Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining
Qarori
YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARINI “QAMCHIQ” DOVONIDAN OʻTISHI VA HARAKATLANISHI USTIDAN NAZORAT QILISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2391]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-iyuldagi 204-son “Qamchiq” dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 28-son, 319-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi qaror qiladi:
1. Yuk avtotransport vositalarini “Qamchiq” dovonidan oʻtishi va harakatlanishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2012-yil 3-avgust,
28-son
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 3-avgust,
5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2012-yil 3-avgustdagi 28, 5-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Yuk avtotransport vositalarini “Qamchiq” dovonidan oʻtishi va harakatlanishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida xavfsizlikni taʼminlash va tashkillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 52-son, 562-modda) va 2012-yil 10-iyuldagi 204-son “Qamchiq” dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 28-son, 319-modda) qarorlariga muvofiq yuk tashiyotgan yuk avtotransport vositalarini “Qamchiq” dovoniga kirishi hamda unda harakatlanishi ustidan nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222–II-son “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 14-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 272-modda) muvofiq tijorat asosida amalga oshiriladigan yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati litsenziyalanishi lozim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarori bilan tasdiqlangan Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalariga (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida kelishilgan aniq yoʻnalish boʻyicha katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashish maxsus ruxsatnoma orqali amalga oshiriladi.
3. Xavfli yuklarni tashish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 59-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari hamda mazkur Nizom talablarini inobatga olgan xolda amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-iyuldagi 204-son “Qamchiq” dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq yuk avtotransport vositasining foydalanish muddati:
25 yil va undan ortiq boʻlsa — 2012-yil 1-oktabrdan;
20 yil va undan ortiq boʻlsa — 2014-yil 1-iyuldan;
15 yil va undan ortiq boʻlsa — 2016-yil 1-iyuldan boshlab ushbu avtotransport vositasida “Qamchiq” dovoni orqali yuklarni tashish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II bob. Yuk avtotransport vositalarining “Qamchiq” dovoniga kirishi
5. Yuk avtotransport vositalari “Qamchiq” dovoniga kirishidan oldin majburiy tartibda gabarit va vazn oʻlchamlari tekshiruvidan oʻtadi.
6. Yuk avtotransport vositalarini, shuningdek ularga ortilgan yuk gabariti va vazni oʻlchamlarini tekshirish hamda nazorat qilish A-373 “M-39 Guliston — Boʻka — Angren — Qoʻqon Andijon orqali — Oʻsh avtoyoʻli” avtomobil yoʻlining 185 va 273-kilometrlarida zamonaviy texnologik qurilmalar bilan jihozlangan nazorat punktlari qurib bitkazilgunga qadar ushbu avtomobil yoʻlining 193 va 268-kilometrlaridagi “Chinor” va “Namangan” muntazam yoʻl-patrul xizmati maskanlarida “Oʻzavtoyoʻl” DAK hamda Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (bundan buyon matnda IIV DYHXX deb yuritiladi) tomonidan hamkorlikda amalga oshiriladi. Bunda quyidagilarga jiddiy eʼtibor qaratiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
haydovchining tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasi va yuk tashishga taalluqli hujjatlari borligiga;
yoʻl varaqasida haydovchi tibbiy, yuk avtotransport vositasi esa texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi belgi borligiga;
yuk avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan yiliga va uning texnik holatiga;
ortilgan yuk gabariti va vazn oʻlchamlariga.
7. A-373 “M-39 Guliston — Boʻka — Angren — Qoʻqon Andijon orqali — Oʻsh avtoyoʻli” avtomobil yoʻlining 185 va 273-kilometrlaridagi nazorat punktlari qurib bitkazilganidan keyin yuk avtotransport vositalari, shuningdek ularga ortilgan yuk gabariti va vazn oʻlchamlari “Oʻzavtoyoʻl” DAK tomonidan tekshiriladi va nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. “Angren — Pop — Angren” yoʻnalishida neft mahsulotlarini maxsus kuzatuv avtomobillari yordamida tashiyotgan “Avtonefttrans” avtomobil transport jamlamasiga qarashli yuk avtotransport vositalariga ortilgan yuk gabariti va vazn oʻlchamlarini tekshirish “Angren — Pop” terminallardan foydalanish direksiyasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. “Qamchiq” dovoni orqali katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashiyotgan har bir yuk avtotransport vositasi “Oʻzavtoyoʻl” DAKning “Qamchiqavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish korxonasi tomonidan yuritiladigan maxsus kitobda qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni “Qamchiq” dovoni orqali maxsus ruxsatnomasiz olib oʻtish qatʼiyan man etiladi.
11. Yuk avtotransport vositasida uning texnik koʻrsatkichiga nisbatan ortiqcha vazndagi yuklar boʻlsa, yuk tashuvchi (yoki yuk egasi) tomonidan ortiqcha yukning tushirilishi yoki boshqa transport vositasiga ortilishi taʼminlanadi.
III bob. Yuk avtotransport vositalarining “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanishi
12. Yuk avtotransportida harakatlanayotganda yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilinishi lozim.
Bunda:
harakat xavfsizligi taʼminlanishi;
ikki yoki undan ortiq yuk avtotransport vositasida yuk tashishda, qonunchilikda belgilangan (yoki zaruriyat boʻlgan) hollarda oʻrnatilgan tartibda toʻlov asosida IIV DYHXX patrul avtomobili kuzatuvi ostida harakatlanishi;
katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashishni kunning faqat yorugʻ vaqtida amalga oshirilishi kerak.
13. “Avtopoyezd” taniqlik belgisi avtopoyezd harakatlanayotganda, kunning qorongʻi vaqtida esa yoʻlda toʻxtash va toʻxtab turish paytida ham yoqib qoʻyilishi kerak.
14. Yuk avtotransport vositasi haydovchisi “Qamchiq” dovoni orqali:
kolonna tarkibida harakatlanish zaruriyati tugʻilganida yaqinni yorituvchi faralar yoqilgan va uzatma yoki tishlashish mexanizmini ajratmagan holatda (soatiga 40 kilometrdan yuqori boʻlmagan tezlikda) harakatlanadi hamda yuk avtotransport vositasini toʻla toʻxtatish yoki boshqa harakat qatnashchilariga xavfsiz aylanib oʻtish imkonini beradigan oraliq masofani taʼminlaydi;
yoʻnalish boʻylab faqat oʻng tarafdagi (chetki) boʻlakdan harakatlanadi, avtotransport vositalarini quvib oʻtmaydi (yoʻl chetida turgan avtotransport vositalarini aylanib oʻtish holatlaridan tashqari);
yuk bilan ketayotganida boshqa avtotransport vositalarini shatakka olmasdan harakatlanadi;
tonnellar orqali bitta-bittadan oʻtadi;
texnik nosozlik yuz berganida, yuk avtotransport vositasini xavfsiz maydonlarga (iloji boʻlmagan hollarda yoʻlning qatnov qismidan chetga) chiqarib toʻxtatadi;
yuk avtotransport vositasining toʻxtatish tizimi ishlamay qolganida “falokatli holatlar uchun kirish yoʻli”dan foydalanadi.
IV bob. Yakuniy qoidalar
15. Ushbu Nizomda belgilangan talablarni buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Ushbu Nizom “Oʻzavtoyoʻl” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzavtoyoʻl” DAK raisi M. ABDULLAYEV
2012-yil 3-avgust,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 38-son, 443-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2018-y., 10/18/2391-1/1484-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)