24.11.2010 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN QATAR DAVLATI HUKUMATI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ANGLAShUV MEMORANDUMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qatar Davlati Hukumati (bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni kuchaytirish hamda oʻzaro fikr almashish asosida oʻz mamlakatlari oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala mamlakat iqtisodiyotida turizmning muhim oʻrnini hamda oʻzaro anglashuv yoʻlidagi ahamiyatini inobatga olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 - modda
Hamkorlik muhitini yaratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakat manfaatdorligi asosida turizm sohasida uzoq muddatli hamkorlikni amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 - modda
Hamkorlik yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz mamlakatlarining tegishli qonunchiliklariga muvofiq holda turizmni rivojlantirish maqsadida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasida tajriba, nashriyot, statistika va maʼlumotlar bilan oʻzaro almashadilar. Ushbu sohada hamkorlik qilish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasida oʻzaro dasturlar, reklama materiallari, nashriyotlar, filmlar, marketing va turizm mahsulotlarini ommaviy axborot vositalari orqali targʻib etishga doir maʼlumotlar bilan almashadilar, hamda ikki mamlakat fuqarolarini dam olishi maqsadida oʻzaro sayohatga taklif qiladilar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, turizm sohasi mutaxassislari uchun sayohatlar uyushtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakat turizm sektorlari, turoperatorlar va turagentlar, boshqa xususiy turistik firmalar va byurolar oʻrtasida hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz mamlakatlari davlat va xususiy sektorlarini turizm sohasiga investitsiyalar kiritishga ragʻbatlantiradilar. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz manfaatdorligidan kelib chiqib turizm loyihalarini rivojlantirish va amalga oshirishga qaratilgan hamkorlikka alohida ahamiyat beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 - modda
Moliyaviy jihatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Anglashuv memorandumi doirasidagi hamkorlik faoliyati xarajatlarini qoplash boʻyicha moliyaviy masalalar Ahdlashuvchi Tomonlarning moliyaviy imkoniyatlari va resurslaridan kelib chiqib, xar bir holat uchun ular oʻrtasida alohida kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 - modda
Qoʻshma qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar maslahatlashuvlar oʻtkazish va ikki mamlakat oʻrtasida turizm sohasida oʻzaro manfaatli va foydali masalalar boʻyicha hamkorlikni yengillashtirish uchun har bir Ahdlashuvchi Tomonning imkoniyatlarini hisobga olgan holda Qoʻshma komissiya (bundan buyon komissiya deb ataladi) tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiya tarkibi va protseduralari Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya har bir Ahdlashuvchi Tomonning xohishiga binoan quyidagi masalalarni hal qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida yoki Qatar Davlatida navbat bilan chaqiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A) ushbu Anglashuv memorandumining bajarilishi yuzasidan vujudga kelgan masalalarni muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B) Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yoʻllari va vositalarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V) Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida yangi hamkorlik sohalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiya Ahdlashuvchi Tomonlarga qulay va oʻzaro kelishilgan muddatda chaqiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiyaning qarorlari uchrashuv bayonotiga kiritiladi va har bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu qarorlarning bajarilishi uchun zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 - modda
Muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining pozitsiyalarini ixtisoslashgan xalqaro turizm tashkilotlarining uchrashuvlari, konferensiyalari va forumlarida muvofiqlashtirib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 - modda
Boshqa kelishuvlarga munosabat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Anglashuv memorandumi yoki uning doirasida imzolangan boshqa hujjatlar Ahdlashuvchi Tomonlar ishtirok etgan boshqa bitim yoki konvensiyalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 - modda
Nizolarning hal qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Anglashuv memorandumining bajarilishi yuzasidan kelib chiqadigan barcha nizo yoki kelishmovchiliklar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida oʻzaro muzokara va maslahatlashuvlar orqali hal qilinadi. Bu tarzda amalga oshirilishining imkoniyati boʻlmasa nizolar diplomatik yoʻllar bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8 - modda
Memorandumga oʻzgartirishlar kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Anglashuv memorandumiga uning amaldagi muddati davomida Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida oʻzaro yozma holda nomalar almashinish yoʻli bilan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunday oʻzgartirishlar ushbu Anglashuv memorandumida koʻrsatilgan qonuniy tartibda kuchga kiradi. Har qanday oʻzgartirishlar ushbu Anglashuv memorandumidan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9 - modda
Kuchga kirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Anglashuv memorandumi imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va besh (5) yil davomida amal qiladi. Agar tomonlarning biri Memorandum muddati tugashidan olti (6) oy oldin yozma ravishda uning faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etmasa, ushbu Memorandumning muddati oʻz-oʻzidan keyingi besh (5) yillik muddatlarga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Memorandum muddatining tugatilishi uning amal qilish vaqtida boshlangan va tugatilmagan tadbirlardan kelib chiqadigan majburiyatlarning tugallanishiga taʼsir koʻrsatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni tasdiqlab, oʻz Hukumatlari tomonidan tegishli vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar ushbu Anglashuv memorandumini imzoladilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doha shahrida Hijriy 1431 12/18 da 2010-yil 24-noyabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, ingliz tilidagi matnga murojaat qilinadi.

(imzolar)