Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.08.2014 25.05.2005 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.08.2014
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN XITOY XALQ RESPUBLIKASI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doʻstlik va hamkorlikning sherikchilik munosabatlari toʻgʻrisida
2005-yil 25-may, Pekin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi, bundan keyin Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston bilan Xitoy xalqlari oʻrtasidagi doʻstlikning tarixiy anʼanalariga tayanib hamda oʻz xalqlari oʻrtasida doʻstlikni avloddan avlodga yetkazishga astoydil qaror qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasida barcha sohalarda doʻstlik va hamkorlikning uzoq muddatli hamda barqaror sherikchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga boʻlgan umumiy intilish ular xalqlarining tub manfaatlariga javob berishiga va Osiyoda hamda butun dunyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga koʻmaklashishga asoslanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi va ular ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalar boʻyicha oʻz majburiyatlarini tasdiqlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yangi sifatli darajaga koʻtarishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1- modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar uzoq muddatli asosda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsip va normalari, suverenitet hamda hududiy yaxlitlikni oʻzaro hurmat qilish, oʻzaro bosqinchilik qilmaslik, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik, tenglik va oʻzaro manfaat, tinch hayot kechirish prinsiplariga muvofiq doʻstlik hamda hamkorlikning sherikchilik munosabatlarini har tomonlama rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2- modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarda kuchni yoki tahdidni kuch bilan ishlatmaslik, ular oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni BMT Nizomi qoidalari, xalqaro huquqning boshqa umum eʼtirof etilgan prinsip va normalariga muvofiq faqatgina tinchlik vositalari bilan hal qilish majburiyatini qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ulardan har birining oʻz ichki shart-sharoitlariga muvofiq tanlangan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish yoʻlini oʻzaro hurmat qilgan holda ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning doimiy asosda yangi mazmunlar bilan toʻldirib. uzoq muddatli hamda barqaror rivojlanishini taʼminlaydilar, ikki davlat oʻrtasida erishilgan ahdlashuvlarni bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3- modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar hech qanday ittifoq yoki bloklarda ishtirok etmaydilar, hech qanday harakatlarni qoʻllamaydilar, shu jumladan uchinchi davlatlar bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga zarar keltiruvchi shartnomalarni tuzmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining davlat suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga zarar yetkazish hisobiga uchinchi davlatlar tomonidan oʻzlarining hududlaridan foydalanishlariga yoʻl qoʻymaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning hech biri oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga zarar keltiruvchi tashkilot hamda guruhlarning tuzilishi yoki faoliyat olib borishiga yoʻl qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek Tomoni Xitoy Xalq Respublikasining davlat birligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir masalalarda Xitoy Tomonining siyosatini qoʻllab-quvvatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek Tomoni dunyoda faqat bitta Xitoy mavjud ekanligini eʼtirof etadi. Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatini butun Xitoyni anglatuvchi Xitoyning yagona qonuniy hukumatidir, Tayvan esa Xitoy hududining ajralmas qismidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek Tomoni Tayvan bilan har qanday shaklda boʻlmasin, rasmiy munosabatlar oʻrnatmaydi, “ikki Xitoy”, “bir Xitoy va bir Tayvan” tuzilishiga boʻlgan har qanday urinishga hamda “Tayvan mustaqilligiga” qarshi chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xitoy Tomoni Oʻzbekiston Respublikasining davlat birligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir masalalarda Oʻzbek Tomonining siyosatini qoʻllab-quvvatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahonda yoki mintaqada Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tinchlik manfaatlari yoki xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan mushkul yoki keskin oʻzgarish vaziyati yuzaga kelsa, Ahdlashuvchi Tomonlar tahdidni bartaraf qilish choralarini .kelishib olish va ishlab chiqish maqsadida bir-birlari bilan kechiktirmasdan maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlikni, barqarorlikni va xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida birgalikdagi harakat qilishini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisida Shanxay konvensiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisida Bitim qoidalariga muvofiq ikki mamlakatning tegishli organlari oʻrtasida birgalikdagi harakatni hamda hamkorlikni mustahkamlaydilar, shuningdek Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida terrorizmning barcha koʻrinishlariga, jumladan “Sharqiy Turkiston”, “Oʻzbekiston islom harakati” va “Xizb ut-tahrir” terroristik kuchlariga qarshi birgalikda kurash boʻyicha amaliy choralarni qoʻllashni davom ettiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar harbiy va harbiy-texnikaviy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiradilar. Ushbu hamkorlik uchinchi davlatlarga qarshi qaratilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchilik va sud hokimiyatlari organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ikkala davlatning boshqa organlari oʻrtasida aloqalarning rivojlanishiga katta ahamiyat qaratadilar, shuningdek tegishli sohalarda yaqin hamkorlikni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar turli darajalarda, jumladan oliy va yuqori darajalarda ikki tomonlama munosabatlar masalalari, oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi muhim hamda dolzarb xalqaro muammolar boʻyicha muntazam uchrashuvlar mexanizmidan foydalanib va uni takomillashtirib, muntazam fikr almashinuvini olib borgan va pozitsiyalarni kelishilgan holda, hamkorlikning teng huquqli ishonchli sherikchilik munosabatlarini mustahkamlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va normalariga qatʼiy rioya qilish, kuch bilan taʼsir etishning har qanday harakatlariga yoki har qanday bahona bilan suveren davlatlarning ichki ishlariga aralashishga qarshi chiqib, xalqaro tinchlik, barqarorlik, taraqqiyot hamda hamkorlikni taʼminlash uchun faol saʼy-harakatlarni qaratish niyatidadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining milliy qonun hujjatlari va ular ishtirok etgan xalqaro shartnomalariga muvofiq, tenglik va oʻzaro manfaat asosida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, yoqilgʻi- energetika, togʻ-kon, ishlab chiqarish, infratuzilmaviy qurilish, moliya, qishloq xoʻjaligi, axborot-texnikaviy va qiziqish uygʻotuvchi boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantiradilar hamda faollashtiradilar, ikki mamlakatning mintaqalararo savdo-iqtisodiy hamkorligini ragʻbatlantiradilar va buning uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar transport va kommunikatsiya hamkorligining rivojlanishiga ustuvor ahamiyat beradilar hamda ular ishtirok etgan tegishli shartnomalarga koʻra oʻz davlatlari hududlarida yoʻlovchi va yuklarning barcha turlarini avtomobil, temir yoʻl, havo, truboprovod va boshqa transport turlarida erkin tranzit oʻtkazish hamda tashishlari uchun qulay shart-sharoitlarni oʻzaro taqdim etadilar, shuningdek tegishli tuzilmalar oʻrtasida qayd etilgan sohalarda faol hamkorlikni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda.

Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining xalqaro majburiyatlari, shuningdek ularning har birida amaldagi qonun va qoidalarga muvofiq bir Ahdlashuvchi Tomonning yuridik va jismoniy shaxslarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida qonuniy huquq va manfaatlarini kafolatlovchi samarali choralarni qoʻllaydilar, shuningdek bir-birlariga fuqarolik va jinoiy ishlar boʻyicha shu maqsadlarda tuzilgan ikki tomonlama bitimlarga muvofiq zarur huquqiy yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari tegishli qonunlar asosida bir Ahdlashuvchi Tomon yuridik yoki jismoniy shaxslarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida hamkorlik va xoʻjalik faoliyati davomida yuzaga keladigan muammo hamda nizolarini koʻrib chiqadilar va hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining xalqaro majburiyatlari va har birlarining milliy qonun hujjatlariga muvofiq inson huquqlari hamda asosiy erkinliklarini amalga oshirishga koʻmaklashish ishida hamkorlik qiladilar, shuningdek oʻz xalqlarining eng yuqori darajada farovonlikka erishishga qaratilgan bir-birlarining saʼy-harakatlarini hurmat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, axborot, turizm, sport sohasida almashuv va hamkorlikning rivojlanishi, shuningdek tegishli organlar oʻrtasida aloqalarning yoʻlga qoʻyilishiga har tomonlama koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakat xalqlari oʻrtasida hamjihatlik va doʻstlikni mustahkamlash hamda Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasida doʻstona hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida ikki mamlakat fuqarolari oʻrtasidagi aloqalarni taʼminlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha zarur choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni ragʻbatlantirishga tayyordirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻta xavfli zaharli va zararli moddalar, oʻsimliksimon karantinli zararli organizmlar hamda hayvonlarning ogʻir yuqumli kasalliklarining tarqalishini bartaraf etish sohasida hamkorlikni mustahkamlashga tayyordirlar. Ahdlashuvchi Tomonlarning fitosanitar nazorat va karantin sohasidagi vakolatli organlari oʻzaro ilmiy, texnik va maslahatli yordam koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkilotida, uning Xavfsizlik Kengashida va BMTning ixtisoslashgan muassasalarida, shuningdek Shanxay hamkorlik tashkilotida, ular ishtirok etgan boshqa xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlarda hamkorlikni mustahkamlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro moliyaviy muassasalar, iqtisodiy tashkilotlar va forumlarning nizom hujjatlari qoidalariga muvofiq bir Ahdlashuvchi Tomon ularga aʼzo (ishtirokchi) boʻlsa, ushbu Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ularning biriga kirishga boʻlgan intilishida koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaning qoidalarini amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizo va kelishmovchiliklarni Ahdlashuvchi Tom onlar doʻstona muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi Tomonlarning ular ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi va hech qaysi bir uchinchi tomonga qarshi qaratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomani bajarish maqsadida oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi muayyan sohalarda ikki tomonlama hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar yoki boshqa hujjatlarni tuzishga faol koʻmaklashadilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro kelishuvga koʻra, Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomaga tegishli bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan toʻldirish va oʻzgartishlar kiritishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻldirish va oʻzgartishlarni ikkala Ahdlashuvchi Tomon ratifikatsiya qilishi lozim, ratifikatsiya yorliqlari almashingan sanadan boshlab kuchga kiradi va ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi lozim va Toshkent shahrida amalga oshiriladigan ratifikatsiya yorliqlari almashingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma yigirma yil davomida amal qiladi. Ahdlashuvchi Tomonlardan birontasi Shartnomaning tegishli amal qilish muddati tugashidan kamida bir yil ilgari uning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilmasa, ushbu Shartnomaning amal qilishi oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatlarga uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pekin shahrida 2005-yil 25-mayda ikki nusxada, har biri oʻzbek, xitoy va rus tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)