11.09.2012 yildagi O‘RQ-332-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.09.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MARDLIK” ORDENINI TAʼSIS ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 8-avgustda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2012-yil 30-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. “Mardlik” ordeni taʼsis etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. “Mardlik” ordeni toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. “Mardlik” ordenining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi 176–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda; 1996-yil, № 5–6, 63-modda, № 9, 120-modda; 1998-yil, № 9, 163-modda; 2000-yil, № 7–8, 202-modda; 2003-yil, № 9–10, 140, 149-moddalar; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 250-modda; 2008-yil, № 4, 193-modda) 11-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mardlik” ordeni”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 11-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ–332-son

2012-yil 11-sentabrdagi OʻRQ–332-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN

“MARDLIK” ORDENI TOʻGʻRISIDAGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. “Mardlik” ordeni bilan oʻzini Vatanni himoya qilishga va Ona yurt xizmatiga bagʻishlagan, bunda mardlik hamda jasorat koʻrsatgan Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari va boshqa fuqarolari mukofotlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda “Mardlik” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Mardlik” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti mukofotlaydi. Mukofotlash toʻgʻrisidagi farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Mardlik” ordeni bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash, shuningdek uni topshirish “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Mardlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam ish haqining oʻn besh baravari miqdorida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti oladilar va qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Mardlik” ordeni koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Mardlik” ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda, orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla beriladigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 11-sentabrdagi OʻRQ–332-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MARDLIK” ORDENINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI

“Mardlik” ordeni 1 mikron qalinlikda oltin qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi. Ordenning balandligi 50 millimetr, eni 41 millimetr, qalinligi 4,5 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orden nishoni yigʻma, uning asosi tilla rang naqshinkor parchinlari boʻlgan koʻk emal hoshiyali shakldor geraldik qalqon koʻrinishida boʻlib, unga Oʻzbekiston Respublikasining birligi ramzi boʻlgan qavariq sakkiz qirrali yulduz biriktiriladi. Yulduz qirralari taram-taram boʻlib taralayotgan zarrin ovalsimon nurlar koʻrinishida bajarilgan. Yulduzning qarama-qarshi qirralari oraligʻi 45 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sakkiz qirrali yulduzga naqshinkor parchinlari boʻlgan, qavariq, qadimiy uslubda aks ettirilgan dumaloq sharqona qalqon koʻrinishidagi diametri 30 millimetrli qoplama medalon biriktiriladi. Qalqonning har ikkala yon tomoni gʻalaba, shon-shuhrat va mukofot ramzi boʻlgan qavariq, tilla rangli dafna yaproqlaridan gulchambar koʻrinishida hoshiyalangan. Gulchambardan pastda tilla rang gardishli, oq emalli lenta koʻrinishida aks ettirilgan fonga “MARDLIK” ordeni nomi joylashtirilgan. Yozuv boʻrtma bosh harflar bilan toʻq qizil emalda bajarilgan. Shrifti “MILLENIUM BdExBT”, kegli 20.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharqona qalqondan yuqorida moviy rangda emallangan oltin hallangan yarim oy va yulduzli musamman — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining muqaddas ramzlari tasvirlangan. Musamman yonlarida sakkiz qirrali yulduz fonida milliy or-nomus va qadr-qimmat, Ona yurtni himoya qilishga shaylik ramzi boʻlgan, oʻzaro koʻndalang kesishgan ikkita qadimiy sharqona qilich efesi (dasta belamagi), quyi tomonda esa, ularning uzun qayrilma tigʻlarining uchlari qavariqli tasvirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orden nishoni kompozitsiyasini dala formali kiyimdagi askarning — Vatan himoyachisining hayot sarchashmasi ifodasi boʻlgan asosiy ramziy belgi — chor atrofga taralayotgan zarrin quyosh nurlari aks etgan oq rangli emal fonidagi qalqon markazida joylashgan boʻrtma, koʻkrakdan yuqori qismining yarim yon tomonlama olingan tasviri yakunlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ordenning orqa tomonida diametri 22 millimetrli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qavariqli tasvirlangan. Pastki qismida ordenning raqami 2 millimetr oʻlchamdagi zarb qilingan shrift bilan yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orden toʻrt xil rangdagi yoʻllari boʻlgan muhayyar lenta bilan sirilgan besh qirrali qadagʻichga ilmoqcha va halqacha yordamida ulanadi. Lentaning eni 24 millimetr. Lenta markazidan eni 8 millimetrli oq yoʻl oʻtgan. Uning har ikkala tarafidan eni 3 millimetrli yashil yoʻllar joy olgan. Undan keyin eni 4 millimetrli moviy yoʻllar tushirilgan. Lentaning chekkalari eni 1 millimetrli qizil yoʻllar bilan hoshiyalangan. Qadagʻichning balandligi 48 millimetr, eni 46 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning orqa tomonida ordenni kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 37-son, 422-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )