20.11.2009 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Davlatlararo axborot almashinuvini tashkil etish hamda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar maʼlumotlari milliy bazasini shakllantirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi oʻrinda Tomonlar deb ataluvchi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar hukumatlari,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflik huquqi, turdosh huquqlar obyektlari va huquq egalari toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan taʼminlashning muhimligini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulkni muhofazalash va himoyalash boʻyicha samarali tadbirlarni amalga oshirish uchun axborot resurslaridan hamkorlikda foydalanish va Tomonlar saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish zarurligini anglab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Bitim ishtirokchi-davlatlari qonunchiligi bilan koʻzda tutilgan mulkiy huquqlarni muhofazalash va himoyalash choralarini qoʻllash samaradorligini oshirishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamdoʻstlik doirasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash uchun davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish va oʻzaro huquqiy yordamni kengaytirishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro savdo-iqtisodiy va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishni istab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 25-mayda MDH hukumat rahbarlari Kengashi Qarori bilan tasdiqlangan maʼlumotlar milliy bazasini shakllantirish Konsepsiyasi qoidalariga va intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularga toʻsqinlik qilish boʻyicha davlatlararo axborot almashinuvini tashkil etishga asoslanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik huquqi, turdosh huquqlar obyektlari va huquq egalari toʻgʻrisidagi axborot bilan davlatlararo almashinuv uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Tomonlar milliy qonunchilikka muvofiq davlatlararo axborot almashinuvini tashkil etish va mualliflik huquqi va turdosh huquqlar milliy maʼlumotlar bazalarini shakllantirish boʻyicha hamkorlikni amalga oshiradilar va har bir Tomon mualliflik huquqi va turdosh huquqlar milliy maʼlumotlar bazalarida mavjud bunday maʼlumotlarni ushbu Bitim ishtirokchi-davlatlarining ichki ishlar organlari, adliya organlari, prokuratura, bojxona, shuningdek boshqa organlar tomonidan olishni taʼminlaydigan mexanizm ishlab chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar milliy qonunchilikka muvofiq oʻzlarining vakolatli organlari orqali mualliflik huquqi, turdosh huquqlar obyektlari va huquq egalari toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan ayirboshlashni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimda vakolatli organlar deganda, Tomonlarning mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlari reyestrlarini yuritishni shakllantiruvchi va nazorat qiluvchi organlari tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitimga va ishtirokchilari boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalarga, shuningdek ushbu Bitim ishtirokchi-davlatlari milliy qonunchiligiga muvofiq yagona tamoyillar asosida milliy maʼlumotlar bazasi shakllantirilgandan keyin Tomonlarning vakolatli organlari oʻrtasida amalga oshiriladigan mualliflik huquqi, turdosh huquqlar obyektlari va huquq egalari toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan davlatlararo ayirboshlashning meʼyoriy-huquqiy va uslubiy bazasini yaratish sohasida hamkorlikni rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon ushbu Bitim ishtirokchi-davlatlarining jismoniy va yuridik shaxslariga mualliflik huquqi, turdosh huquqlar obyektlari va huquq egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni qulayligi jihatdan oʻz davlatining jismoniy va yuridik shaxslaridan kam boʻlmagan rejimda olish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli organlari milliy qonunchilikka muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy maʼlumotlar bazalarini yaratishning yagona tamoyillarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy maʼlumotlar bazalariga kiritiladigan axborot tarkibi va mazmuniga yagona talablarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot manbalarini va maʼlumotlarni milliy maʼlumotlar bazalariga kiritish tartibini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Bitim ishtirokchi-davlatlari milliy qonunchiligiga muvofiq axborot xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv, uslubiy va maxsus adabiyot bilan ayirboshlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikdagi ilmiy tadqiqotlar, seminarlar va konferensiyalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar bazalari bilan ishlash uchun mutaxassislarni oʻqitish (kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishda koʻmaklashish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va foydalanishni amalga oshiruvchi organlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflik huquqi, turdosh huquqlar obyektlari va huquq egalari toʻgʻrisidagi axborot bilan davlatlararo ayirboshlashni tashkil etish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy maʼlumotlar bazalarini shakllantirish hamda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlari toʻgʻrisidagi axborot bilan davlatlararo ayirboshlashni tashkil etish boʻyicha ish tajribasi bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning soʻrovlariga binoan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni muhofazalash va himoyalash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni taqdim etish yoʻli bilan hamkorlikni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitim kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki tartib-qoidalarning bajarilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomani yuborishda oʻz vakolatli organlari roʻyxatini aniqlaydilar va bu haqda depozitariyga xabar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli organlari vakillari, zarurat boʻlganda, mualliflik huquqi, turdosh huquqlar obyektlari va huquq egalari toʻgʻrisida davlatlararo maʼlumot ayirboshlashni tashkil etish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirish va samaradorligini oshirish muammolari (shu jumladan, ushbu Bitim ishtirokchi-davlatlari qonunchiligi va bu sohadagi metodologiyani uygʻunlashtirish masalalari) yuzasidan ishchi uchrashuvlar va maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni amalga oshirish maqsadida Tomonlar oʻzaro axborot taqdim etishning tarkibi, formati va tartibini, jumladan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishning texnik usullarini belgilab beruvchi alohida hujjatlar qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli organlari ushbu Bitimni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni mustaqil qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasida hamkorlikni amalga oshirish uchun ishchi til boʻlib rus tili hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bitim har bir Tomonning, uning davlati ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan, uning ajralmas qismi boʻlgan, tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladigan va ushbu Bitim kuchga kirishi uchun koʻzda tutilgan tartibda kuchga kiradigan oʻzgartirishlar qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni qoʻllashda yoki sharhlashda Tomonlar oʻrtasida vujudga keladigan bahsli masalalar manfaatdor Tomonlarning konsultatsiyalari va muzokaralari yoʻli bilan yoki Tomonlar bilan kelishilgan boshqa protsedura vositasida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim uni imzolagan Tomonlarning Bitim kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat protseduralarini bajarganligi haqidagi uchinchi bildirishnomani depozitariy olgan sanadan 30 kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki davlat protseduralarini kechroq bajargan Tomonlar uchun ushbu Bitim depozitariy tegishli hujjatlarni olgan sanadan 30 kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim u kuchga kirgandan keyin har qaysi Mustaqil davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo-davlatning qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni depozitariyga topshirish yoʻli bilan qoʻshilishi uchun ochiqdir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilayotgan davlat uchun ushbu Bitim depozitariy qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni olish sanasidan 30 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim nomuayyan muddatga tuziladi. Tomonlarning har biri depozitariyga chiqishdan 6 oy avval oʻzining bunday niyati toʻgʻrisidagi yozma bildirishnomani yuborib, ushbu Bitimdan chiqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yalta shahrida 2009-yili 20-noyabrda bir asl nusxada rus tilida tuzildi. Asl nusxa Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasida saqlanadi, u ushbu Bitimni imzolagan har bir davlatga uning tasdiqlangan nusxasini yuboradi.

(imzolar)