Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 07.08.2012 yildagi 237-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISLOM TARAQQIYOT BANKINING BEGʻARAZ TEXNIKAVIY KOʻMAGI — GRANTIDAN FOYDALANGAN HOLDA “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI HUZURIDAGI “OʻZINFOINVEST” AGENTLIGI SALOHIYATINI OShIRISh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 210-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻzinfoinvest” axborotlar bilan taʼminlash va xorijiy investitsiyalarga koʻmaklashish agentligini (keyingi oʻrinlarda “Oʻzinfoinvest” agentligi deb ataladi) institutsional rivojlantirishga koʻmaklashish va uning faoliyatini moddiy-texnikaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom taraqqiyot banki tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻzinfoinvest” agentligi salohiyatini oshirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga 195 ming islom dinori miqdorida begʻaraz texnikaviy koʻmak-grant berish maʼqullanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishga Oʻzbekiston tomonining ulushi Islom taraqqiyot banki mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarni soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan ozod qilish, “Oʻzinfoinvest” agentligi tomonidan loyihaning amalga oshirilishini tashkiliy-texnikaviy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash hamda loyihani boshqarish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, shuningdek zarurat boʻlganda, xalqaro va xorijiy hukumat tashkilotlarining qoʻshimcha grant mablagʻlarini jalb etish orqali xizmatlar koʻrsatish hisobiga taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom taraqqiyot banki shartlariga muvofiq Islom taraqqiyot bankining begʻaraz texnikaviy koʻmagi — granti mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Islom taraqqiyot banki oʻrtasidagi grant bitimi kuchga kirgan vaqtdan boshlab 2 yil mobaynida toʻliq oʻzlashtirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari Sh.O. Toʻlaganovga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Islom taraqqiyot banki bilan grant bitimini imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzinfoinvest” agentligiga — Islom taraqqiyot bankining begʻaraz texnikaviy koʻmagi — grantidan samarali va maqsadli foydalanilishi, loyiha tadbirlarining oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan masʼuliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — Islom taraqqiyot bankining begʻaraz texnikaviy koʻmagi — grantiga hisob-kitob xizmati koʻrsatilishini taʼminlash yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Islom taraqqiyot bankining begʻaraz texnikaviy koʻmagi — granti mablagʻlari hisobiga “Oʻzinfoinvest” agentligi uchun yuqori texnologiyali bosma va kompyuter uskunalari sotib olish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzinfoinvest” agentligiga, zarurat boʻlganda, loyihani amalga oshirishga xalqaro va xorijiy hukumat tashkilotlarining qoʻshimcha grant mablagʻlarini Oʻzbekiston tomonining ulushi sifatida belgilangan tartibda jalb etishiga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi Islom taraqqiyot bankining begʻaraz texnikaviy koʻmagi — grantidan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom taraqqiyot banki granti hisobiga yuridik shaxslar tomonidan import boʻyicha keltiriladigan tovarlarning bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom taraqqiyot banki granti hisobiga yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi loyiha doirasida import kontraktlarining oʻz vaqtida hisobga qoʻyilishini va ular boʻyicha bojxona tartibotlarining tezkorlik bilan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki loyiha doirasida import kontraktlarining hisobga qoʻyilishini va ular boʻyicha pul mablagʻlarining oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi Islom taraqqiyot bankining begʻaraz texnikaviy koʻmagi — granti hisobiga kelib tushadigan yuklarni Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlari va temir yoʻl stansiyalarida yuklash-tushirish ishlari hamda saqlanishi yukni tashishga tayyorlash va saqlash uchun toʻlov undirmasdan amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi “Oʻzinfoinvest” agentligini matbaa korxonasi sifatida davlat boji undirmasdan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzinfoinvest” agentligi buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzinfoinvest” agentligi buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalarning rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini davlat boji toʻlovisiz, belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 7-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 32-son, 377-modda)