26.09.2012 yildagi 278-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OLIY TAʼLIM MUASSASALARI PEDAGOG KADRLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 20-maydagi PQ–1533-son qarorini bajarish yuzasidan hamda oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazini (keyingi oʻrinlarda Bosh ilmiy-metodik markaz deb ataladi) tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 5 ta mintaqaviy markazlarini (keyingi oʻrinlarda mintaqaviy markaz deb ataladi) hamda oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 16 ta tarmoq markazlarini (keyingi oʻrinlarda tarmoq markazi deb ataladi) tashkil etish, oliy taʼlim muassasalari huzuridagi faoliyat koʻrsatayotgan qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlim muassasalari va fakultetlarini tugatish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-iyuldagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 31-son, 374-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Bosh ilmiy-metodik markaz, mintaqaviy markazlar va tarmoq markazlari yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustavlariga, mustaqil balanslariga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida hisob raqamlariga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Bosh ilmiy-metodik markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi darajasini, ularning yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashning talab qilinadigan darajasini taʼminlash boʻyicha ish natijalarini hamda ilgʻor xalqaro pedagogik tajribani oʻrganish asosida, zamonaviy metodikalardan foydalangan holda oliy taʼlim muassasalari oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning umumtaʼlim dasturlarini, oʻquv-metodik va normativ materiallarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirishning taʼlim jarayoni sifatini va natijalarini tizimli tahlil qiladi, monitoringini olib boradi, pedagoglarning zamonaviy talablarga muvofiq oliy taʼlim sifatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan kasbiy koʻnikmalari va layoqatlari rivojlanishining oʻzgarishini baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda, ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda chet tillarni va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻqitish boʻyicha oʻquv-metodik materiallar tayyorlanishini va samarali metodikalar ishlab chiqilishini taʼminlaydi, shuningdek mazkur yoʻnalishlar boʻyicha mintaqaviy markazlarda va tarmoq markazlarida seminar-treninglar tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli taʼlim fanlari boʻyicha oʻquv dasturlari mazmunini takomillashtirishni, taʼlimni ishlab chiqarish bilan integratsiyalashni taʼminlash maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari boʻyicha mamlakatimizning ilgʻor zamonaviy uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagoglarni zamonaviy ilm-fan yutuqlari, tegishli mutaxassisliklar boʻyicha ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, ilmiy eksperimentlar, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishning samarali metodlari bilan tanishtirish maqsadida ilmiy-tadqiqot muassasalari (Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari, laboratoriyalari va shu kabilar) bilan hamkorlik qilish hamda ulardan pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun bazaviy obyektlar sifatida foydalanish boʻyicha dasturlar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy va tarmoq markazlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, oliy taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari malakasini oshirish kurslarini tashkil qiladi va oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mintaqaviy markazlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim sohalari: gumanitar fanlar, matematika, tabiiy fanlar, sotsiologiya va psixologiya, jurnalistika va axborot, shuningdek ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-matematika bloklarining boshqa fanlari boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshiradilar hamda zamonaviy metodik, axborot-maʼlumotnoma bazasini yaratadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlimning dolzarb masalalari, Internet global tarmogʻidan foydalangan holda oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogika, axborot texnologiyalarini joriy etish, pedagogik mahorat, maʼnaviyat asoslari hamda pedagoglarning tahliliy va ijodiy fikrlashini ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan boshqa maxsus kurslar boʻyicha malaka oshirishning maqsadli kurslarini tashkil qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalarining taʼlim jarayoniga oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining kasbiy oʻsishiga yoʻnaltirilgan ilgʻor pedagogik texnologiyalar, amaliy oʻqitishning interaktiv usullari sohasidagi ilmiy yutuqlar natijalarini oʻz vaqtida joriy etish mexanizmlarini amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlimning ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-matematika bloklari fanlari taʼlim dasturlarining uzluksizligini va izchilligini taʼminlashni hisobga olgan holda oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tarmoq markazlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlimning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshiradilar hamda ular boʻyicha zamonaviy metodik, axborot-maʼlumotnoma bazasini yaratadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida, shuningdek mahalliy konstruktorlik-texnologik muassasalar va respublikadagi yirik korxonalar rahbarlarini taklif etgan holda, eng avvalo, yuqori va innovatsiya texnologiyalari sohasida oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim dasturlarini amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlimning ishlab chiqarish bilan samarali oʻzaro hamkorligini, oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga koʻchma mashgʻulotlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalarga tashriflar joriy etilishini taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq markazlarida, shu jumladan ishlab chiqarish, tadqiqot, loyihalash-qidiruv tuzilmalarining moddiy-texnikaviy bazasidan foydalangan holda mashgʻulotlar oʻtkazish uchun zarur oʻquv va moddiy-texnikaviy bazani yaratadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning, innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni, masofadan oʻqitishni, mustaqil taʼlim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarning istiqbolda rivojlanishini hisobga oluvchi dasturlarini ishlab chiqadilar va joriy etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlarining namunaviy tuzilmalari 4 va 5-ilovalarga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlari oʻqituvchilari va tinglovchilari sonining bir nafar oʻqituvchi hisobiga nisbatining cheklangan normativlari taʼlimning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalarida belgilangan bir nafar oʻqituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlari toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy va tarmoq markazlarini ular tashkil etiladigan oliy taʼlim muassasalarida bepul joylashtirishni hamda taʼlim jarayonini samarali tashkil etish maqsadida markazlar tomonidan oʻz faoliyatida oliy taʼlim muassasalarining oʻquv va moddiy-texnikaviy bazasidan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlarining boshqa joylardan kelgan tinglovchilariga oliy taʼlim muassasalari yotoqxonalarida yashash joylari berish chora-tadbirlarini koʻrishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha, pedagog kadrlar tomonidan uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslaridan oʻtishning davriyligiga rioya qilgan holda, Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlarida oliy taʼlim muassasalarining pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish parametrlarini har yili aniqlash va belgilangan tartibda tasdiqlashni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Bosh ilmiy-metodik markazning, mintaqaviy va tarmoq markazlarining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlarni joriy taʼminlashga hamda belgilangan davriyligini hisobga olgan holda oliy taʼlim muassasalari rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni oʻtkazishga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatidan va shartnomaviy asosda xizmatlar koʻrsatishdan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va maqsadli badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash va malaka oshirishning tasdiqlangan jadvaliga kiritilgan hamda Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlariga oʻqishga yuborilgan tinglovchilar uchun ularning ishdan boʻshagan holdagi butun oʻqish davrida asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlariga asosiy ishdan ajralgan holda qayta tayyorlashga va malaka oshirishga tasdiqlangan jadvalga muvofiq boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilarning oʻqish joyiga kelish va u yerdan qaytish boʻyicha bir martalik yoʻl xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularni yuborgan tomon hisobiga qoplanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 646-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlari taʼminoti uchun “Taʼlim” sohasi boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar doirasida zarur mablagʻlarni belgilangan tartibda nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh ilmiy-metodik markaz uchun 1 ta xizmat yengil avtomobilini saqlashga limit belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat test markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim dasturlari fanlari boʻyicha oʻqitish sifatining har yilgi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda talabalar bilimlari darajasini, shu jumladan oʻqituvchilar malakasini oshirish natijalariga bogʻliq holda baholash mezonlarini, test vazifalarining maʼlumotlar banki yaratilishini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda Bosh ilmiy-metodik markaz, mintaqaviy va tarmoq markazlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari va shartlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh ilmiy-metodik markazni Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 3-uyga ijara haqi undirmasdan joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 26-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mintaqaviy va tarmoq
markazining nomi

Qayta tayyorlash va malaka
oshirish yoʻnalishlari

Vazirliklar va
idoralarga mansubligi

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlari

1.

Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki; filologiya va tillarni oʻqitish (qoraqalpoq tili).

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2.

Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

3.

Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

4.

Fargʻona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

5.

Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi*

Mintaqaviy yoʻnalishda: Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari

1.

Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Energetika; elektr energetikasi; elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari; metallurgiya; materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi; yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi; avtomobilsozlik va traktorsozlik; elektronika va asbobsozlik; metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti; texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish; texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari; konchilik ishi; noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish texnika va texnologiyasi; foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi; gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi; neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish; neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish; qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi; mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish; xizmatlar koʻrsatish texnikasi va texnologiyasi; texnologik mashinalar va jihozlar; texnologiya va jihozlar; neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi; neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi; tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi; havodagi harakatni boshqarish; aviasozlik va havo kemalaridan texnik foydalanish; hayotiy faoliyat xavfsizligi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Axborot tizimlarining matematik va dasturiy taʼminoti; informatika va axborot texnologiyalari; axborot xavfsizligi; kompyuter grafikasi va dizayn; telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, “Teleradioeshittirish”, “Mobil tizimlar”); televideniye, radioaloqa va radioeshittirish; televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”), maxsus yoritish texnologiyalari; pochta aloqasi texnologiyasi, axborotlashtirish va kutubxonashunoslik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment; radioelektron qurilmalar va tizimlar, audio-video texnologiyalar; kompyuter texnologiyalari va informatika; kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”); dasturiy injiniring.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

3.

Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi*

Matematika; amaliy matematika; tabiiy fanlar; biologiya; fizika; mexanika; astronomiya; kimyo, geografiya; ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish; gidrometeorologiya; geologiya; geofizika; tuproqshunoslik; gidrologiya; psixologiya; sotsiologiya; filosofiya; sharq falsafasi va madaniyati; dinshunoslik; jahon siyosati; jurnalistika; arxivshunoslik; tarix; arxeologiya; filologiya va tillarni oʻrganish (tillar boʻyicha); ijtimoiy ishlar.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

4.

Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Agronomiya; agrokimyo va agrotuproqshunoslik; oʻsimliklar himoyasi va karantini; qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi; qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi; dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi; zootexniya; ipakchilik; oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish; meva-sabzavotchilik va uzumchilik; veterinariya; qishloq xoʻjaligida menejment.

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

5.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi*

Kimyoviy texnologiya; organik moddalar kimyoviy texnologiyasi; noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi; biotexnologiya; oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi; oziq-ovqat texnologiyasi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

6.

Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi; matematika oʻqitish metodikasi; fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi; kimyo oʻqitish metodikasi; biologiya oʻqitish metodikasi; geografiya oʻqitish metodikasi; informatika oʻqitish metodikasi; tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi; pedagogika va psixologiya; musiqa taʼlimi; ona tili va adabiyoti (tillar boʻyicha); chaqiriqqacha harbiy taʼlim; milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi; tarix oʻqitish metodikasi; boshlangʻich taʼlim va sport-tarbiyaviy ish; maktabgacha taʼlim; defektologiya; pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

7.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi

Filologiya va tillarni oʻqitish; xorijiy til va adabiyoti (tillar boʻyicha); tarjima nazariyasi va amaliyoti.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

8.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi; tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi; texnologik mashinalar va jihozlar; yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi; matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

9.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Iqtisodiyot; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish;statistika; menejment; kadrlar menejmenti; ijtimoiy soha va inson resurslari menejmenti; marketing; moliya; baholash ishi; bank ishi; soliqlar va soliqqa tortish; buxgalteriya hisobi va audit; jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar; xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik; bojxona ishi; sugʻurta ishi; pensiya ishi; mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi; turizm;xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yoʻnalishlari boʻyicha); mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

10.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Arxitektura; dizayn (turlari boʻyicha); bino va inshootlar qurilishi; shahar qurilishi va xoʻjaligi; muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji; gidrotexnika qurilishi; koʻchmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish; qiymat injiniringi; xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yoʻnalishlari boʻyicha); qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish; transport inshootlarining ekspluatatsiyasi; avtomobil yoʻllari va aerodromlar; qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish; geodeziya, kartografiya va kadastr.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

11.

Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Davolash ishi, pediatriya ishi, tibbiy profilaktika ishi, stomatologiya, farmatsiya (turlari boʻyicha), sanoat farmatsiyasi, oliy hamshiralik ishi, harbiy tibbiyot.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

12.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi

Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat; sport faoliyati.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

13.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Bastakorlik sanʼati; sanʼatshunoslik; aktyorlik sanʼati; rejissorlik; texnogen sanʼat; dirijorlik; vokal va cholgʻu ijrochiligi; rangtasvir; dizayn; grafika; amaliy sanʼat; haykaltaroshlik; xoreografiya; kino-teleoperatorlik; xalq ijodiyoti; madaniyat va sanʼat muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish; ijtimoiy-madaniy faoliyat.

Madaniyat vazirligi

14.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish; suv xoʻjaligi va melioratsiya; suv xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish; gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish yer tuzish va yer kadastri; qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish; qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish.

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

15.

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi

Yurisprudensiya; huquqshunoslik.

Adliya vazirligi

16.

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi‎

Oʻzbek tili filologiyasi

‎Oʻzbek tili va adabiyoti

‎Oʻzbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti ‎

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Oʻzbekiston Milliy universiteti markazi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda tarmoq va mintaqaviy yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat koʻrsatadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI

Oʻzbekiston milliy universiteti markazi pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishda tarmoq va mintaqaviy yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat koʻrsatadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan soni (professor-oʻqituvchilar tarkibi va yordamchi xodimlardan tashqari) — 21 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 11 kishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan soni (professor-oʻqituvchilar tarkibi va yordamchi xodimlardan tashqari) — 6 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 4 kishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning cheklangan soni (professor-oʻqituvchilar tarkibi va yordamchi xodimlardan tashqari) — 7 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 4 kishi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 39-son, 453-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda, 38-son, 500-modda, 52-son, 646-modda; 2016-y., 31-son, 374-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda, 23-son, 472-modda, 34-son, 899-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/453/1359-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 24.09.2019-y., 09/19/797/3793-son, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son, 13.12.2019-y., 09/19/988/4142-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/385/0583-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son; 06.12.2024-y., 07/24/420/1009-son; 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son; 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)