Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, 24.09.2012 yildagi O‘RQ-336-son
Кучга кириш санаси
25.09.2012
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 21.04.2021 sanasi holatiga | Hujjat 07.06.2022 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni |
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA | XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA |
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 19-iyulda qabul qilingan Senat tomonidan 2012-yil 30-avgustda maʼqullangan | Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 19-iyulda qabul qilingan Senat tomonidan 2012-yil 30-avgustda maʼqullangan |
1-bob. Umumiy qoidalar | 1-bob. Umumiy qoidalar |
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi |
Ushbu Qonunning maqsadi xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | Ushbu Qonunning maqsadi xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. |
2-modda. Xususiy mulk huquqi | 2-modda. Xususiy mulk huquqi |
Xususiy mulk huquqi shaxsning qonunchilikka muvofiq qoʻlga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. | Xususiy mulk huquqi shaxsning qonunchilikka muvofiq qoʻlga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. |
Xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi. | Xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi. |
Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir. | Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir. |
Davlat xususiy mulkning but saqlanishini taʼminlash va uning koʻpaytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi. | Davlat xususiy mulkning but saqlanishini taʼminlash va uning koʻpaytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi. |
Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina oʻz mol-mulkidan mahrum etilishi mumkin. | Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina oʻz mol-mulkidan mahrum etilishi mumkin. |
3-modda. Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik | 3-modda. Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. | Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
4-modda. Xususiy mulk huquqini amalga oshirish | 4-modda. Xususiy mulk huquqini amalga oshirish |
Mulkdor oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz xohishiga koʻra hamda oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor oʻz mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli. U oʻz mol-mulkidan xoʻjalik faoliyatini va qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkin. Mol-mulkdan foydalanish fuqarolarning, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi, atrof-muhitga zarar yetkazmasligi kerak. | Mulkdor oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz xohishiga koʻra hamda oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor oʻz mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli. U oʻz mol-mulkidan xoʻjalik faoliyatini va qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkin. Mol-mulkdan foydalanish fuqarolarning, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi, atrof-muhitga zarar yetkazmasligi kerak. |
Barcha mulkdorlarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda teng sharoitlar taʼminlanadi. | Barcha mulkdorlarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda teng sharoitlar taʼminlanadi. |
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mutlaq huquqlarning egalari va tijorat sirining egalari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan huquqlar va kafolatlardan foydalanadi. | Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mutlaq huquqlarning egalari va tijorat sirining egalari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan huquqlar va kafolatlardan foydalanadi. |
5-modda. Xususiy mulk huquqining muddatsizligi | 5-modda. Xususiy mulk huquqining muddatsizligi |
Xususiy mulk huquqi muddatsizdir. Mulkdorga mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish muddati belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Xususiy mulk huquqi muddatsizdir. Mulkdorga mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish muddati belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
6-modda. Buzilgan xususiy mulk huquqining tiklanishi | 6-modda. Buzilgan xususiy mulk huquqining tiklanishi |
Davlat buzilgan xususiy mulk huquqining tiklanishini va uning sud orqali himoya qilinishini kafolatlaydi. | Davlat buzilgan xususiy mulk huquqining tiklanishini va uning sud orqali himoya qilinishini kafolatlaydi. |
Mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni uni yetkazgan shaxs tomonidan qonunchilikka muvofiq toʻla hajmda qoplanishi kerak. | Mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni uni yetkazgan shaxs tomonidan qonunchilikka muvofiq toʻla hajmda qoplanishi kerak. |
7-modda. Mulkdor huquqlarining ustuvorligi | 7-modda. Mulkdor huquqlarining ustuvorligi |
Mulkdorning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarida mulkdor huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi, unga muvofiq qonunchilikdagi xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning foydasiga talqin etiladi. | Mulkdorning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarida mulkdor huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi, unga muvofiq qonunchilikdagi xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning foydasiga talqin etiladi. |
2-bob. Xususiy mulkni himoya qilish | 2-bob. Xususiy mulkni himoya qilish |
8-modda. Xususiy mulk huquqini himoya qilish usullari | 8-modda. Xususiy mulk huquqini himoya qilish usullari |
Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi: | Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi: |
xususiy mulk huquqini tan olish; | xususiy mulk huquqini tan olish; |
xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tugʻdiradigan harakatlarning oldini olish; | xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tugʻdiradigan harakatlarning oldini olish; |
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash; | bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash; |
davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish; | davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish; |
xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishi; | xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishi; |
burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish; | burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish; |
zararning oʻrnini qoplash; | zararning oʻrnini qoplash; |
neustoyka undirish; | neustoyka undirish; |
maʼnaviy ziyonni qoplash; | maʼnaviy ziyonni qoplash; |
xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash; | xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash; |
davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qonunga zid boʻlgan hujjatining sud tomonidan qoʻllanilmasligi; | davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qonunga zid boʻlgan hujjatining sud tomonidan qoʻllanilmasligi; |
mol-mulkning ayrim turlariga boʻlgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, oʻzgarganligini va bekor qilinganligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish. | mol-mulkning ayrim turlariga boʻlgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, oʻzgarganligini va bekor qilinganligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish. |
Xususiy mulk huquqini himoya qilish qonunga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. | Xususiy mulk huquqini himoya qilish qonunga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. |
9-modda. Davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish | 9-modda. Davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish |
Davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qonunchilikka muvofiq boʻlmagan va xususiy mulk huquqini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. | Davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qonunchilikka muvofiq boʻlmagan va xususiy mulk huquqini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. |
10-modda. Xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishi | 10-modda. Xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishi |
Xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishiga yoʻl qoʻyiladi. | Xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishiga yoʻl qoʻyiladi. |
Xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishi usullari huquq buzilishiga mutanosib boʻlishi va huquq buzilishining oldini olish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib ketmasligi kerak. | Xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishi usullari huquq buzilishiga mutanosib boʻlishi va huquq buzilishining oldini olish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib ketmasligi kerak. |
11-modda. Mulkdorlar huquqlarini himoya qilishda teng huquqlilik | 11-modda. Mulkdorlar huquqlarini himoya qilishda teng huquqlilik |
Mulkdorlarga xususiy mulk huquqini himoya qilish uchun davlat tomonidan teng sharoitlar taʼminlanadi. | Mulkdorlarga xususiy mulk huquqini himoya qilish uchun davlat tomonidan teng sharoitlar taʼminlanadi. |
12-modda. Xususiy mulk huquqini amalga oshirishga davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligi | 12-modda. Xususiy mulk huquqini amalga oshirishga davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligi |
Xususiy mulk huquqini amalga oshirishga davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi. | Xususiy mulk huquqini amalga oshirishga davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi. |
13-modda. Xususiy mulkka tajovuz qilishga yoʻl qoʻyilmasligi | 13-modda. Xususiy mulkka tajovuz qilishga yoʻl qoʻyilmasligi |
Xususiy mulkka tajovuz qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Xususiy mulkka tajovuz qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Qonunga xilof ravishda xususiy mulk huquqini cheklashga va (yoki) undan mahrum qilishga bevosita yoki bilvosita qaratilgan harakatlarga yoʻl qoʻyilmaydi. | Qonunga xilof ravishda xususiy mulk huquqini cheklashga va (yoki) undan mahrum qilishga bevosita yoki bilvosita qaratilgan harakatlarga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Nomaqbulligi oldindan maʼlum boʻlgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan undan mol-mulkni, moliyaviy mablagʻlarni yoki boshqa mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish taqiqlanadi. | Nomaqbulligi oldindan maʼlum boʻlgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan undan mol-mulkni, moliyaviy mablagʻlarni yoki boshqa mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish taqiqlanadi. |
Mulkdorning xoʻjalik faoliyatiga pirovard natijada uning mol-mulki tortib olinishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan yoxud mulkdorni oʻz mulkiga boʻlgan huquqidan voz kechishga majbur qiladigan qonunga xilof ravishdagi aralashuv taqiqlanadi. | Mulkdorning xoʻjalik faoliyatiga pirovard natijada uning mol-mulki tortib olinishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan yoxud mulkdorni oʻz mulkiga boʻlgan huquqidan voz kechishga majbur qiladigan qonunga xilof ravishdagi aralashuv taqiqlanadi. |
Xususiy mulkka tajovuz qilish qonunga binoan taʼqib qilinadi. | Xususiy mulkka tajovuz qilish qonunga binoan taʼqib qilinadi. |
14-modda. Davlat organlari va boshqa organlar yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash | 14-modda. Davlat organlari va boshqa organlar yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash |
Davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yoki ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi va boshqa organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka muvofiq boʻlmagan hujjat chiqarilishi natijasida mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni davlat va boshqa organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qoplanishi kerak. Davlat organlari va boshqa organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash sud qarori bilan shu mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin. | Davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yoki ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi va boshqa organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka muvofiq boʻlmagan hujjat chiqarilishi natijasida mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni davlat va boshqa organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qoplanishi kerak. Davlat organlari va boshqa organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash sud qarori bilan shu mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin. |
15-modda. Davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish | 15-modda. Davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish |
Mulkdor davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining xususiy mulk huquqining amalga oshirilishi bilan bogʻliq qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan, oʻz xohishiga koʻra, boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud sudga shikoyat qilish huquqiga ega. | Mulkdor davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining xususiy mulk huquqining amalga oshirilishi bilan bogʻliq qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan, oʻz xohishiga koʻra, boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud sudga shikoyat qilish huquqiga ega. |
Boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat berish bunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi. | Boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat berish bunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi. |
Mulkdor xususiy mulk huquqining amalga oshirilishi bilan bogʻliq oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat etganida davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi. | Mulkdor xususiy mulk huquqining amalga oshirilishi bilan bogʻliq oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat etganida davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi. |
3-bob. Mulkdorlar huquqlarining kafolatlari | 3-bob. Mulkdorlar huquqlarining kafolatlari |
16-modda. Undiruvni mol-mulkka qaratish yoʻli bilan mol-mulk olib qoʻyilayotganda mulkdor huquqlarining kafolatlari | 16-modda. Undiruvni mol-mulkka qaratish yoʻli bilan mol-mulk olib qoʻyilayotganda mulkdor huquqlarining kafolatlari |
Mulkdorning majburiyatlari boʻyicha undiruv mol-mulkka qaratilgan taqdirda, uning olib qoʻyilishiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi. | Mulkdorning majburiyatlari boʻyicha undiruv mol-mulkka qaratilgan taqdirda, uning olib qoʻyilishiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi. |
17-modda. Mulkdorning mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinayotganda uning huquqlari kafolatlari | 17-modda. Mulkdorning mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinayotganda uning huquqlari kafolatlari |
Xususiy mulk boʻlgan mol-mulk natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. | Xususiy mulk boʻlgan mol-mulk natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. |
Xususiy mulk boʻlgan mol-mulkni, shu jumladan yer uchastkasini natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib qoʻyish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek bunday olib qoʻyish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni toʻla qoplanishi sharti bilangina amalga oshiriladi. | Xususiy mulk boʻlgan mol-mulkni, shu jumladan yer uchastkasini natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib qoʻyish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek bunday olib qoʻyish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni toʻla qoplanishi sharti bilangina amalga oshiriladi. |
Mulkdor xususiy mulk boʻlgan mol-mulkini natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli. | Mulkdor xususiy mulk boʻlgan mol-mulkini natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli. |
18-modda. Qonunga muvofiq oʻziga tegishli boʻlolmaydigan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi bekor qilinganda mulkdor huquqlarining kafolatlari | 18-modda. Qonunga muvofiq oʻziga tegishli boʻlolmaydigan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi bekor qilinganda mulkdor huquqlarining kafolatlari |
Agar qonunga asosan shaxsga tegishli boʻlolmaydigan mol-mulk uning mulki boʻlib qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi sud tartibida bekor qilinib, olib qoʻyilgan mol-mulkning qiymati shaxsga toʻlanadi. | Agar qonunga asosan shaxsga tegishli boʻlolmaydigan mol-mulk uning mulki boʻlib qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi sud tartibida bekor qilinib, olib qoʻyilgan mol-mulkning qiymati shaxsga toʻlanadi. |
19-modda. Mulk huquqi mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan holda bekor qilinganda uning huquqlari kafolatlari | 19-modda. Mulk huquqi mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan holda bekor qilinganda uning huquqlari kafolatlari |
Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga faqatgina qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyilib, bunda mulkdorga olib qoʻyilgan mol-mulkka teng mol-mulk mulk huquqi asosida beriladi va u koʻrgan boshqa zararlarning oʻrni qoplanadi yoki mulk huquqi bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni toʻla hajmda qoplanadi. | Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi. Bunda yetkazilgan zararning oʻrni egalik qiluvchiga toʻliq qoplanishi kerak. |
Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori, shu jumladan, yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishi mulkdorning roziligi bilan qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori, shu jumladan, yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishi mulkdorning roziligi bilan qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimlarining olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarori faqat adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda qabul qilinadi. Yer uchastkasini olib qoʻyish tashabbuskori hamda olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektining mulkdori oʻrtasida tuziladigan, yer uchastkasini olib qoʻyish munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarning zararlari, shu jumladan boy berilgan foydasi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xarajatlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi kelishuv majburiy ravishda notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimlarining olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarori faqat adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda qabul qilinadi. Yer uchastkasini olib qoʻyish tashabbuskori hamda olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektining mulkdori oʻrtasida tuziladigan, yer uchastkasini olib qoʻyish munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarning zararlari, shu jumladan boy berilgan foydasi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xarajatlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi kelishuv majburiy ravishda notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. |
Koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektining mulkdoriga kelishuvda, nizo mavjud boʻlgan taqdirda esa sud qarorida belgilangan jismoniy va yuridik shaxslarning zararlari, shu jumladan boy berilgan foydasi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari qoplanganidan soʻng yoʻl qoʻyiladi. | Koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektining mulkdoriga kelishuvda, nizo mavjud boʻlgan taqdirda esa sud qarorida belgilangan jismoniy va yuridik shaxslarning zararlari, shu jumladan boy berilgan foydasi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari qoplanganidan soʻng yoʻl qoʻyiladi. |
Yer uchastkasini olib qoʻyish va uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qoʻporib tashlash toʻgʻrisidagi qaror aholi punktlarining bosh rejalariga, shuningdek turar joy dahalari hamda kichik dahalarini batafsil rejalashtirish va qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi. | Yer uchastkasini olib qoʻyish va uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qoʻporib tashlash toʻgʻrisidagi qaror aholi punktlarining bosh rejalariga, shuningdek turar joy dahalari hamda kichik dahalarini batafsil rejalashtirish va qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi. |
Olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qoʻporib tashlashga zararning oʻrni bozor qiymati boʻyicha oldindan va toʻla qoplanmagunga qadar yoʻl qoʻyilmaydi. | Olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qoʻporib tashlashga zararning oʻrni bozor qiymati boʻyicha oldindan va toʻla qoplanmagunga qadar yoʻl qoʻyilmaydi. |
Davlat organlari uyning, boshqa imoratlarning, inshootlarning yoki dov-daraxtlarning mulkdorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida buzib tashlash boshlanishidan kamida olti oy oldin, bildirishnomaga tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorining koʻchirma nusxasini ilova qilgan holda yozma ravishda (imzo qoʻydirib) xabardor qilishi shart. | Davlat organlari uyning, boshqa imoratlarning, inshootlarning yoki dov-daraxtlarning mulkdorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida buzib tashlash boshlanishidan kamida olti oy oldin, bildirishnomaga tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorining koʻchirma nusxasini ilova qilgan holda yozma ravishda (imzo qoʻydirib) xabardor qilishi shart. |
Olib qoʻyilayotgan yer uchastkalaridagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni baholash baholovchi tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda xususiy mulk huquqi bekor qilinayotganda olib qoʻyilayotgan mol-mulkning qiymati ana shu mol-mulk bevosita olib qoʻyilishidan oldingi paytdagi yoki olib qoʻyilishi haqidagi xabar mol-mulkning qiymatiga taʼsir koʻrsatgan paytdagi holatga koʻra baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadi. | Olib qoʻyilayotgan yer uchastkalaridagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni baholash baholovchi tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda xususiy mulk huquqi bekor qilinayotganda olib qoʻyilayotgan mol-mulkning qiymati ana shu mol-mulk bevosita olib qoʻyilishidan oldingi paytdagi yoki olib qoʻyilishi haqidagi xabar mol-mulkning qiymatiga taʼsir koʻrsatgan paytdagi holatga koʻra baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadi. |
Yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorga buzib tashlanayotgan mol-mulkning oʻrnini qoplash, buzib tashlanayotgan uyning mulkdoriga turar joy berish, buzib tashlanayotgan uy oʻrniga yakka tartibda uy-joy qurishi uchun fuqaroga yer uchastkasi berish, yer uchastkasi va boshqa mol-mulk olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi va shartlari qonunchilikda belgilanadi. | Yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorga buzib tashlanayotgan mol-mulkning oʻrnini qoplash, buzib tashlanayotgan uyning mulkdoriga turar joy berish, buzib tashlanayotgan uy oʻrniga yakka tartibda uy-joy qurishi uchun fuqaroga yer uchastkasi berish, yer uchastkasi va boshqa mol-mulk olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi va shartlari qonunchilikda belgilanadi. |
Mulkdor xususiy mulk huquqining bekor qilinishiga olib keladigan qarorga rozi boʻlmagan taqdirda, bu qaror sud tomonidan nizo hal etilguniga qadar amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash masalalari ham nizoni koʻrib chiqishda hal etiladi. | Mulkdor xususiy mulk huquqining bekor qilinishiga olib keladigan qarorga rozi boʻlmagan taqdirda, bu qaror sud tomonidan nizo hal etilguniga qadar amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash masalalari ham nizoni koʻrib chiqishda hal etiladi. |
20-modda. Mol-mulkni boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olish | 20-modda. Mol-mulkni boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olish |
Mulkdor oʻz mol-mulkini boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olishga haqli. Mazkur huquqni amalga oshirishda davlat organlari mulkdorga koʻmaklashishi shart. | Mulkdor oʻz mol-mulkini boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olishga haqli. Mazkur huquqni amalga oshirishda davlat organlari mulkdorga koʻmaklashishi shart. |
21-modda. Mulkdorning huquqlarini egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan huquqbuzarliklardan himoya qilish | 21-modda. Mulkdorning huquqlarini egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan huquqbuzarliklardan himoya qilish |
Mulkdor oʻz huquqlarining har qanday buzilishi, garchi bu buzilishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham, bartaraf etilishini talab qilishi mumkin. Mazkur huquqni amalga oshirishda davlat organlari mulkdorga koʻmaklashishi shart. | Mulkdor oʻz huquqlarining har qanday buzilishi, garchi bu buzilishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham, bartaraf etilishini talab qilishi mumkin. Mazkur huquqni amalga oshirishda davlat organlari mulkdorga koʻmaklashishi shart. |
22-modda. Xususiy mulk huquqining qonunga muvofiq bekor boʻlishi oqibatlari | 22-modda. Xususiy mulk huquqining qonunga muvofiq bekor boʻlishi oqibatlari |
Xususiy mulk huquqini bekor qiladigan qonun qabul qilingan taqdirda, ushbu qonunni qabul qilish natijasida mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni, shu jumladan mol-mulkning bozor qiymati davlat tomonidan toʻla hajmda qoplanadi. Zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi. | Xususiy mulk huquqini bekor qiladigan qonun qabul qilingan taqdirda, ushbu qonunni qabul qilish natijasida mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni, shu jumladan mol-mulkning bozor qiymati davlat tomonidan toʻla hajmda qoplanadi. Zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi. |
23-modda. Xususiy mulk munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjati qabul qilingandagi kafolatlar | 23-modda. Xususiy mulk munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjati qabul qilingandagi kafolatlar |
Xususiy mulk munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjati mulkdorning huquqiy holatini yomonlashtirgan yoki mulkdorga qoʻshimcha majburiyatlar yuklagan taqdirda, orqaga qaytish kuchiga ega emas. | Xususiy mulk munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjati mulkdorning huquqiy holatini yomonlashtirgan yoki mulkdorga qoʻshimcha majburiyatlar yuklagan taqdirda, orqaga qaytish kuchiga ega emas. |
24-modda. Mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarining qayta koʻrib chiqilishiga hamda bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligi | 24-modda. Mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarining qayta koʻrib chiqilishiga hamda bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligi |
Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish jarayonida vujudga kelgan xususiy mulk daxlsizdir. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi. | Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish jarayonida vujudga kelgan xususiy mulk daxlsizdir. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi. |
Quyidagi koʻchar va koʻchmas mol-mulk davlat tasarrufidan chiqarilgan hamda xususiylashtirilgan korxonalarning mol-mulki deb eʼtirof etiladi (qonunga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno): | Quyidagi koʻchar va koʻchmas mol-mulk davlat tasarrufidan chiqarilgan hamda xususiylashtirilgan korxonalarning mol-mulki deb eʼtirof etiladi (qonunga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno): |
davlat tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirilgan korxonalarda davlat mol-mulkini xususiylashtirishni amalga oshirish paytida aniqlanmagan koʻchar va koʻchmas mol-mulk; | davlat tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirilgan korxonalarda davlat mol-mulkini xususiylashtirishni amalga oshirish paytida aniqlanmagan koʻchar va koʻchmas mol-mulk; |
korxona hududida joylashgan, davlat tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirishni amalga oshirish paytida tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan koʻchar va koʻchmas mol-mulk. | korxona hududida joylashgan, davlat tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirishni amalga oshirish paytida tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan koʻchar va koʻchmas mol-mulk. |
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan obyektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta koʻrib chiqish, haqiqiy emas deb topish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish taqiqlanadi. | Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan obyektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta koʻrib chiqish, haqiqiy emas deb topish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish taqiqlanadi. |
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mulk huquqi kafolatlari | 25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mulk huquqi kafolatlari |
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng ravishda mulk huquqidan foydalanadi. | Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng ravishda mulk huquqidan foydalanadi. |
4-bob. Yakunlovchi qoidalar | 4-bob. Yakunlovchi qoidalar |
26-modda. Nizolarni hal etish | 26-modda. Nizolarni hal etish |
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari sohasida yuzaga kelgan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. | Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari sohasida yuzaga kelgan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. |
27-modda. Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik | 27-modda. Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik |
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. | Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. |
28-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish | 28-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: |
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; | hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; |
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. | davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. |
29-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi | 29-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi |
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2012-yil 24-sentabr, | 2012-yil 24-sentabr, |
OʻRQ–336-son | OʻRQ–336-son |