Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 21-martdagi PQ–1730-son qaroriga muvofiq, shuningdek davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarga axborot xizmati koʻrsatish jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni davom ettirish hamda tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 31-iyul,
232-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-iyuldagi 232-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarida:
a) 1-bandda:
“a” kichik bandidagi “a1” kichik bandida” soʻzlari “a1” va “a2” kichik bandlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “a2” kichik bandi qoʻshilsin:
“a2) kredit tashkilotlarining kreditlar, qarzlar va boshqa qarzlar boʻyicha qarzdorligini undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalaridan – daʼvo bahosining 2 foizi miqdorida”;
Keyingi tahrirga qarang.
b) 2-bandning “v” kichik bandidagi “20 baravari” soʻzlari “3 baravari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “2 foizi” soʻzlari “1 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-oktabrdagi 408-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 9-bandiga quyidagi mazmundagi xat boshi qoʻshilsin:
“Yuqori malaka va ishlab chiqarish faoliyatida noyob tajribaga ega boʻlgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar ish beruvchi ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni bergan kundan boshlab 15 kun mobaynida beriladi. Bunda, xorijiy fuqaroning yuqori malaka va ishlab chiqarish faoliyatidagi noyob tajribasi ish beruvchi tomonidan belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablagʻlardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 13-martdagi 95-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “vakolatli banklarda — ikki ish kunida” soʻzlari “vakolatli banklarda — 8 ish soatida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashilayotgan tovarlarni bojxona tomonidan nazorat qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2004-yil 20-maydagi 239-son qarorining 1-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 49-modda) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Import tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida milliy avtotashuvchilar tomonidan tashilganda bojxona tomonidan kuzatib borish talab qilinmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berishning umumiy muddati ishlarning murakkabligi darajasiga, koʻp mehnat talab qilishi va oʻziga xosligiga qarab, barcha zarur hujjatlar berilgan vaqtdan boshlab:
olib kelinadigan mahsulotlarga 10 ish kundan ortiq boʻlmagan;
ishlab chiqariladigan mahsulotlarga 10 ish kunidan 1 oygacha doirada belgilanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
8. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-apreldagi 104-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududiga kirishi, undan chiqib ketishi, u erda boʻlishi va ishga yollanishining soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Keyingi tahrirga qarang.
a) 23-bandga quyidagi mazmundagi xat boshi qoʻshilsin:
“Ish beruvchi tomonidan yuqori malakali ishlarni bajarish uchun taklif etilgan xorijiy fuqaroga viza (kirish, kirish-chiqish vizalari) berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish yuzasidan buyurtmanomani koʻrib chiqish buyurtmanoma berilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi”;
b) Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududiga kirishi, undan chiqib ketishi, u erda boʻlishi va ishga yollanishining soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni bajarish yuzasidan xatti-harakatlar Sxemasiga quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
“Izoh. Ish beruvchi tomonidan yuqori malakali ishlarni bajarish uchun taklif etilgan xorijiy fuqaroga viza (kirish, kirish-chiqish vizalari) berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish yuzasidan buyurtmanomani koʻrib chiqish buyurtmanoma berilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida boshlangʻich narxni pasaytirish yuzasidan elektron auksion savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 8-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “bosh buxgalterining” soʻzlari “buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi shaxsning (mikrofirmalar uchun buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi shaxs imzosining namunasi talab qilinmaydi)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan “Bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom 9-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qishloq xoʻjaligi mahsulotini eksport qilishda:
tovarning kelib chiqishi sertifikatini berish muddati 3 ish kunidan oshmaydi;
laboratoriya sinovlarini oʻtkazish va boshqa tegishli sertifikatlarni berish muddati 5 ish kunidan oshmaydi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 357-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; 15-son, 252-modda, 25-son, 547-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; 23.12.2020-y., 09/20/800/1656-son)