Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 25.04.1996 yildagi 220-I-son
Кучга кириш санаси
01.06.1996
|
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida I. UMUMIY QOIDALAR 1-modda. Erkin iqtisodiy zona tushunchasi Erkin iqtisodiy zona — mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan maʼmuriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti boʻlgan maxsus ajratilgan hududdir. Erkin iqtisodiy zona hududida yuridik shaxslar va fuqarolar (jismoniy shaxslar) xoʻjalik, moliyaviy va boshqa faoliyatning istalgan turlari bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyiladi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man etilgan faoliyat turlari bundan mustasno. 2-modda. Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. (2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) 3-modda. Erkin iqtisodiy zonani tuzish Erkin iqtisodiy zona Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy zonaning maqomi, shuningdek uning qancha muddatga tashkil etilishi mazkur zonani tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror bilan belgilanadi. Erkin iqtisodiy zonaning chegaralari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Erkin iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi. (3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) 4-modda. Erkin iqtisodiy zona maqomini tugatish Erkin iqtisodiy zonaning maqomi: uni tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan muddat tugaganidan keyin; uni tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan vazifalar bajarilmaganda va maqsadlarga erishilmaganda tugatiladi. Erkin iqtisodiy zonaning maqomini tugatish toʻgʻrisidagi qaror belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi. (4-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) 5-modda. Erkin iqtisodiy zonalarning turlari Erkin iqtisodiy zonalar: erkin savdo zonalari; erkin ishlab chiqarish zonalari; erkin ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar tarzida tuzilishi mumkin. 6-modda. Erkin savdo zonalari Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni oʻrash-joylash, saralash, saqlash zonalarini oʻz ichiga oladi. Erkin savdo zonalari chegaraga tutash punktlarda, aeroportlarda, temir yoʻl uzellarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududining boshqa joylarida tuziladi. 7-modda. Erkin ishlab chiqarish zonalari Erkin ishlab chiqarish zonalari — tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, iqtisodiyotning ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish, istiqbolli texnologiyalarni joriy etish maqsadida xoʻjalik-moliyaviy faoliyatning alohida tartiboti joriy etiladigan hududlardir. Erkin ishlab chiqarish zonalari eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish zonalarini, agropolislarni, tadbirkorlik zonalarini, industrial-iqtisodiy zonalarni va boshqa zonalarni oʻz ichiga oladi. (7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) 8-modda. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar alohida ajratilgan hududlardan iborat boʻlib, u yerda ilmiy-ishlab chiqarish va oʻquv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot oʻrnatiladi. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar yuksak texnologiyalar amal qiladigan zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari—texnopolislar shaklida tashkil etiladi. 9-modda. Yuridik va jismoniy shaxslar huquqlari hamda manfaatlarining kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zona hududida faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi. Erkin iqtisodiy zonalarda investorlarning Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kafolatlari va imtiyozlariga rioya etilishi taʼminlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan qoʻshimcha kafolatlar va imtiyozlar nazarda tutilishi mumkin. Davlat organlari va boshqa organlar yoxud mansabdor shaxslarning yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatiga asossiz aralashuvi natijasida ularga yetkazilgan zararning oʻrni, shuningdek boy berilgan foyda hamda yetkazilgan maʼnaviy ziyon sud tartibida qoplanishi yoki kompensatsiya qilinishi kerak. (9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) 10-modda. Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi Erkin iqtisodiy zona Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan dasturga muvofiq rivojlantiriladi. Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi ishlab chiqarish va bozor infrastrukturasini yaratishni, alohida huquqiy tartibotni taʼminlashni, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini iqtisodiy ragʻbatlantirish choralarini oʻz ichiga oladi. (10-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini moliyaviy taʼminlash zonaning oʻz resurslari hamda xususiy va boshqa manbalardan mablagʻlar jalb etish, shu jumladan xalqaro dasturlar hisobiga, shuningdek mazkur hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga respublika budjetidan va mahalliy budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi. II. ERKIN IQTISODIY ZONALARNING HUQUQIY TARTIBOTI 11-modda. Huquqiy tartibotning oʻziga xos jihatlari Erkin iqtisodiy zonalarda alohida bojxona, valyuta, soliq tartiboti, shuningdek fuqarolar kirishi, chiqishi va bu yerda boʻlishining, mehnat munosabatlari, moliya-kredit faoliyatining alohida tartiboti hamda investitsiyalarni jalb etishga, tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirishga va zonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan boshqacha tartibot oʻrnatilishi mumkin. Yuridik va jismoniy shaxslarning alohida huquqiy tartibotni buzish yoʻli bilan olgan daromadi (foydasi) qonun hujjatlariga muvofiq undirib olinadi. (11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) 12-modda. Alohida bojxona tartiboti Alohida bojxona tartiboti: tovarlarni olib kirish va olib chiqish uchun bojxona bojlarini bekor qilish yoki kamaytirishni; eksport yoki import uchun tarifdan tashqari cheklashlarni bekor qilish yoki yengillashtirishni; tovarlarni belgilangan tartibda albatta bayonnomaga kiritgan holda erkin iqtisodiy zonaning bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutishi mumkin. Erkin iqtisodiy zona hududida alohida bojxona tartibotini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organlari taʼminlaydi. (12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) Alohida bojxona tartiboti erkin iqtisodiy zona hududi orqali tovarlarni tranzit olib oʻtishga nisbatan tatbiq etilmaydi. 13-modda. Alohida valyuta tartiboti Alohida valyuta tartiboti milliy va chet el valyutalarining erkin muomalada boʻlishi hamda ayirboshlanishini nazarda tutadi. Alohida valyuta tartibotining amal qilish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi. 14-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar Erkin iqtisodiy zona hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) mamlakat investorlari va chet ellik investorlar uchun teng shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qonun hujjatlarida belgilanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlardan foydalanadi. (14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) 15-modda. Mehnat resurslari Erkin iqtisodiy zonadagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlash uchun eng avvalo mahalliy mehnat resurslari jalb etiladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi shaxslar va chet el fuqarolari ham jalb etilishi mumkin. Erkin iqtisodiy zonaga mehnat resurslarini jalb etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. (15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) 16-modda. Erkin iqtisodiy zonalarda mehnat munosabatlarini tartibga solish Erkin iqtisodiy zonalarda mehnat munosabatlari qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari (kelishuvlari) va yakka tartibdagi mehnat shartnomalari (kontraktlari) bilan tartibga solinadi. Jamoa shartnomalari va yakka tartibdagi mehnat shartnomalari mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarining ahvolini qonun hujjatlarida, shuningdek Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi ham qatnashchisi boʻlgan konvensiyalarida nazarda tutilgan shartlarga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas. 17-modda. Erkin iqtisodiy zonaning budjeti Erkin iqtisodiy zona mustaqil budjetga ega boʻladi. Erkin iqtisodiy zonani shakllantirish bosqichida kreditlar berish yoki ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura obyektlarini toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalash tarzida respublika budjeti va mahalliy budjetdan mablagʻlar jalb etilishi mumkin. Erkin iqtisodiy zonaning budjeti erkin iqtisodiy zonaning Maʼmuriy kengashi (bundan buyon matnda Maʼmuriy kengash deb yuritiladi) foydalanishi va boshqaruvida boʻlgan yer, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan, xizmatlar koʻrsatishdan keladigan tushumlardan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlardan shakllantiriladi. (17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) 18-modda. Erkin iqtisodiy zonaga kirish, erkin iqtisodiy zonadan chiqish va uning hududida boʻlish tartibi Erkin iqtisodiy zonaga chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirishi, iqtisodiy zonadan chiqishi va shu hududda boʻlishining qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan soddalashtirilgan tartiboti joriy etilishi mumkin. (18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) 19-modda. Sugʻurta Erkin iqtisodiy zona qatnashchilarining investitsiyalari va tavakkalchiligini sugʻurta qilish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Sugʻurta himoyasi qonun hujjatlariga muvofiq taʼminlanadi. (19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) III. ERKIN IQTISODIY ZONANI BOShQARISh 20-modda. Erkin iqtisodiy zonaning boshqaruv organlari Erkin iqtisodiy zonaning faoliyati Maʼmuriy kengash tomonidan muvofiqlashtiriladi. Erkin iqtisodiy zona direksiyasi (bundan buyon matnda direksiya deb yuritiladi) erkin iqtisodiy zonaning operativ boshqaruv organidir. (20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) 21-modda. Erkin iqtisodiy zonaning Maʼmuriy kengashi Maʼmuriy kengash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladi. Maʼmuriy kengashga rais boshchilik qiladi. Erkin iqtisodiy zonaning chegaralari Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birligi (tuman, shahar, shahardagi tuman) chegarasiga toʻgʻri kelgan taqdirda, Maʼmuriy kengash raisining vazifalarini ijro etish tegishli hokim zimmasiga yuklanadi. (21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) 22-modda. Erkin iqtisodiy zona Maʼmuriy kengashining vakolatlari Maʼmuriy kengash: alohida huquqiy tartibotga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi; erkin iqtisodiy zonada joylashtirish uchun investorlar tanlovini amalga oshiradi; erkin iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi; erkin iqtisodiy zonaga investitsiyalarni jalb etish uchun qoʻshimcha shartlar belgilaydi; erkin iqtisodiy zonaning har yilgi budjetini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi. Maʼmuriy kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Maʼmuriy kengashning oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari erkin iqtisodiy zona hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) ijro etishi uchun majburiydir. (22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) 23-modda. Erkin iqtisodiy zonada davlat mulki huquqining oʻziga xos jihatlari Erkin iqtisodiy zona chegaralarida joylashgan davlat mulki obyektlari (er, suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar, binolar, inshootlar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻz vakolatlari doirasidagi qaroriga koʻra operativ boshqarish yoki xoʻjalik yuritish huquqi asosida Maʼmuriy kengashga topshirilishi mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Maʼmuriy kengashga topshirilgan yer, suv, yer osti boyliklari, boshqa tabiiy resurslar va obyektlardan oqilona foydalanilishi hamda ularning muhofaza qilinishi ustidan nazoratni taʼminlaydi. (23-moddaning birinchi va ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) Erkin iqtisodiy zona hududida joylashgan davlat mulki obyektlarini xususiy mulk qilib sotish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 24-modda. Erkin iqtisodiy zona direksiyasi Direksiya yuridik shaxs boʻlib, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi. Direksiya: alohida huquqiy tartibotning amal qilishini taʼminlaydi; Maʼmuriy kengash tomonidan tanlab olingan investorlar majburiyatlari lozim darajada bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlaydi; erkin iqtisodiy zona hududida xoʻjalik faoliyati qatnashchilarining (yuridik va jismoniy shaxslarning) roʻyxatdan oʻtkazilishini amalga oshiradi; ekologik holatning yaxshilanishi ustidan nazoratni taʼminlaydi, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarining but saqlanishi uchun javobgar boʻladi. (24-moddasining ikkinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) Direksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Direksiya yuridik va jismoniy shaxslarning operativ xoʻjalik, moliyaviy faoliyatiga hamda boshqa faoliyatiga aralashishga haqli emas, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno. (24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) 25-modda. Erkin iqtisodiy zona hududida xoʻjalik faoliyati qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish Erkin iqtisodiy zona hududida xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar direksiyada roʻyxatdan oʻtadi. (25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda) Direksiya roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik yoki jismoniy shaxsga erkin iqtisodiy zonada roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi va bu haqda tegishli davlat boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabar qiladi. Yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, direksiya erkin iqtisodiy zona hududida yuridik yoki jismoniy shaxsning faoliyatini tugatish hamda unga berilgan guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qilishga haqli. (25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) 26-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni qayta tashkil etish va tugatish Erkin iqtisodiy zonada ishlab turgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlar qayta tashkil etilgan va tugatilgan taqdirda, mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinayotgan xodimda qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlar saqlanib qoladi. (26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) 27-modda. Nizolarni hal etish Erkin iqtisodiy zonalar sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. (27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 1996-yil 25-aprel, 220-I-son (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 58-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 49-50-son, 365-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2009-y., 39-son, 424-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) |
Закон Республики Узбекистан О свободных экономических зонах I. ОБЩИЕ ПОЛОЖЕНИЯ Статья 1. Понятие свободной экономической зоны Свободная экономическая зона — специально выделенная территория с четко определенными административными границами и особым правовым режимом, создаваемая в целях привлечения отечественного и иностранного капитала, прогрессивной технологии и управленческого опыта для ускоренного социально-экономического развития зоны. На территории свободной экономической зоны допускаются любые виды хозяйственной, финансовой и иной деятельности юридических лиц и граждан (физических лиц), за исключением видов деятельности, запрещенных законодательством Республики Узбекистан. Статья 2. Законодательство о свободных экономических зонах Законодательство о свободных экономических зонах состоит из настоящего Закона и иных актов законодательства. Если международным договором Республики Узбекистан установлены иные правила, чем те, которые предусмотрены законодательством Республики Узбекистан о свободных экономических зонах, то применяются правила международного договора. (текст статьи 2 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г., № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Статья 3. Создание свободной экономической зоны Свободная экономическая зона создается решением Президента Республики Узбекистан. Статус свободной экономической зоны, а также срок, на который она создается, определяются решением о ее создании. Границы свободной экономической зоны определяются Кабинетом Министров Республики Узбекистан. Продление срока функционирования свободной экономической зоны осуществляется решением Президента Республики Узбекистан не менее чем за три года до истечения установленного срока. (текст статьи 3 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г. № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Статья 4. Прекращение статуса свободной экономической зоны Статус свободной экономической зоны прекращается: по истечении срока, установленного решением о ее создании; при невыполнении задач и недостижении целей, предусмотренных решением о ее создании. Решение о прекращении статуса свободной экономической зоны принимается Президентом Республики Узбекистан не менее чем за три года до истечения установленного срока. (текст статьи 4 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г. № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Статья 5. Виды свободных экономических зон Свободные экономические зоны могут создаваться в виде: зон свободной торговли; свободных производственных зон; свободных научно-технических и иных зон. Статья 6. Зоны свободной торговли Зоны свободной торговли включают в себя консигнационные склады, свободные таможенные зоны, а также зоны для обработки, упаковки, сортировки, хранения товаров. Зоны свободной торговли создаются в приграничных пунктах, аэропортах, на железнодорожных узлах или иных местах таможенной территории Республики Узбекистан. Статья 7. Свободные производственные зоны Свободные производственные зоны — территории, на которых вводится особый режим хозяйственно-финансовой деятельности в целях стимулирования предпринимательства, привлечения иностранных инвестиций в приоритетные отрасли экономики, внедрения прогрессивных технологий. Свободные производственные зоны включают в себя зоны экспортно-ориентированного производства, агрополисы, предпринимательские, индустриально-экономические и иные зоны. (часть вторая статьи 7 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г. № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Статья 8. Свободные научно-технические зоны Свободные научно-технические зоны представляют собой обособленные территории, где сосредоточены научно-производственные и учебные центры, для которых устанавливается специальный правовой режим, направленный на развитие научного и производственного потенциала. Свободные научно-технические зоны организуются в форме функциональных зон высоких технологий, технопарков, региональных инновационных центров-технополисов. Статья 9. Гарантии прав и интересов юридических и физических лиц Республика Узбекистан гарантирует соблюдение прав и законных интересов юридических и физических лиц, действующих на территории свободной экономической зоны. В свободных экономических зонах обеспечивается соблюдение всех гарантий и льгот инвесторам, предусмотренных законодательством Республики Узбекистан. Решением Президента Республики Узбекистан могут быть предусмотрены дополнительные гарантии и льготы. Убытки, а также упущенная выгода и моральный вред, причиненные юридическим и физическим лицам в результате необоснованного вмешательства в их деятельность государственных и иных органов либо должностных лиц, подлежат возмещению или компенсации в судебном порядке. (статья 9 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г. № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Статья 10. Программа развития свободной экономической зоны Развитие свободной экономической зоны осуществляется в соответствии с программой, утверждаемой Кабинетом Министров Республики Узбекистан. Программа развития свободной экономической зоны включает в себя создание производственной и рыночной инфраструктуры, обеспечение особого правового режима, меры экономического стимулирования деятельности юридических и физических лиц. (части первая и вторая статьи 10 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г., № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Финансовое обеспечение программы развития свободной экономической зоны осуществляется за счет собственных ресурсов зоны и привлечения средств из частных и иных источников, включая международные программы, а также за счет средств, выделяемых республиканским и местным бюджетами на социально-экономическое развитие данной территории. II. ПРАВОВОЙ РЕЖИМ СВОБОДНЫХ ЭКОНОМИЧЕСКИХ ЗОН Статья 11. Особенности правового режима В свободных экономических зонах может быть установлен особый таможенный, валютный, налоговый режим, а также режим въезда, выезда и пребывания граждан, трудовых отношений, финансово-кредитной деятельности и иной режим, направленный на привлечение инвестиций, стимулирование развития предпринимательства и социально-экономического развития зоны. Доход (прибыль), полученный юридическими и физическими лицами путем нарушения особого правового режима, взимается в соответствии с законодательством. (статья 11 дополнена частью второй Законом Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г. № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Статья 12. Особый таможенный режим Особый таможенный режим может предусматривать: отмену или снижение таможенных пошлин на ввоз и вывоз товаров; отмену или смягчение нетарифных ограничений на экспорт или импорт; упрощенный порядок перемещения товаров через таможенную границу свободной экономической зоны с их обязательным декларированием в установленном порядке. Обеспечение особого таможенного режима на территории свободной экономической зоны осуществляется таможенными органами Республики Узбекистан. (часть вторая статьи 12 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г., № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Особый таможенный режим не распространяется на транзит товаров через территорию свободной экономической зоны. Статья 13. Особый валютный режим Особый валютный режим предусматривает свободное обращение и конвертацию национальной и иностранных валют. Порядок функционирования особого валютного режима устанавливается Центральным банком Республики Узбекистан. Статья 14. Льготы по налогам и другим обязательным платежам Участники хозяйственной деятельности (юридические и физические лица) на территории свободной экономической зоны пользуются льготами по налогам и другим обязательным платежам, устанавливаемыми законодательством, исходя из равных условий для отечественных и иностранных инвесторов. (статья 14 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г. № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Статья 15. Трудовые ресурсы Для работы на предприятиях, в учреждениях и организациях в свободной экономической зоне привлекаются в приоритетном порядке местные трудовые ресурсы, а также могут привлекаться лица, проживающие в других регионах Республики Узбекистан, и иностранные граждане. Привлечение трудовых ресурсов в свободную экономическую зону осуществляется в соответствии с законодательством. (текст статьи 15 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г., № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Статья 16. Регулирование трудовых отношений в свободных экономических зонах Трудовые отношения в свободных экономических зонах регулируются законодательством, коллективными договорами (соглашениями) и индивидуальными трудовыми договорами (контрактами). Коллективный и индивидуальный трудовые договоры не могут ухудшать положения работников этих предприятий, учреждений и организаций по сравнению с условиями, предусмотренными законодательством, а также конвенциями Международной организации труда, участниками которых является Республика Узбекистан. Статья 17. Бюджет свободной экономической зоны Свободная экономическая зона имеет самостоятельный бюджет. На стадии формирования свободной экономической зоны возможно привлечение средств из республиканского и местного бюджетов в форме представления кредитов или прямого инвестирования объектов производственной и социальной инфраструктуры. Бюджет свободной экономической зоны формируется от поступлений за сдачу в аренду земли, зданий и сооружений, находящихся в пользовании и управлении Административного совета свободной экономической зоны (далее — Административный совет), за оказание услуг и других поступлений, не запрещенных законодательством. (часть третья статьи 17 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г. № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Статья 18. Порядок въезда в свободную экономическую зону, выезда из свободной экономической зоны и пребывания на ее территории В свободной экономической зоне может быть введен упрощенный режим въезда, выезда и пребывания иностранных граждан и лиц без гражданства, определяемый законодательством. (наименование и текст статьи 18 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г., № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Статья 19. Страхование Страхование инвестиций и рисков участников свободной экономической зоны осуществляется на добровольной основе. Страховая защита обеспечивается в соответствии с законодательством. (часть вторая статьи 19 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г., № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) III. УПРАВЛЕНИЕ СВОБОДНОЙ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЗОНОЙ Статья 20. Органы управления свободной экономической зоной Деятельность свободной экономической зоны координируется Административным советом. Органом оперативного управления свободной экономической зоны является дирекция свободной экономической зоны (далее — дирекция). (текст статьи 20 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г. № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Статья 21. Административный совет свободной экономической зоны Административный совет образуется Кабинетом Министров Республики Узбекистан. Административный совет возглавляет председатель. В случае совпадения границ свободной экономической зоны с границами административно-территориальной единицы Республики Узбекистан (район, город, район в городе) исполнение функций председателя Административного совета возлагается на соответствующего хокима. (текст статьи 21 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г. № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Статья 22. Полномочия Административного совета свободной экономической зоны Административный совет: осуществляет контроль за соблюдением особого правового режима; разрабатывает программу развития свободной экономической зоны; осуществляет отбор инвесторов для размещения в свободной экономической зоне; координирует деятельность органов государственного управления, органов государственной власти на местах по вопросам, связанным с функционированием свободной экономической зоны; устанавливает дополнительные условия для привлечения инвестиций в свободную экономическую зону; рассматривает и утверждает ежегодный бюджет свободной экономической зоны. Административный совет может осуществлять и иные полномочия в соответствии с законодательством. Решения Административного совета, принятые в пределах его компетенции, являются обязательными для исполнения участниками хозяйственной деятельности (юридическими и физическими лицами) на территории свободной экономической зоны. (текст статьи 22 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г. № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Статья 23. Особенности права государственной собственности в свободной экономической зоне Объекты государственной собственности (земля, вода, недра и другие природные ресурсы, здания, сооружения), расположенные в границах свободной экономической зоны, могут по решению органов государственной власти на местах в пределах их компетенции предоставляться Административному совету на правах оперативного управления или хозяйственного ведения в порядке, установленном законодательством. Органы государственной власти на местах обеспечивают контроль за рациональным использованием и охраной земли, вод, недр, других природных ресурсов и объектов, переданных Административному совету. (части первая и вторая статьи 23 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г., № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Продажа в частную собственность объектов государственной собственности, расположенных на территории свободной экономической зоны, производится в порядке, установленном законодательством. Статья 24. Дирекция свободной экономической зоны Дирекция является юридическим лицом, которое создается в порядке, установленном законодательством. Дирекция: обеспечивает действие особого правового режима; осуществляет контроль за надлежащим выполнением обязательств инвесторов, отобранных Административным советом; обеспечивает реализацию программы развития свободной экономической зоны; осуществляет регистрацию участников хозяйственной деятельности (юридических и физических лиц) на территории свободной экономической зоны; обеспечивает контроль за улучшением экологической обстановки, а также несет ответственность за сохранность объектов материального культурного наследия. (абзац шестой части второй статьи 24 в редакции Закона Республики Узбекистан от 18 апреля 2018 года № ЗРУ-476 — Национальная база данных законодательства, 19.04.2018 г., № 03/18/476/1087) Дирекция может осуществлять и иные полномочия в соответствии с законодательством. Дирекция не вправе вмешиваться в оперативную хозяйственную, финансовую и иную деятельность юридических и физических лиц, за исключением случаев, установленных законодательством. (статья 24 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г. № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Статья 25. Регистрация участников хозяйственной деятельности Юридические и физические лица, осуществляющие хозяйственную деятельность на территории свободной экономической зоны, регистрируются в дирекции. (часть вторая статьи 25 исключена Законом Республики Узбекистан от 20 августа 2015 года № ЗРУ-391 — СЗ РУ, 2015 г., № 33, ст. 439) Зарегистрированному юридическому или физическому лицу дирекция выдает свидетельство о регистрации в свободной экономической зоне и информирует об этом соответствующие органы государственного управления в установленном законодательством порядке. Дирекция при нарушении юридическими и физическими лицами законодательства вправе обращаться в суд о прекращении деятельности юридического или физического лица на территории свободной экономической зоны и аннулировании выданного им свидетельства. (статья 25 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г., № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Статья 26. Реорганизация и ликвидация предприятий, учреждений и организаций Предприятия, учреждения и организации, действующие в свободной экономической зоне, могут быть реорганизованы или ликвидированы в порядке, предусмотренном законодательством. При реорганизации и ликвидации предприятий, учреждений или организаций за работником, с которым прекращается трудовой договор (контракт), сохраняются гарантии, установленные законодательством. (часть вторая статьи 26 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г. № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Статья 27. Разрешение споров Споры в области свободных экономических зон разрешаются в порядке, установленном законодательством. (статья 27 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 сентября 2009 г. № 224 — СЗ РУ, 2009 г., № 39, ст. 424) Президент Республики Узбекистан И. КАРИМОВ г. Ташкент, 25 апреля 1996 г., № 220-I (Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 1996 г., № 5-6, ст. 58; 2003 г., № 5, ст. 67; Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2005 г., № 49-50, ст. 365; 2006 г., № 41, ст. 405; 2009 г., № 39, ст. 424; 2015 г., № 33, ст. 439; Национальная база данных законодательства, 19.04.2018 г., № 03/18/476/1087) |