24.09.2012 yildagi PQ-1822-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.09.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikamizda kuchli maktabga ega boʻlgan hamda Olimpiya oʻyinlari va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sport kurashini olimpiya sport turlaridan biri sifatida yanada keng rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni erkin va yunon-rum kurashi bilan muntazam shugʻullanishga faol jalb etish, ularning sport mahoratini oshirish hamda trener kadrlarning salohiyatini rivojlantirish, shu asosda mamlakatimiz terma jamoalari uchun ishonchli zaxirani shakllantirish borasida zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining Toshkent shahrida Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi idoraviy sport kompleksiga tegishli binolar va inshootlarning bir qismi negizida erkin va yunon-rum kurashi boʻyicha yosh isteʼdodli kurashchilarni tanlab olish va tayyorlash bilan shugʻullanadigan oʻz internatiga ega boʻlgan sport-sogʻlomlashtirish muassasasi sifatida tashkil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining umumiy kontingenti 60 nafar oʻquvchini tashkil qiladi, ular turarjoy, toʻrt mahal ovqat, sport ekipirovkasi hamda maxsus kiyim-bosh, sport uskunalari va anjomlari bilan taʼminlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlgan taqdirda sport kurashi boʻyicha xorijiy trenerlar va mutaxassislarni taklif qilgan holda, kurashchilarni sport kurashi sohasidagi eng yangi ilmiy-metodik tavsiyanomalar asosida tayyorlash boʻyicha oʻquv-mashq jarayonini yuqori darajada tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazariy tayyorgarlik va texnik-taktik koʻnikmalarni takomillashtirish, oʻquvchilarning professional qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek zamonaviy sport kurashini rivojlantirishning xalqaro talablariga muvofiq holda Oʻzbekiston terma jamoalarini tayyorlash darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan kurash usullari xalqaro federatsiyasi (FILA) trenerlarini oʻqitish dasturlaridan foydalangan holda, Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi trenerlarining malakasini tizimli asosda oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi-kurashchilar va trenerlar tarkibining professional mahoratini oshirish uchun tajriba almashish borasida sport kurashi boʻyicha xorijiy maktablar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport kurashlari assotsiatsiyasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylar mablagʻlari va xalqaro tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri hokimligi bir oy muddatda Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shohkoʻchasida joylashgan sport kompleksining tegishli binolari va inshootlarini, boshqa mulklarini, “Dinamo” stadionini Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining balansiga belgilangan tartibda bepul oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining tuzilmasini va maktabga oʻquvchilarni tanlov asosida qabul qilish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi oʻquvchilarining yashab turishi uchun jihozlar, oziq-ovqat, shuningdek sport ekipirovkasi va kiyim-bosh bilan taʼminlash normativlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi uchun oʻquv-mashgʻulot, sport va xoʻjalik uskunalari, jihozlar, zamonaviy kompyuter texnikasi, texnik hamda transport vositalari, shuningdek boshqa mulklarning zarur roʻyxatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi uchun oʻquv-mashgʻulot korpusining qurilishini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Sport kurashlari assotsiatsiyasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda belgilangan tartibda Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining Nizomi tasdiqlanishini, shuningdek uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlanishini, oʻquv xonalarining zarur oʻquv-metodik adabiyotlar bilan jihozlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, erkin va yunon-rum kurashi boʻyicha yosh kurashchilarni tayyorlash dasturi tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi oʻquvchilari tayyorgarligining sifati muntazam ravishda monitoring qilib borilishi va zarur hollarda tayyorgarlik jarayoniga tegishli tuzatishlar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Sport kurashlari assotsiatsiyasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga tizimli asosda tashkiliy va oʻquv-metodik yordam koʻrsatish hamda uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini kerakli oʻquv-mashq va sport uskunalari, mebel va anjomlar, zamonaviy kompyuter texnikasi, texnik va transport vositalari hamda boshqa mol-mulk bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini homiylar bilan birgalikda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda, Birlashgan kurash usullari xalqaro federatsiyasi trenerlarini oʻqitish dasturlaridan foydalangan holda, Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi trenerlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining oʻquv-mashgʻulot jarayoniga Federatsiyaning kadrlar va oʻquv-metodik salohiyati jalb etilishini taʼminlash tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga muvofiq, 2013-yildan boshlab har yili, Davlat budjeti parametrlarida Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini tashkil qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish hamda uning joriy taʼminoti bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 ta xizmat avtotransporti, shu jumladan, bitta avtobus taʼminoti uchun limit belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 24-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1822-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 39-son, 448-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda)