Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.01.2018 14.08.2012 yildagi 246-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.01.2018
Hujjat 14.08.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKKOʻMIR” OChIQ AKSIYADORLIK JAMIYATINING IJRO ETUVChI APPARATI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiga oʻtkazish hamda koʻmir sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3380-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv samaradorligini yanada oshirish, koʻmir tarmogʻini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish tizimini takomillashtirish, obyektlarni muhofaza qilish ishonchliligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi apparatining xodimlarning cheklangan umumiy soni 138 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlar soni 65 nafar boʻlgan yangilangan tuzilmasi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Kengashiga “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi apparati tuzilmasiga tasdiqlangan xodimlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻzbekkoʻmir” OAJ Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, tijorat banklari bilan birgalikda uch oy muddatda 2013 — 2018-yillar davrida “Oʻzbekkoʻmir” OAJ korxonalarini va umuman koʻmir tarmogʻini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarni moliyaviy-iqtisodiy jihatdan sogʻlomlashtirish va koʻmir qazib olishning rentabelligini, shu jumladan yoʻl-yoʻlakay ajratib olinadigan foydali qazilmalardan oqilona foydalanish va mahsulotlarni diversifikatsiya qilish hisobiga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining koʻmir sotish boʻyicha distribyutorlik markazlari tarmogʻini kengaytirish hisobiga koʻmir sotish infratuzilmasini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻmir tarmogʻi korxonalari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 21-iyundagi 290-son qarori 6-bandining beshinchi xatboshi, shuningdek qarorga 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I.Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-avgustdagi 246-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning umumiy soni — 138 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 65 kishi (hududiy distribʼyutorlik markazlari, “Shargʻunkoʻmir” OAJ, “Apartak” MChJ xodimlaridan tashqari).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 33-34-son, 393-modda)