Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2023 05.09.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2282-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PENSIYA IShLARINI RASMIYLAShTIRISh VA YURITISh TARTIBI HAMDA PENSIYA HUJJATLARINING ShAKLLARI VA ULARNI TOʻLDIRISh QOIDALARI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 5-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2282-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 13-noyabrdagi 84-sonli ““Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2282-9, 07.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 184–son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 5-yanvardagi OʻRQ-318-son Qonuni)”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 294-modda) muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 14-oktabrdagi 63-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2282, 2011-yil 17-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 483-modda) bilan tasdiqlangan Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 18-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Tekshirish tasdiqlovchi hujjatlarni bergan tashkilotda yoki arxivda amalga oshiriladi. Tekshirish natijalari boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, u tekshiruvchining va tashkilot yoki arxiv mansabdor shaxsining imzosi, shuningdek tashkilot yoki arxivning muhri bilan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi tashkilot yoki arxivda, ikkinchi nusxasi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida qoladi. Dalolatnomada tasdiqlovchi hujjatlarning kim tomonidan berilganligi va tekshirish vaqtida hujjatlarning joylashgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumot majburiy tartibda koʻrsatiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 23-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 36-son, 417-modda)