1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.78.00 (Кучини йукотган) Taʼlimning boshqa turlari. Qoʻshimcha (maktabdan tashqari) taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 13-avgustdagi 170-son qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi 2007-yil 28-dekabrdagi Bitimga muvofiq tashkil etilgan Toshkent shahridagi Kasb-hunarga oʻqitish markazining samarali faoliyatini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 360 oʻquvchi oʻrniga va 100 oʻrinli yotoqxonaga ega boʻlgan Toshkent shahridagi Kasb-hunarga oʻqitish markazining qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda kasb-hunarga oʻqitilganligi toʻgʻrisidagi diplom va qisqa muddatli kurslarni oʻtaganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning davlat namunalari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning oʻqituvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining lavozim maoshlariga aniq miqdori Markaz rahbariyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadigan, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga 70 foizgacha miqdorda doimiy ustama belgilash toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pulli qisqa muddatli kurslar tashkil etishdan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlar hisobiga shakllantiriladigan Markazni moddiy-texnik rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning rahbarlari, oʻqituvchilari, ustalari va boshqa xodimlariga kasb-hunar kollejlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan oʻquvchilarga bevosita Markazda bepul oʻqigan davrida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorida, biroq 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga stipendiya toʻlanadi;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash davrida ularga ishlab chiqarish amaliyoti dasturlariga muvofiq ularning ishlab chiqarish amaliyotini taʼminlaydigan haq toʻlanadigan ish joylari taqdim etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ikki hafta muddatda Markaz ustaviga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin hamda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishgan holda Oʻquvchilarni 1 yilgacha muddatga bepul oʻqitishga qabul qilish va ularni qayta tayyorlash hamda kirish malaka imtihonlari (testlari)ni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, bunda qabul oʻqiyotganlarni ishga joylashtirishni kafolatlovchi uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, jismoniy shaxs) shartnoma mavjud boʻlganda, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari yoʻllanmasi boʻyicha tanlov asosida amalga oshirilishi nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan daromad normativini belgilashni hisobga olgan holda qisqa muddatli oʻqitish boʻyicha pulli xizmatlarning qiymatini shakllantirish metodikasini aniqlashni nazarda tutuvchi Markazning moddiy-texnikani rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi taʼlim muassasalari uchun belgilangan pedagogik va oʻquv ishlab chiqarish normalaridan kelib chiqqan holda Markazning shtat jadvalini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Mehnat vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Markaz ishida qatnashadigan koreys mutaxassislariga koʻp martalik kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda )
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Mehnat vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Markaz ishida qatnashadigan koreys mutaxassislariga belgilangan tartibda koʻp martalik kirish vizalari berilishi va ularning muddati uzaytirilishi, shuningdek ularning vaqtinchalik yashash joylarida vaqtincha propiskaga qoʻyilishi va vaqtincha propiska muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda )
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi belgilangan tartibda koreys mutaxassislarini Markazda ishlashga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda )
20____ yildan 20 ______ yilgacha davrda Toshkent shahridagi Kasb-hunarga oʻqitish markazida _________________________________________________
__________________________________________________ mutaxassisligi boʻyicha oʻqidi. Oʻqish jarayonida quyidagi fanlarni oʻqidi va quyidagi baholarni oldi:
T/r
Fanlar nomi
Oʻquv rejasi boʻyicha belgilangan soatlar soni
Olingan reyting bali
I. UMUMIY FANLAR
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
II. MAXSUS FANLAR
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
III. YAKUNIY ATTESTATSIYA
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Direktor
Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari